Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
105 o‘ylardi Xolidiy. — Xudoga shukur, men ahmoq emasman. Men — merganman. Bir o‘q bilan istasam o‘n quyonni uraman. Dushmanni esa boshqa bir dushmanim qo‘li bilan yanchaman. Hamisha shunday qilib kelganmanmi, bu usul menga pand bermadimi, bundan keyin ham shunday bo‘ladi... Nodon bola... Hujjat titish senga nima beradi? Xo‘p, haqiqatni anglading, keyin nima bo‘ladi? Sening haqiqating hech kimga kerak emas. Har bir davrning o‘z haqiqati bo‘ladi. Esing butun bo‘lsa sen ana shu haqiqatni fahmlab ol. Yo‘-o‘q... bunga fahming yetmaydi. Sening haqiqating jinnixonada. Qani, meni kuzataver-chi. Ertaga boradigan joyingga borgach, meni sog‘inib qolarsan...» Xolidiyning bu darajada dadil fikrlashi bejiz emas edi. U kecha muhim bir masalani yechib, ko‘ngli shodlangandi. Anvar jinnixonadan chiqib kelganidan beri uning ichini it tatalardi. Qariyb yarim yil badalida bu «bola»ni yo‘qotishni o‘ylab, boshi gangidi. Jinnixonadan Asadbek hukmi bilan chiqarilganini bilib ancha vaqtgacha hadiksirab yurdi. U umri mobaynida o‘ziga yoqmagan odamlarni g‘anim deb bilib, qanchasini yanchib tashladi. Ular oldida Anvar bir qumursqa. Oldiga ozgina shakar sepib qo‘ysa, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘ladi. Aslida olishishga ham arzimaydigan bir «mishiqi bola». Lekin shu mishiqining oliftagarchiligini hazm qila olmaydi. Bu oliftagarchilik boshqa yoshlarga yuqmasin, deydi. Xolidiy o‘ylay-o‘ylay, achchiqni achchiq kesadi, degan aqidaga amal qilib, Asadbekning kushandasi kim bo‘lishi mumkin, deb so‘rab-surishtirdi. Asadbek hammadan zo‘r bo‘lgani bilan albatta kimdir, qaysi bir kavakda turib bo‘lsa ham unga qarshi tish qayraydi. Kimdir chalishga payt poylaydi. Shunday odamning mavjudligini, uning nomi Hosilboyvachcha ekanini bilib, quvondi. Xolidiy Hosilboyvachchaning otasini yaxshi tanirdi. Ularning tanishligi Hosilboyvachchaning bolaligi o‘tgan hovlining oldi-sottisidan boshlangan. Hukumat tomonidan Xolidiyning xizmatlari taqdirlanib, unga ikki qavatli uy berilgach, u mahalladagi hovlisini Omilga — Hosilboyvachchaning otasiga sotgan edi. O‘shanda bir kenglik qilib, joyning pulini birato‘la yaxlit holda emas, uchga bo‘lib bir yil davomida to‘lanishiga ko‘ngan edi. Omil uning bu himmatini unutmay, hozirga qadar ham izzatini joyiga qo‘yib, har ko‘rganda qulluq qilib turardi. O‘g‘lida shunday obro‘li odamning yumushi borligini bilgan Omil bu gapga ishonib- ishonqiramay ajablandi. Xolidiy buni sezib, izoh berishni lozim topdi: — Endi Omilbek, zamon shunaqa bo‘lib qoldi. Idora bajara olmaydigan ishni o‘g‘lingizga o‘xshagan shovvozlar bir nafasda, xamirdan qil sug‘urganday do‘ndirib qo‘yishyapti. — Birontasi qarz-parz olib, bermiyotibdimi? — dedi Omil soddalik bilan. — Omilbek... shunaqa desak ham bo‘ladi, — dedi Xolidiy noxush ohangda. — Yo‘q, siz qarzini qistaydigan odamlardanmassiz. Bir dardingiz boru aytgingiz kelmiyotibdi. — To‘g‘ri fahmladingiz. Ba’zi ishlarni buyurtmachi-yu, bajaruvchining o‘zigina bilgani ma’qul. Har- holda, teshik quloq, tilning esa suyagi yo‘q. Hali bizning gapimizga Hosilboy nima deydilaru... — Nima derdi, bizga bir ishingiz tushibdi. Biz himmatni unutadigan noshukur bandalardanmasmiz. Yuring, ketdik, uyiga boramiz. — Shu yerga chaqira qolmaysizmi? — Chaqirishga chaqiramanu kelishga vaqti bo‘ladimi, yo‘qmi... Xolidiy shu gapdan Hosilboyvachchaning havosi ancha baland ekanini angladi. Katta boshini yana bir marta kichik qilish lozimligidan dili g‘ashlandi. Hosilboyvachchaning uyida mehmon bor ekan. Shomil ularni shiyponga boshlab bordi. — Shefni chaqirib bo‘lmaydi. Xohlasangiz kuting, bo‘lmasa ertaga keling, — dedi o‘tirishga joy ko‘rsatib. Bu gapni eshitib, Omil savol nazari bilan Xolidiyga qaradi. Xolidiy Shomil ko‘rsatgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling