Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
123 ham ilinib qolar? — Zohid shunday deb fotiha qilgan bo‘ldi-da, o‘rnidan turdi. «Agar niyatlari bizni laqillatish bo‘lsa, men ularni chalg‘itdim», deb o‘yladi Zohid. XIV b o b 1 — Ko‘rinishingdan chechenga o‘xshaysanu ona tilingda gapirmaganingga hayronman, — dedi mashina haydovchisi. Zelixon unga darrov javob bera olmadi. Ozgina sukut saqlagach, bir xo‘rsinib dedi: — Men chechenman. Ota yurtimda tug‘ildimu boshqa yurtda ulg‘aydim. Ona tilimni bilaman. Gapirsangiz yaxshi tushunamanu o‘zim silliq gapira olmayman. Til qotib qolgan. — Tilim qotdi, deysanmi? Unda sen ado bo‘lgan odam ekansan, og‘ayni, — dedi haydovchi, orqa o‘rindiqda o‘tirgan Zelixonga ko‘zgu orqali qarab. — Gapingga tushunmadim? — dedi Zelixon. — Ona tilini bilmagan inson o‘zini odam sanamasa ham bo‘ladi. — Tiling juda uzun ekan, — dedi Zelixon achchiqlanib, — ammo aqling kaltaga o‘xshaydi. Urush davrida chechenlar boshiga tushgan kulfatni eshitmaganmisan? Zelixonning aql xususidagi gapi haydovchiga malol keldi, qoni bir qaynadi-yu, ammo «harholda bu o‘z qondoshim», deb darrov o‘zini bosdi. Zelixonning gapiga xotirjam javob berdi: — Eshitganman, lekin odamning o‘zini o‘zi unutishi uchun bu hech qanday imtiyoz bermaydi. Inson o‘z ona tilini o‘lgunicha unutmasligi kerak, — haydovchi shunday deb bir oz sukut qildi-da, so‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Balki o‘lgandan keyin ham unutmasligi kerakdir. U dunyoda qaysi tilda hisob beradi? Senga o‘xshab ruschadamas deyman, a? Zelixon uning bir aytgan fikridan qaytmasligini bilib, kulimsiradi: — O‘jarligingdan chechenga o‘xshaysan. Bu gap haydovchiga ma’qul kelib, xaxolab kuldi. — Nima desang, de: men chechenman! Ha, meni qiymalab tashlasang ham har bir bo‘lak go‘shtim «men chechenman!» deb hayqirib turadi. Ana, tog‘larni ko‘ryapsanmi? Mening bobolarimning bobolari, ularning-da bobolari ana shu tog‘lar kabi mag‘rur bo‘lishgan. Otam ham mag‘rur edi, men ham mag‘rurman. Chechen bo‘lganim uchun mag‘rurman. Mening bolalarim ham mag‘rur. Ularning bolalari ham mag‘rur bo‘ladi. Tog‘ni shamol yoki yomg‘ir yemirib tamom qilganda bizning g‘ururimiz ham yemiriladi, uqdingmi, dono odam? Haydovchi shunday deb qo‘shiq ayta boshladi. Zelixon bu qo‘shiqni avval eshitmagan edi. Ayrim tanish so‘zlardan, qo‘shiqning avjidan vatan haqida ekanini angladi. «Baxtli odam ekan, bu o‘jar, — deb o‘yladi Zelixon. — Vatani bor, g‘ururi bor. Bolalari ham bor. Ular ham mag‘rur. Xuddi tog‘ cho‘qqilariday mag‘rur... Menda nima bor?» Shu gaplarni xayolidan o‘tkaza turib Ismoilbeyning g‘amgin chehrasi ko‘z oldiga kelib, qulog‘i ostida uning ovozi jarangladi: «Vatani yo‘qning iymoni yo‘qtur...» Zelixon xayolga berilib, qo‘shiq tugaganini sezmay qoldi. Haydovchi unga avval ko‘zgu orqali qaradi, so‘ng bir o‘girilib oldi: — Nimalarni o‘ylayapsan? Qo‘shiqqa tushundingmi? — Tushundim. Vatan haqida kuylading. — Hech baloga tushunmabsan. Men dedimki, agar Vatan meni suymasa men uni suyarman. Agar meni nimtalasalar-da bir bo‘lagimni Qora dengizga, birini Oq dengizga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling