Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
Hosilboyvachcha shunday deb g‘olib odamning nazari bilan unga tik qaradi. Asadbek 
undan bu darajadagi surbetlikni kutmagan edi. Shartta tarsaki tortib yubormoqchi bo‘ldi-
yu, o‘zini tiyib so‘radi: 
— Hozircha vinzavodmi? Undan keyin-chi? 
— Undan keyingisini o‘shandan keyin gaplashamiz. 
— Agar Xongireyga bachchalik qilmaganingda senga vinzavodni sovg‘a qilib berardim. 
— Akaxon, og‘zingizga qarab gapiring. Bizda ham izzat-nafs bor. 
— Senda izzat-nafs bor ekanmi? Kelib-kelib o‘sha haromiga orqa qilyapsanmi? Ikki 
o‘zbek mol talashsayu luqmasini begona olib ketsa, yana sen izzat-nafs haqida 
gapirasanmi? Bu kundan o‘lganing yaxshi. 
— Endi, akaxon, sovuq nafas qilmang, hammamiz issiq jonmiz, kim oldin o‘ladi, Xudo 
biladi. 
Hosilboyvachchaning bu ilmoqli gapini eshitib, Asadbek Chuvrindiga savol nazari bilan 
qarab oldi. 
— Bek aka, jahlingiz chiqmasin, dunyo bozor-da, bir sizning omadingiz keldi, endi gal 
meniki. Vinzavodni tekinga olmayman. Juda katta narx qo‘yaman. Darrov rozi 
bo‘lganingizni o‘zingiz ham sezmay qolasiz. 
— Bu nima deganing? 
Hosilboyvachcha kulimsirab pidjagi cho‘ntagidan videokassetani olib uzatdi. 
— Bu nima? — dedi Asadbek ajablanib. 
— Qo‘yib ko‘ring. Men yarim soatdan so‘ng telefon qilaman,— Hosilboyvachcha shunday 
deb chiqdi. 
— Do‘xtirni top,— dedi Asadbek Chuvrindiga.— Gapini eshitdingmi, is olganga o‘xshaydi. 
Chuvrindi lozim raqamni terib, tabibni topdi-da, dabdurustdan: 
— Nega qasamni buzdingiz? — dedi. Tabib javobga taraddudlanganidan foydalanib, 
so‘roqni davom etdi:— Kimga aytdingiz? 
Tabib g‘udranib bir g‘ilayning zo‘rlaganini ma’lum qildi. 
— G‘ilay Shomil,— dedi Chuvrindi go‘shakni joyiga qo‘yib.— Nima qilamiz? 
Asadbek yo‘talib olgach, yoshlangan ko‘zlarini unga qadab jahl bilan dedi: 
— U qasamni buzdi! 
Chuvrindi chiqib Bo‘tqaga tabibni nima qilish lozimligini aytgach, xonaga qaytib 
videokassetani qo‘ydi. Hammom... Ikki juvon... Biri birini quchoqlayapti... 
— O‘chir! — deb baqirdi Asadbek. Chuvrindi amrni bajarishga ulgurmay, sapchib 
o‘rnidan turdi-da videomagnitofonni tepdi. Og‘ziga kelganini qaytarmay bo‘ralab so‘ka 
boshladi. U Hosilboyvachchani so‘kyaptimi, yo Zaynabnimi, Chuvrindi farqlay olmadi. 
Xastaligini ham, vujudidagi og‘riqni ham unutgan Asadbekni g‘azab o‘zini bilmas 
darajaga keltirgan edi. Uning ko‘ziga hozir hech nima ko‘rinmasdi. Mana shunday hol 
yuz berishi mumkinligini hisobga olgani uchun ham Hosilboyvachcha videokassetani 
tashlab, tezgina chiqib ketgan edi. 
Chuvrindi hojasining yelkalarini silab, bir oz ovutganday bo‘ldi. 
— Anavi qanjiq tanish ko‘rindi, kim u? — dedi Asadbek hansirab: 
— Kasalxonadagi hamshiraga o‘xshatdim. 
— Top uni, top! Yerning tagidan bo‘lsa ham topasan, o‘ligini bo‘lsa ham top, chotini 
o‘zim yirib tashlayman! 
Chuvrindi shoshib eshikni ochdi. Bo‘tqa hali topshiriqni bajargani ketmagan edi. 
Chuvrindi unga kasalxonaga borishni, Zaynabni boqqan hamshirani topishni buyurdi. Bu 
orada Asadbek o‘tirib, titroq barmoqlari bilan telefon raqamini terdi. Go‘shaqdan 
Elchinning uyquli ovozi eshitilgach, baqirib so‘radi: 
— Zaynab qani? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling