Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
safar xasislik qilmadi. Tilladan chiroyli tumor yasatib, «2049 yil, 100 yosh» deb yozdirdi-
da, Moskvaga qarab uchdi. Uch kun davom etgan katta ziyofatga u yaqinlasha olmadi. 
Tantanalar tugab, Xongirey hordiq chiqargach, uni qabul qildi, Hosilboyvachcha salom 
berib kirib, uning bo‘yniga tilla tumorni osib, «Siz-bizning valine’matimizsiz», deyishi 
Xongireyga yoqdi. Kimligini so‘rab-surishtirdi. Xongirey Asadbekni bilardi. Asadbekning 
bir oz mag‘rurligi unga yoqinqiramasdi. Bu yigitning Asadbek o‘rnidan umidvorligi shu 
sababli ma’qul keldi. «Menga shunaqa mutelar kerak», deb uni qo‘llashga ahd qildi. 
Krasnoyarda Kozlovni sindirishi qiyin kechayotgan edi, endi bir hamlada ikki raqibni 
yengish imkoni tug‘ilib Hosilboyvachchaning tashrifidan mamnun bo‘ldi. 
Hosilboyvachcha orqasida qad ko‘tarayotgan tog‘dan quvvat olib, qal’ani to‘la zabt 
etmoq qasdida dadil hujum boshlashga ahd qildi. Ana shu paytda Shomil unga yana bir 
xushxabar yetkazdi: 
— Asadbek o‘ladigan kasal emish,— dedi u irshayib. 
— Qayoqdan olding bu gapni? — dedi Hosilboyvachcha ishonqiramay. 
— Do‘xtiri aytdi. Asadbekni ko‘rib qo‘yganini eshitib, giribonidan oldim. «Qasam 
ichganman, aytolmayman», deydi. «Qasam kerakmi senga yo jonmi?» devdim, darrov 
gulladi. Yo ikki-yo uch oylik umri qolibdi. O‘lishi aniq ekan. 
— Ikki-uch oylik dedingmi? Yaxshi! Vinzavodni o‘z qo‘li bilan topshirib ketsa ham 
bo‘larkan, a? 
— O‘lishini kutmaysizmi? 
— Yo‘-o‘q. Osongina o‘lib ketmasin-da. Mening kimligimni bilib, keyin o‘laversin. Bir 
paytlar ko‘kragimdan itarib, yoniga yo‘latmovdi. Mendan ko‘ra Chuvrindi qullarini afzal 
ko‘ruvdi. Baribir men uni yengdim! Avval mening kulgimni ko‘rsin, keyin o‘lsin! 
— Endi unga kassetani ko‘rsatsa bo‘lar? 
— Shoshmay tur. Men hali undan battarini ko‘rsataman. Sen lalayganroq yigitlaringdan 
birini tayyorlab qo‘y. 
— Kesatyapsizmi, lalayganini nima qilasiz? 
— O‘lib ketsa achinmagin deyman-da, — Hosilboyvachcha shunday deb kulimsirab 
qo‘ydi. Uning ko‘mma gapini G‘ilayning kalta fahmi anglab yetmadi. Tanlagan yigitini bir 
haftadan so‘ng qonga belanib yotganini ko‘rgachgina tushundi. 
Unga qadar esa... 
Unga qadar Hosilboyvachcha Asadbekni yo‘qlab uch qavatli imoratning yerto‘lasidagi 
qarorgohiga bordi. Manzurani kuzatgach, Asadbek uyga borgisi kelmay to‘g‘ri shu yerga 
kelgan, xona issiq bo‘lishiga qaramay, qalin kiyimda o‘tirar edi. U Chuvrindi bilan 
qandaydir qog‘ozlarni ko‘zdan kechirayotganda Hosilboyvachcha kirdi. Chuvrindi 
qog‘ozlarni yig‘ishtirib «nima qilay?» degan ma’noda Asadbekka qaradi. «O‘tir», degan 
ishoraga itoat etib, joyidan jilmadi. 
— Bek aka, sog‘-salomat borib keldingizmi safarlarga? — dedi Hosilboyvachcha 
Asadbekni quchoqlab. Dimog‘iga yomon hid urildiyu nafasi qaytib «o‘lishi chin shekilli?» 
deb o‘yladi. 
— O‘zing qalaysan? Ishlaring yurishyaptimi? — dedi Asadbek sovuqroq ohangda. 
— Soyangizda yuribmiz-da, aka. 
— Mening soyamdami? — dedi Asadbek sinov nazari bilan tikilib. 
— Ha-da, sizni akam deganman. 
— Shunaqami? Men akangmanmi? Xongirey-chi? Tog‘angmi yo ammangning erimi? 
— Gapni ham qiyvorasiz-da, akaxon. 
— Sen bo‘ladigan gapni qil. Shu paytgacha Asadbekni birov laqillata olmagan. Sen 
gijinglamaginu dardingni ayt: nima kerak senga? 
— Dangal gapmi? Gapning o‘g‘il bolasi shuki, menga hozircha vinzavod kerak.— 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling