Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Manzura eshitganlarini bir oz yumshatib aytishga harakat qildi. To so‘nggi so‘z tilidan 
uchgunga qadar azoblandi. Yuragi tuzoqdagi qush kabi potirladi. Agar uni birov bo‘g‘sa 
yoinki bo‘g‘izlasa, bunchalik azoblanmagan bo‘larmidi... Bunaqa ahvolda ayol kishining 
suyanadigan tog‘i — yig‘i bo‘ladi. Ammo Manzura yig‘lashga eridan qo‘rqdi. Gapira turib 
dam-badam eriga xavotir bilan mo‘ltillab qarab qo‘ydi. Gapirib bo‘lgach, qochib chiqib 
ketgisi keldi. Nailojki, bunday qilolmadi. Endi erining so‘zini, hukmini tinglashga majbur 
edi. Hukm Manzura kutmagan holda, birgina so‘zdan iborat bo‘ldi: 
— Ahmoq! 
Erining ovozida titroq sezib, Manzura cho‘chidi — bu yaxshilik alomati emas... 
— Jon achchig‘ida aytdi-da, — dedi qizini oqlashga harakat qilib. — Hamma gapi yolg‘on, 
alamidan aytib yubordi. 
— Sen ahmoqsan! — dedi Asadbek ovozini ko‘tarib. — Shu gapni aytgunicha indamay 
turdingmi? Urib, og‘zini yorib yubormadingmi? 
— Voy, adasi... 
Manzuraning gapi chala qoldi. Asadbek shu paytgacha qilmagan ishini qildi — choyi 
sovib ulgurmagan piyolani olib, xotiniga qarab otdi. Jaholat bilan piyolani qo‘lga olganida 
qandaydir g‘oyibona bir ovoz «bunday qilma!» deganday bo‘ldi. Ammo piyolani otish 
uchun qo‘lga olgan, demak, otmog‘i lozim edi. Ayni chog‘da, g‘oyibona ovoz hukmidan 
ham qutula olmadi — mo‘ljalni atay buzdi. Piyola Manzurani yonlab o‘tdi-da, deraza 
tokchasiga tegib, sindi. Manzura qo‘rquvdan sapchib, o‘rnidan turdi. 
— O‘tir! — deb baqirdi Asadbek. 
Manzura endigi bo‘ladigan hukmni, yoki harakatni kutib, titroq barmoqlarini dasturxon 
popugi ortiga yashirib o‘tirdi. 
— Qizing to‘g‘ri erinikiga boradi. Gapni chuvalaydigan bo‘lsa o‘zim osaman uni! 
Manzura eriga qaradi. Qo‘rquvdan javdirayotgan ko‘zlarida «Kimni, kuyovingiznimi yo 
qizingiznimi?» degan savol muhrlangan edi. Asadbek bu savolni uqdi: 
— Qizingga tayinla, qadamini bilib bossin. U ko‘chadagi bir qalang‘i-qasang‘ining emas, 
Asabdekning qizi! Men qizimning baxtli bo‘lishi uchun hech narsadan qaytmayman. 
Asadbek o‘sha voqeadan so‘ng, vaqti kelsa nomus haqida gapirib qo‘yaman, deb 
o‘ylagan edi. Hozir aytishni ham mo‘ljal qildi. Lekin xotinining ahvoliga qarab, bugunga 
shunisi ham yetarli, degan to‘xtamga keldi. 
Xuddi shu paytda Elchin telefon qildi. Qo‘ng‘iroq ovozini eshitib, Manzura o‘rnidan 
qo‘zg‘almoqchi edi, Asadbek: «O‘tiraver, bolalar olishadi», dedi. Manzura gap tamom 
bo‘ldi shekilli, deb dasturxon ustini yig‘ishtira boshladi. Bu orada boloxonadagi 
yigitlardan biri derazani asta chertib, ovoz berdi: 
— Bek aka, Hofiz akam so‘rayaptilar. 
Bu xabarni eshitgan Manzura eriga savol nazari bilan boqib, joyida qotdi. Asadbek 
o‘rnidan turib «ishingni qilaver», dedi-da, uy burchagidagi yumaloq stol tomon yurdi. 
Sadaf rangli telefon go‘shagini qulog‘iga tutdi-da: 
— Ha, Hofiz, tinchlikmi? — dedi. 
Elchin maqsadni bayon qilgunicha uning gapini bo‘lmadi. So‘ng: 
— O‘sha yerda o‘tira tursin. Hozir mashina yuboraman, — deb gapni kalta qildi. 
Manzura hanuz eriga savol nazari bilan qarab turardi. 
— Ishingni qilaver, dedim-ku! Senga taalluqli gap emas, — dedi Asadbek zarda bilan. 
Keyin xotinining mo‘ltillagan ko‘zlariga ko‘zi tushib, unga rahmi keldi. Picha yumshoqroq 
ohangda unga dalda bermoqchi bo‘ldi: — Zaynabdan ko‘ngling xotirjam bo‘lsin. 
Kuyoving bitta gapga ishonib ketadigan ahmoq emas. Ishonganida shu paytgacha bir 
narsa derdi. 
Telefon xabarini yetkazgan yigit ayvondan uzoqlashmay, Bek akasining amrini kutib 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling