Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
Soat beshga qadar shunday bo‘laverdi. Soat beshga qadar, Asadbekning nazarida, ming 
yil bu ovoz tinchlik bermadi. Lekin mudhish fikr shirin xotirotdan ustun edi... 
Asadbek uyga sig‘may, hovliga chiqdi. Hovlini, oshxonani, yerto‘lani kezdi. Nimadir 
izladi. Oxiri yerto‘ladan bir qulochli arqon topib, bilagiga o‘rab oldi. 
Chuvrindi aytilgan vaqtda kelib, bilakka o‘ralgan arqonni ko‘rdi-yu, muddaoni fahmladi. 
Arqonni olmoqchi edi, Asadbek siltab tashladi. 
Chuvrindi Zaynabni chaqirdi. Mashinaga o‘tirdilar. Elchinning uyi sari yurdilar. Darvoza 
qulf edi. Zaynab tushib ochdi. 
— Mahmud, ayt unga, poklanib chiqib, kelinlik ko‘ylagini kiysin. 
Ostonada nima qilarini bilmay qotib turgan Zaynabga Chuvrindi bu amrni yetkazdi. 
Zaynab o‘lik oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab ichkari kirdi. U otasining bilagiga o‘ralgan arqonni 
ko‘rgan, umri nihoyasiga yetganini sezgan edi. 
...Atrofga shom qorong‘usi bostirib keladir. Kech kuzning izg‘irinli nafasi sochlarini asta 
to‘zitadir. Juvonning vujudini esa xufton zulumoti bosadir, yurakkinasi muzlaydir, tanasi 
sovuqdanmi, yoxud o‘lim sharpasining qo‘rquvidanmi yengil titraydir... Kumushbibi 
bo‘lmoqni orzu etgan, bokira, ammo inju orzulari loyga qorishgan Tuproqbibi, undan-da 
battar qavmda so‘nggi nafas sari boradir... 
Otasi poklanib olsin, debdi, suv poklay olarmikin uning ruhini? 
Asadbek bir soatga yaqin mashinada o‘tirdi. So‘ng asta tushib hovliga, undan uyga kirdi. 
Nazarida, oyoqlari chalishdi. Qandaydir kuch ko‘kragidan itardi, orqasiga qaytmoqchi 
ham bo‘ldi. Boshqa bir kuch esa tislanishga yo‘l bermadi. 
Zaynab oq libosda, uy o‘rtasida harakatsiz turar edi. Asadbek ostonada bir nafasgina 
to‘xtadi. Shunda ularning ko‘zlari to‘qnashdi. 
— Jon qizim, men seni jazolamoqchi emasman, seni bu dunyoning iflosliklaridan 
qutqarmoqchiman,— dedi Asadbekning ko‘zlari. 
— Jonim adajon, qiynalib ketdim, qutqara qoling... faqat onajonimni sog‘inaman... 
Onamni bir o‘psam edi... 
— Sen hur qizlar bilan birga bo‘lasan... 
— Yo‘q, ular mendayin sharmandani qatorlariga olmaslar... 
— Hademay izingdan yetib boraman... 
Asadbek bir qadam qo‘ydi. Zaynab otasi tomon intilib, u ham bir qadam qo‘ydi. Ota 
ko‘ngli qizini so‘nggi bor bag‘riga bosmoqni istadi. O‘zini tutdi. Qiz ota oldida tiz 
cho‘kmoqni istadi — tiz cho‘kdi. Asadbekning ko‘ziga yosh quyilib kela boshladi. Faryod 
urib yubormaslik uchun bilagidagi arqonni bo‘shatib, Zaynab oldiga tashladi-da, shart 
burilib chiqib ketdi. Tiz cho‘kkan Zaynab otasining birgina so‘ziga zor bo‘lib, iltijoli 
nigohini uning izlariga qadab qolaverdi. 
Rozi-rizolik so‘ralmadi. 
Asadbek mashinaga indamay o‘tirdi. Ko‘kragini rulga qadab olgan Chuvrindi qaddini 
ko‘tarib, unga savol nazari bilan qaradi. 
— Hayda,— dedi Asadbek hirqiroq ovozda. 
Chuvrindi uy tomonga qarab qo‘ydi-yu, buyruqqa itoat etdi. Mashinani sekin yurg‘izdi. 
Asadbek: «Nima uchun tezlatmayapsan?» deb so‘ramadi. 
«Gunohlarni sen qilding-u, jabrini qizing tortdi, aybdor o‘zing bo‘la turib qizingni 
jazoladingmi?..» 
Orqa o‘rindiqda o‘tirgan kimdir shunday deb baqirganday bo‘ldi. Asadbek cho‘chib, 
orqasiga qaradi. Hech kim yo‘q... takrorlandi. Endi ovozni tanidi — Jalil. Yanada 
qattiqroq aytdi gapini. So‘ng yana takrorladi. Har gapirganda yurakdagi muz parchalana 
bordi. Yurak muzdan xoli bo‘lib, iliy boshlagach, baqirib yubordi: 
— To‘xta! Qayt orqaga! 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling