Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Onaning aytadigan gapi bor. Uzoq yillar asragan gapini aytishi kerak. Bu haqiqatni 
go‘riga ortmoqlab keta olmaydi. 
— Kelib tur, aytadigan gapim bor, — dedi ona xasta ovozda. 
— Gapingiz bo‘lsa... ayting, — dedi o‘g‘il. 
— Hozir aytmayman... Jonim uzilishidan oldin aytaman. 
— Nega? 
— Qo‘rqaman. 
— Kimdan? 
— ... 
Bilmaydi... Chindan ham shunday. Erining o‘limidan beri qo‘rquvda yashadi, ammo 
kimdan qo‘rq- qanini o‘zi ham aniq bilmadi. Bu qo‘rquv o‘sha mash’um voqeadan 
so‘ng uyg‘ongan. O‘shandan beri bu qo‘rquv xoja, u esa cho‘ri. Shu qo‘rquv bolasini 
tashlashga majbur qildi. Shu qo‘rquv uni shaharga haydab keldi. Aroq ichib, kayf 
qilgandagina qo‘rquv uni xoli qo‘yardi. 
— Kelib tur, — u shunday deb boshini burib, nigohini yana shiftga qadadi. 
Ertalab kelaman, — Chuvrindi shunday deb darvoza tomon yurdi. 
— Omonat gaplari borga o‘xshaydi, — dedi uy bekasi. — Kelib turing. Aytmasalar jon 
berishlari qiyin bo‘ladi. 
— Nega? — Chuvrindi to‘xtab, unga qaradi. 
— Odamlar shunaqa deyishadi. Keyin... harna bo‘lsa ham sizni tuqqanlar, «roziman», 
deb qo‘ying. O‘zingiz ham roziliklarini oling.
— Hozirmi? 
— Yo‘q. Hozir orqaga qaytmang, ertaga kelaman, deyapsiz-ku? 
Chuvrindi uyga kelgach, mashinasini odaticha ko‘chada qoldirdi. O‘rtancha o‘g‘li 
mashinani tozalab, ichkariga haydab kirishga ishqiboz. 
Shom qorong‘usi tusha boshlagani uchun o‘ng tomondagi daraxtga suyanib turgan 
odamga e’tibor bermagan edi. Darvoza tomon uch-to‘rt qadam tashlagach, tanish ovoz 
eshitildi: 
— Ehsonov! 
Uni hech kim bunaqa deb yo‘qlamasdi, shu sababli ajablanib, taqqa to‘xtadi. Daraxtga 
suyanib turgan odam unga yaqinlashdi. Chuvrindi uni tanib, hayronligi oshdi: 
— Ie, prokuror, sizmisiz? 
— Menman. Sizni kutib turuvdim. 
— Tinchlikmi? 
Eksgumatsiyaga chaqirgan edim, daragingiz bo‘lmadi. Ish ko‘pmi? 
— Ish-ku... ko‘pmas... Lekin ochig‘ini aytsam... O‘likdan qo‘rqaman. Gapim kulgilimi? 
— Men uchun kulgili emas. Chunki ko‘pchilik murdadan qo‘rqadi. Tirikdan qo‘rqishmaydi, 
shunisi menga qiziq tuyuladi. 
— Qiziqmi? — Chuvrindi Zohidga sinovchan nazar tashladi. — Tirikdan qochib yo 
berkinib qutulish mumkin. O‘likning arvohidan qayoqqa qochadi odam? 
— Siz haqsiz. Ruh bir yopishsa qutulib bo‘lmasa kerak. 
Zohid shu gapni aytgach, «uyiga taklif qilarmikin yo yo‘qmi?» deb o‘ylandi. Chuvrindi 
esa uning bemalol turib olib gapni cho‘zayotganidan maqsadini fahmladi: «Uyga 
kirmoqchi shekilli?» 
— Ovora bo‘lib kelibsiz, xizmatingizda bo‘laylik, — dedi ozgina kinoya bilan. — Tintuv 
qilgani kelmagandirsiz, a? 
— Tintuvga kelganimda sizni kutib turmasdim. Agar sizga m a l o l kelmasa, shu yerda
turib gaplashaveramiz. 
Zohidning keyingi so‘zlari Chuvrindining kinoyasiga hamohang tushdi. Chuvrindi buni 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling