Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 Universitetda adabiy jarayon g'oyatda qizg'in edi. Adabiyotimizda iz qoldirgan va qoldirayotgan ko'pdan-ko'p ijodkorlar o'sha yillari dorilfununning turli kurslarida tahsil olishardi: Fakultetimizda adabiyot to'garagi muttasil faoliyat ko'rsatardi. Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo'shjonov kabi ustozlarimiz biz bilan soatlab mashg'ulot olib borardilar. She'rlarim matbuotda tez-tez bosila boshladi. Ozod akaning 'Oq yoli' bilan 'Sharq yulduzi'da she'rlarim chiqdi. Yozuvchilar uyushmasidagi mushoiralardan birida 'Munojatni tinglab', 'Burgut' degan she'rlarimni o'qidim, o'sha kuni Abdulla Qahhor nazariga tushdim. Mirtemir domla atrofida ko'p shogirdlari qatori saboq oldim. Shayxzodadek donishmand ustozga ergashib, u kishi she'r o'qigan minbardan men ham she'r o'qidim. Esimda, Eski shahardagi hozirgi 'Turon' kutubxonasida o'qigan she'rlarimni tinglovchilar juda iliq kutib oldilar. Uchrashuvdan qaytayotganimizda Shayxzoda domla bilagimdan tutib, 'Shoir, sizga bitta gapim bor. Ehtiyot bo'lgaysiz, ishqilib qarsaklardan taltayib ketmasangiz bo'lgani', degan. Bu gaplar ham mening qulog'imga qo'rg'oshinday quyilib qoldi. Bu orada kitoblarim ketma-ket nashr qilindi. Ustoz G'afur G'ulom qatnashgan davralarda she'rlarini o'z og'izlaridan necha-necha bora eshitdim. Bir safar G'afur aka yelkamga qoqib, 'Kecha televizorda she'r o'qigan bola senmisan. Yozaver, o'g'lim' deganlarini hech qachon unutmayman. Va nihoyat, bir kuni meni Oybek domla yo'qlayotganini aytib qolishdi. Bu ulug' zot bemorroq bo'lganlari sababdanmi yoki salobatlari g'oyat buyukligidanmi, xonadonlariga har qanday qalamkash yurak yutib borolmas, bahaybat cho'qqiga boqqanday domlani uzoqroqdan tomosha qilib yurardik. Oybek domla bilan uchrashuvlarimni hamda kechirgan hayajonimlarimni qog'ozga tushirsam bir risola bo'lar. Domlaga 'Armaniston' degan sherimni o'qib berganimda 'ingichka, ingichka', deb qoyganlarini eslayman. Bu hitob sheringizda nozik qochirimlar bor degani bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Oybek domla keyingi safar chorlanganlarida qo'limga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a'zolikka tavsiya qog'ozini tutqazdilar. Ikkinchi tavsiya Mirtemir domladan keldi. Shu yosinda uyishmaga Komil Yashin rayisliklarida a'zo bo'lib kirdim. So'ng turli matbuot idoralarida xizmat qildim, katta-kichik mukofotlarga, xalq shoiri unvoniga sazovor bo'ldim. Mustaqillik yillarimizning buyuk in'omi O'zbekiston Qahramoni unvoniga ham loyiq topishdi. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Davlat madhiyasi matnini yozishga musharraf bo'ldim. Asosiy ish faoliyatim ijod va ijodiy sohaga tegishli xizmatlar bilan o'tayotir.' ("Ko'rgan bilganlarim". 2000-yil 23-yanvar.) Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling