Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
«ugro»sidagi Soliev yordam beryaptimi? Omadingiz yo‘q ekan, lanj u odam, ishni 
rezinkaday cho‘zadi. O‘rdakka o‘xshab, tumshug‘ini balchiqqa tiqib olib, loy titkilaydi. 
— Cho‘zsa ham puxta ishlaydi. Xom ishdan puxtasi durust-da. 
— Yanglishyapsiz. Bizning ishimizda eng birinchi galda tezlik turadi. Bilib qo‘ying, yangi 
bo‘lgan eng kattamiz boshlig‘imizni suhbatga chaqirib «sust ishlayapsizlar» deganmish. 
Tushundingizmi? Yangi rahbarning talabi ham yangicha bo‘ladi. «Sust ishlayapsizlar» 
debdimi, demak, bizdan operativlik talab qilinadi. Ishni cho‘zdingmi, tamom, joyni 
bo‘shataver. Mana, siz: bo‘yningizda ikkita qotillik turibdi. Ikkita retsidivistni ushlabsiz. 
Nima qilmoqchisiz? 
— Nima qilardim, tergov-da. 
— G‘o‘rsiz, dedim-ku. Omad qo‘lingizga qo‘nib turibdi-ya! Guvoh bormi, bor. Oldingi 
qotillikni ham ularning bo‘yniga qo‘ying-da, yoping ishni. Ularning borar yeri tayin, — u 
shunday deb barmog‘i bilan havoda sirtmoq shaklini chizdi. — Bitta qotillikka ham shu
o‘ntasiga ham. Nima so‘rasa, xo‘p deng, va’dani kattaroq qilavering. Bo‘yniga oladi. 
Ishning ko‘zini bilish kerak, uka. 
Uning gaplarini eshitib, Zohidning ko‘nglida bir shumlik uyg‘ondi. 
— Shunaqa deysizu talabini bajarish qiyin-da,— dedi u, sodda odamning niqobiga kirib. 
— Nima deydi? — dedi «Suvilon» sergak tortib. 
— Qotillikni bittasi bo‘yniga olmoqchi. Shuning evaziga sherigini, yana ikki kishini chet 
elga o‘tkazib yuborishi kerak ekan. Bu mening qo‘limdan kelmaydi-da. 
— E, siz va’dani beravermaysizmi? 
— Petrashvili degani pixini yorgan ekan. Avval ular chet elga ketsin, o‘sha yerdan menga 
xat yozsin, keyin men bo‘ynimga olaman, deydi. 
— Obbo zang‘ar-e, qaltis joyidan ushlabdi. Men bir o‘ylab ko‘ray-chi, yo‘li topilar, — 
«Suvilon» shunday deb xonadan chiqishga shaylandi. 
Zohid bu gapni shunchaki qitmirlik uchun aytgan edi, uning o‘zgarishini ko‘rib, ajablandi-
da, eshikka yetgan joyida to‘xtatdi. 
— Sizda mabodo Mahmud Ehsonovning telefoni yo‘qmi? 
«Suvilon» to‘xtab, orqasiga o‘girildi: 
— Mahmud Ehsonov? Kim u? — deb so‘radi talmovsiraganday bo‘lib. 
— Ikkinchi murdani uning uyidan chiqarishgan-da. Asadbekka yaqin odam, deb 
eshitdim. 
— Uni nima qilmoqchisiz? 
— Hech nima qilmayman. Faqat eksgumatsiya xulosasi bilan tanishtirib qo‘yay devdim. 
«Suvilon» bu gapni eshitib, o‘ylandi-da: 
— Bir qaray-chi, bo‘lsa aytaman, — deb xonadan chiqdi. 
«Agar Ehsonovning telefonini olib kirib bersang, g‘irt ahmoq bo‘lasan», deb o‘yladi 
Zohid. 
2 
— Ha, «Suvilon»ing chindan ham ahmoq ekan, — dedi mayor Soliev, Zohidning gaplarini 
eshitgach. 
— Bechora dovdirab qolgan. Agar bu qilmishini egalari bilib qolsa... 
— Bilib qolishsa ham buni balo urmaydi. Buning ahmoqligini egalari bilishmaydi, 
deysanmi? Har- holda, aqlli odam ularga xizmat qilmas deyman-ov... 
— Har qanday idorada hech bo‘lmasa bitta ahmoq topiladi, demak, ular istagan 
idoralariga in qo‘yishlari mumkinmi? Gapingizni shunday tushunishim kerakmi? 
— Xohlasang shunday tushun, xohlamasang o‘zing bilasan. Aniq gap shuki, ular hozir 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling