Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
qiynoqlarga chidolmay necha-necha hujjatlarga imzo chekib berishgan ekan? Biz hozir 
ularni ayblaymiz, muhokama qilamiz. Oldinlari odamlar bu binoga qo‘rquv bilan 
qaraganlar. Endi atrofida bemalol sayr qilib yurishibdi. Shu binoning ro‘parasidagi 
maydonchada mazza qilib muzqaymoq yalashadi. Qiziq... hozir ham yerto‘lada 
mahbuslar bormikin? Paxta ishi bilan qo‘lga olinganlar balki shu yerdadir? Balki ularni 
ham qiynashayotgandir? Balki kimdir qiynoqqa chidolmay kimnidir sotayotgandir. Ayni 
shu damda sotayotgandir... Oradan yana ellik yil o‘tgach, yana kimdir hujjatlarni titib
ularning qilmishini muhokama etar, ayblar. Hozir esa... imzolar chekilyapti, shu 
imzolarga qarab hukmlar o‘qilyapti... Ellik yil avval Falonov bilan Pistonchiyan bu binoda 
gerdayib ish yuritishgan. Ajabki, hozir Pistonov bilan Falonchiyan shunday. Bu nima? 
Taqdir hazilimi yo qonunimi? Yana ellik yil keyin bu binoda kim gerdayib yuradi?..» 
Anvar bu binodan ko‘zini olib, favvoraga tikildi. «Narigi binoda «ustoz» o‘tiribdi. 
Nimalarni xayol qilib, qaysi tirnoq ostidagi qanday kirlarni izlayapti ekan? Hikmat 
domlaga borib aytayinmi? Nima deyman? «Sizga qarshi bir ish qilmoqchi» deymanmi? 
Buni eshitib, domla odaticha kulib qo‘yar. «Ustozingizning kasbi shu», deyish bilan 
cheklanar. Ichini it tatalasa ham sezdirmas. Men gap tashuvchi bir nodon bola kabi 
izimga qaytarman...» 
Anvar hujjatxonadan chiqayotganidayoq Hikmat O‘rolovnikiga borishni mo‘ljal qilgan edi. 
Bir oz yurib, o‘ylangach, Xolidiyning maqsadini aniq bilmay turib borishni ma’qul 
ko‘rmadi. Favvoraga yana bir muddat tikilib o‘tirgach, oftobda qizib, o‘rnidan turdi-da, 
uyga qarab ketdi. Mahallaga yetganida «Elchinning xotini chiqqandir, xabar olay, yana 
oqibating yo‘q, deb ming‘irlab yurmasin», deb o‘ngdagi tor ko‘chaga burildi. 
Darvoza eshigi ochiq bo‘lgani uchun qo‘ng‘iroqni chalmay, ichkariga kirdi-da «Elchin!» 
deb chaqirdi. Elchin daraxt soyasiga buklama karavotni qo‘yib, uxlab yotgan edi. 
Anvarning ovozini eshitib, erinibgina boshini ko‘tardi. 
— Sen ham o‘ris generallariga o‘xshab joningning huzurini bilasan, — dedi Anvar 
karavot qirrasiga o‘tirib. — Arman radiosidan «kunduzi kim uxlashi mumkin?» deb 
so‘rashganda «Boyning kuyovi» deb javob bergan ekan. 
Elchin uning haziliga jilmayib ham qo‘ymadi. Aslida Anvar ham hazillashadigan 
kayfiyatda emasdi. «Oshnamning dardi menikidan og‘irroq», degan fikrda o‘zicha 
Elchinning ko‘nglini ko‘tarmoqchi edi. 
— Ha, — dedi Anvar uning tumtayib yotganini ko‘rib, — qani, bir o‘ng tomoning bilan 
tur-chi. Seni odam deb ko‘rgani keldim. 
— Kelganing yaxshi bo‘ldi, uyingga bormoqchi edim,— dedi Elchin yotgan yerida. 
— Nechuk? Biz g‘ariblarni...
— Bachkanalashma. Masala jiddiy, — dedi Elchin qaddini ko‘tarib. — Sen anavi gapni 
birovga aytibmiding? 
— Qaysi gapni? 
— Asadbekning gumonini. 
— Unimi? — Anvar chuchmalroq tarzda javob bermoqchi edi, ammo gapni aylantirib, 
aldagisi kelmadi. — Aytuvdim... bir tanish prokurorga... 
— Uningni aralashtirma, devdim-ku? 
— Aralashtirganim yo‘q. Shu masaladan ogoh bo‘lib turing, Asadbek tuhmat qilib qolsa
laqqa tushmang, dedim. Birov surishtirdimi? 
— Prokuraturaga chaqirtirishdi. 
— Kim? 
— Sharipov degani. 
— Zohidmi? Nima dedi? 
— «Qaynotangiz nima uchun sizdan gumonsiradi?» deb so‘radi.


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling