Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
138
Senga she’rim yoqmas, kimimdir yoqma
Ayt, ne gunohi bor butun bir xalqning
Bilib qo‘y,
bu daryo teskari oqmas,
Senga jazosi bor yaratgan Haqning!
2000 yil,
avgust
MEN FAQAT...
Men faqat Sen uchun yashadim desam,
Bir oz lof bo‘lardi va bir oz yolg‘on.
Gohi bosganida to‘fon kabi g‘am,
Ko‘zimga ko‘ringay o‘zimdagi jon.
Sensiz
ham yashadim desam men agar,
Desamki, sensiz ham tanamda bor jon
Ishongil, bu gapim baridan battar,
Yolg‘on bo‘lar edi, tamoman yolg‘on.
2000 yil, avgust
* * *
Me’mor umr bo‘yi hafsala ila
Go‘zal bir imorat ayladi bunyod.
Biroq nogahonda mash’um zilzila
Vayron
qildi uni, qildi-ku barbod.
Xuddi shu singari, qurgaymiz biz ham
Umr deb atalmish go‘zal binoni.
Biroq yetib kelar mash’um so‘nggi dam,
Vayron etar uni ajal to‘foni.
2000 yil, avgust
* * *
Stadion guvlaydi,
Odam liq to‘la.
Bu yerda xam bo‘lmish
turfa til, ovoz.
Ularning barchasin quchib bir yo‘la,
Do‘stim deb atamoq g‘alati bir oz.
Stadion guvlaydi,
Odam liq to‘la.
Faqat Haqqa ayon ular siyrati.
Ularning barchasin so‘kib bir yo‘la,
G’anim demoqlik ham ancha g‘alati.
2000 yil, avgust
QADAH