Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
deraza yoniga o‘tirdi. Uy sovuq emas edi. Elchin uning qo‘lqop kiyib olganidan ajablandi. 
Derazani qiyalab och,— deb buyurdi Asadbek. 
— Tashqari salqin-ku? 
— Bir tabaqasini qiyalab och. O‘zing panada o‘tir. tur deyishim bilan turasan. Aytgan 
ishimni tez bajarasan. O‘ylab o‘tirishga fursat bo‘lmaydi. 
— Nima qilmoqchisiz, bilishim mumkinmi? 
— Men senga qasos olish qanaqa bo‘lishni ko‘rsataman. Hozir o‘lishi kerak bo‘lgan odam 
sening ham, mening ham nomusimni bulg‘adi. 
Asadbek shunday deb qo‘njidan to‘pponcha chiqardi-da: 
Endi menga xalaqit berma,— deb qiya ochiq deraza osha ko‘cha eshikni mo‘ljalga oldi. 
Asadbek bolaligida, yangi yil kutadigan kuni shu eshik ochilishini, otasining kirib 
kelishini, so‘xtasi sovuq ikki kishini urib-urib haydab yuborishini kutgan edi. Bu ikki kishi 
otasini olib ketganidan keyin ham shu yoqqa ko‘p tikildi. Uning uchun bu eshik hovli 
bilan ko‘chani bog‘laydigan bir vosita emas, balki umid qopqasi edi. Afsus shuki, o‘sha 
yillar bu umid eshigi ochilmadi... 
Hozir ham tikilib o‘tiribdi. Hozirgi umidi bo‘lak — qasos! Hozir ajal bir mal’unni haydab 
kelib unga ro‘para qiladi. 
Nihoyat eshik ochildi. Hosil ko‘rindi. U hech narsadan tap tortmay, hovliga qadam qo‘ydi. 
Bir qadam... ikkinchisi... Uchinchisiga ulgurmadi. 
Tepki bosildi. 
Odam joniga tashna o‘q ko‘krakka qadaldi. So‘ng ikkinchisi... uchinchisi... 
Hosilboyvachcha alanglashga ham ulgurmadi. 
Mag‘lub odamning iltijoli ko‘zlarini ko‘ra olmadi. 
Asadbek to‘pponchani Elchinga tutqazdi: 
— Chiq tez, o‘lmadi shekilli, qo‘lim titradi. Tirik bo‘lsa ot. 
— Nimaga? 
— Chiq deyapman! Zaynabni bulg‘adi bu, eshityapsanmi?! Erkakmisan o‘zing! 
Elchin bu gapga ishonqiramay, to‘pponchaga qo‘l cho‘zdi. Asadbek yana baqirgach, 
hovliga chiqdi. Hosilboyvachchaga yaqinlashdi. Lekin o‘q uzmadi. Tepkini bosishga hojat 
ham yo‘q edi. Shu zahoti eshik tepki zarbidan ochilib ostonada Shomil ko‘rindi. G‘ilay 
yerda qonga belanib yotgan xo‘jasini, to‘pponcha ushlab turgan Elchinni ko‘rdi-yu, o‘ylab 
o‘tirmay unga o‘q uzdi. Elchin qarshilik qilishga ham ulgurmadi. 
Shu nafasning o‘zida paydo bo‘lgan Chuvrindi avval Shomilni otmoqchi bo‘ldi. Lekin 
Asadbekning topshirig‘ini eslab, G‘ilayning orqa miyasiga to‘pponcha qo‘ndog‘i bilan zarb 
bilan urdi. G‘ilay Shomil xo‘jasi yoniga behush yiqildi. 
Asadbek uydan bitta-bitta bosib chiqib keldi. U endi bir necha soat ilgarigi holsiz xasta 
odam emas, qaddini mag‘rur tutuvchi Asadbek edi... 
Nihoyat... shaytanat olami voqealarining bayoni shu yerga kelganida, Yaratganga 
shukrlar aytgan holda ikkinchi kitobga nuqta qo‘yaman. Mazkur bayonni o‘qigan har bir 
kimsaga minnatdorlik bildirib, Ollohdan xonadonlaringizga fayzu barakot tilayman. 
Shaytanat daraxtining soyasi hech birimizning xonadonimizga soya tashlamagay. Omiyn 
va Robbil olamiyn. 
© Tohir Malik
Islom.uz 
ma'rifat markazidan olindi. 
www.ziyouz.com
- 2007

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling