Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
226 Chuvrindi mashinani qaytarayotganida Asadbek: — Zaynab, jon qizim! — deb ho‘ngrab yubordi... S o‘ n g g i b o b yoxud uchinchi kitobning debochasi Asadbek, Elchin, Hosilboyvachcha. 1989 yil, 29 noyabr 1 Hosilboyvachcha bu olishuvda mutlaq g‘olib chiqqaniga amin edi. Hatto Xongireyga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan qutlagan, «akaxon, siz bu yerlarning xo‘jayinisiz, biz sizga noibmiz xalos», deb kamtarlik niqobi ostida yaltoqlangan edi. U endi keyingi qadamlari haqida bosh qotirar edi. Asadbek o‘lgach, avval Kesakpolvonni yo‘q qilishni o‘ylardi. Chuvrindi bilan gaplashib ko‘radi, xizmat qilishga ko‘nsa, unga tegmaydi. Ko‘nmasa urug‘i bilan quritib yuboradi. Ana undan keyin mayda-chuyda to‘dalar o‘z xohishlari bilan emaklab kelaverishadi. Egilgisi kelmaganlarning beli sinadi... Hosilboyvachcha yangi yilni rejasi bo‘yicha yagona hokim sifatida qarshilashi kerak. Bu Hosilboyvachcha uchun xom xayol emas, tayyor pishirilgan osh edi. Suzib yesa, bas... Biroq... pishgan oshni yeyish hammaga ham nasib etavermaydi. Hosilboyvachcha orzu bulutiga yonboshlab, rohatlanib suzib yurganida Asadbek qo‘ng‘iroq qildi. — Hosil...— Asadbek shunday deb sukut qildi. Gapini aytishga qiynaldi. — Gapiring, akaxon,— dedi Hosilboyvachcha mehribonlik bilan. — Senga tan berdim, gap yo‘q...— Asadbek shunday deb xo‘rsindi. Hosilboyvachchaning yuzini shodlik yeli silab o‘tdi. Mag‘lubni bir oz kalaka qilish maqsadida: — Sizga ham qoyilman. Bunaqa tan berish faqat o‘g‘il bolaning qo‘lidan keladi,— dedi. Asadbek uning bu lutfini javobsiz qoldirib, muddaoga ko‘chdi: — Hosil, menga videokassetaning asl nusxasini berasan. — Gap yo‘q, akaxon. — Anavi qanjiqni qaerga qochirding, uni ham berasan menga. — Bunisi endi to‘g‘ri kelmaydi. U qanjiq hali menga ko‘p kerak bo‘ladi. Uning ishini uncha-muncha qanjiq eplolmaydi. — Baribir topaman uni. — Bir ukalik maslahatim — uni qidirmang. Men uni sizning o‘nta yigitingizga ham alishmayman. Siz kassetani olingu boshqasini unuting. O‘zingiz kelasizmi, yo odam yuborasizmi? — Bu ikkalamizning oramizdagi ish. Men borolmayman. Kasalman, bilasan. Eski shahardagi uyimda kutaman. Yolg‘iz o‘zing kel. Birga bir gaplashaman. Vinzavodga tegishli qog‘ozlar bor, beraman. Agar yana boshqa da’volaring bo‘lsa, aytasan, kelishamiz. — Men o‘ylab ko‘raman, akaxon. — Mayli, o‘yla. Kallali bolasan. Sen men qilgan xatolarni chetlab o‘tsang, uzoqqa borasan. Bugun soat beshda kel, bir o‘zim kutaman. Qo‘rqma, pistirma qo‘ymayman. Mening o‘yinim hamma vaqt o‘g‘il bolacha bo‘ladi, bilasan-ku? Hosilboyvachchaning ko‘ngli qandaydir noxushlikni sezdi, ammo g‘oliblik sururi bu sezgini bo‘g‘di. U Asadbekning taklifini ko‘p mulohaza qilib o‘tirmadi. Jon taslim qilayotgan g‘animning iltijoli ko‘zlarini ko‘rgisi keldi. Ko‘kragiga oyoq qo‘yib, qah-qah |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling