Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
— Undan chiqmaydi ham. Yangisini senga men aytaman. — Soliev shunday deb
portfelini ochib, muqovalangan bir dasta qog‘ozni oldi-da, Zohidga uzatdi. — Tanishib 
chiq, Petrashvilining ishi. 
Zohid qog‘ozlarni varaqlab, ajablandi. Bu jinoiy ishning yuritilishi haqidagi rasmiy 
hujjatlar emas, balki havaskor izquvarning kuzatishini eslatardi. Soliev Zohidning hayron 
bo‘lganini sezib, izoh berdi: 
— To‘g‘ri payqading, bu rasmiy ish emas. Ochiqroq gap shuki, rasmiy ravishda jinoiy ish 
ochishga imkon berishmagan. Jinoyatchilar sen bilan meni bir cho‘qishda qochiradigan 
bo‘lib ketishgan. Mana shu Petrashvili har safar mayda o‘g‘irlik yoki bezoriligi uchun 
qamalgan. Buni bilasan. O‘zini ko‘rib, gaplashganingda ajablanmadingmi? Kim ekanini 
ko‘z qara- shining o‘zi aytib turibdi-ku? U asosiy xizmatni qamoqdaligida bajargan. 
Mana oxirgisida viloyat kattasining beminnat dastyori bo‘lgan. Demokratiya degani 
hammaning boshini aylantirmadimi? Kattalardan norozilar Maskovga xatlar 
yozishmadimi? Xat aylanib kelib, yana o‘sha kattaning qo‘liga tushdimi? Ajab hol, a? 
Qo‘y bo‘rining zulmidan shikoyat qilib, sherga arz qiladi. Sher «arzni adolatli hal qil», 
deb bo‘rining o‘ziga oshiradi. Mayda arzchilarning ishi oson, bir-ikki po‘pisa bilan 
tinchiydi. Lekin katta bilan olishadigan toifalar ham chiqib qoladi-ku? Kattaning sirini 
biladiganlar g‘imirlab qolsa-chi? Ana shunda kattaning kallasi ishlab qoladi. Qamoqdagi 
Petrashvilini yollaydi. Kattaning istagi bilan Petrashvili bir kunga, yoki bir kechaga
yoki bir soatga qamoqdan chiqariladi. U ishni bitiradi-yu, joyiga qaytadi. Jinoyat sodir 
bo‘lgan, jinoyatchi esa yo‘q. Katta esa hamkasblarimizning giribonidan olib, bulg‘alaydi. 
Uchinchi jinoyatdan so‘ng mening bir qadrdonim izga tushadi. Ammo uni ham menga 
o‘xshatib qarilik gashtini surishga hukm qilib yuborishadi. U qo‘lidan kelganicha 
kuzatgan, Petrashvilining jinoyatlarini isbotlashga uringan. Bu qog‘ozlar endi tilga kirishi 
mumkin. O‘sha katta hozir joyini topib ketgan. Sen ishni yaxshilab o‘rganib chiqib, 
Petrashvilini siquvga ol. 
— Bunisi qiziq bo‘ldi, — dedi Zohid, peshonasini silab. — Shunaqa makkorlik bilan 
ishlagan odam nima uchun bu shilta ishga ilashib qoldi? 
— Bular me’yorni bilishadi. Petrashvilining uslubi eskirdi. Endi u arzon-garov 
qo‘g‘irchoqqa aylangan, qadri ketgan. Petrashviliga qandaydir va’da berishgandir. Bir 
narsaga zoriqmasa, bunaqa ishni zimmasiga olmas edi. Uni boshqa qamoqxonaga 
ko‘chirishga harakat qilish kerak. 
— Nima uchun? 
— Nima uchun? — Soliev bosh chayqadi. — Sezmadingmi? Petrashvili ham, sherigi ham 
yo nashavand, yo giyohvand. Bu qamoqxonada ularning odami bordir. Yetkazib 
berayotgandir. Yetkazuvchi zanjirini uzish kerak. Ana shunda ular xumordan tutaydi. 
Boshini devorga uradi. Bir chekim nasha uchun otasini ham sotadi. Hozircha «men 
o‘ldirmaganman, men yoqmaganman», deb turibdimi, xumordan qiynalganda birinchi 
aytadigani «men o‘ldirganman» deydi. Qotillikni bo‘yniga oladi. Sen ularga ishonganday 
bo‘lasanu boshqa tomondan bosasan. Sen shu kunlar ichi boshliq bilan yakkama-yakka 
gaplashishga urinib ko‘r. Eshitishimcha, yangi rahbar uni suhbatga chaqirgan. Qattiq 
talab qo‘ygan. Hozir uchrashishning ayni payti. Faqat bu idorangdagilarga bildirma. 
Ungacha turmada kapitan Musaev degan yigitga uchrash. Ko‘rsang, xuddi chumak 
arining o‘zi. Agar u yerda yuzta halol odam bo‘lsa, yuzning biri, bittagina bo‘lsa, 
shuning o‘zi. Unga tayinlasang, kavkazliklaringga ko‘z-quloq bo‘lib turadi. 
Zohidga bu fikr ma’qul tuyuldi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling