Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIR SIRKI...
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 Biroviga yoqmas jindek jur’atim, Biroviga yoqmas men yurgan yo‘lak. Nogoh biror joyda chiqsa suvratim Biri uxlay olmay qiynalsa kerak. Biz shunday o‘tamiz, Ya’ni kun ko‘rib... Maydagina kuchsiz, maydagina zo‘r. Hayotning mana shu burjidan turib, Men Sizni o‘yladim, hazrati Bobur. Siz - zobit, dastini cho‘zgan dunyoga, Siz - shoir, mangu bir alanga yoqqan. Nainki bandalar, Sizning siymoga Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan. Bahodirlik ichra yor Sizga Humoy, Siz ulug‘ zotlarning izin bosgan er. Nazmiy sajdagohda Sizga, hoynahoy, Imomlikka o‘tgay faqat Alisher. Ha, yolg‘iz she’r qoldi, boshqasi, abas, Yetti iqlim aro doston naqlingiz. Ne baxt, parchin bo‘lib toj degan qafas, Bizga yetib keldi olmos aqlingiz. Ayting, ne topdingiz Siz kezib dunyo, Hanuz boqisharlar sho‘rishga to‘lib. Shoirsiz, yaxshisi, qolingiz, Mirzo, Mushfiq yurtingizda bir shoir bo‘lib. 1983 BIR SIRKI... Dedingki, mumkinmas senga hayajon, Kulfatdan yiroq yur, may ham shart emas. Magar yer yuzini bossa ham to‘fon Sening to‘pig‘ingga chiqmasa, shu bas! Ha, do‘stim, hayajon endi muvaqqat, Shodligu g‘amni ham totganman bir oz. To‘fon bosganda ham yer yuzin, faqat Qutulib qolardi o‘rdak yoki g‘oz. Lekin ogoh etay seni bir sirdan, Balki, tanish senga bu holning foli. Ayt-chi, qay ahvolga tusharding, birdan Yelkangda o‘rmalab qolsa chumoli. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 22 O, kibor tuyg‘ular, ezgulik, vijdon... Bular hayotdagi mavjud bir ishdir. O’zingni osmonda sanama, Inson, Seni yengadigan... mayda tashvishdir. 1983 DO’STIM MUROD HAMROEV XOTIRASIGA Men ko‘rib turibman, Yer-osmon parchin, Farzanding fig‘oni ko‘klarga o‘rlar. Bir yonda o‘zbeklar egibdi boshin, Bir yonda bolam deb yig‘lar uyg‘urlar. Nima qilib qo‘yding, O, do‘stim Murod, Nahot o‘limda ham sen bo‘lding pesha, U ahdu paymonlar bo‘ldi-ku barbod, Yakka ov qilarkan ajal hamisha. Minglab yil o‘tsa ham osmon qa’rida To‘qnashmas falakning ikki to‘zoni. Ne baxtkim, o‘zbekning munis bag‘rida Menga do‘st bo‘lganding, uyg‘ur o‘g‘loni. Nega yaxshilarga notanti hayot, Nega g‘anim qolib, do‘st ketar nega? Zukko olim eding, o‘zing ayt, Murod, Tabiat ishiga bormikin ega? Netay, janozangga kechikdim o‘zim, Nogoh bu zarbadan qoldim dovdirab. Kimga xitob aylay, Murod, azizim, Boqurman qabringga endi jovdirab. 1983 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling