Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
126 — Ovulga sig‘sam, shu yerda qolaman. — Ovulga sendaylardan millioni bo‘lsa, millioni sig‘adi. Qani, tur o‘rningdan, orqamdan yur. Ular bir yuk mashinasi sig‘adigan tuproq yo‘ldan yuqoriga qarab yurishdi. Qariya Zelixondan chaqqonroq edi. Uch-to‘rt qadamdayoq ilgarilab ketdi. Aylanma yo‘llardan bir oz yurishgach, pastqamroq bir uy qarshisida to‘xtashdi. Hovlida jo‘xori chopiq qilayotgan odam ularni ko‘rib, ishini to‘xtatdi-da, peshvoz chiqdi: — Keling, Alibek og‘a, — dedi u qariyaga, so‘ng Zelixonga sinovchan tikildi: — Zelixonmisan? — Ha, Zelixon, yanglishmading. Men senga aytardim-a, bir kunmas-bir kun keladi, deb... — Qariya Zelixonga qaradi. — Mana shu sening uying. Arslon urushdan qaytganda uyi kuyib ketgan edi. Maslahatlashib, shu yerga ko‘chirdik. Sen xohlagan kuning uyni bo‘shatib beradi. Arslon o‘z o‘g‘lini kutib olayotgan ota mehri bilan Zelixonni mahkam quchoqladi. — Otang mening qadrdonim edi. Sen tug‘ilganda chunon yayraganmizki, sen so‘rama, men aytmayin. Uy uch xonadan iborat, ikkitasini Arslon band qilgan, bittasiga uy egalaridan nimaki qolgan bo‘lsa, asrab qo‘yilgan edi. Egallangan ikki xona supurib-sidirilganda, bu xona ham albatta tozalanardi. Arslon Zelixonni shu uyga boshladi. Xona egasizga o‘xshamas, uy bekasi hozirgina yig‘ishtirganday sarishta edi. — Bu xona ketganlaringdan beri seni kutyapti, — dedi Arslon. — Bobong bilan onangni Xudo rahmat qilsin, ularning qaytish qilganlaridan xabarimiz bor. Alibek og‘am to‘g‘ri aytdilar, seni kutdik. Xudoga shukr, kelding. Ota-onang, bobongning buyumlari shu yerda. Hatto... — Arslon kulimsiradi, — sening ishtonchalaring ham javonda turibdi... U shunday deb Zelixonni yolg‘iz qoldirdi. Zelixon oyog‘idan mador ketayotganini his qilib, asta tiz cho‘kdi. Shu uyda kindik qoni to‘kilgan, shu uyda emaklab yurgan, shu uyda «ona» deb tili chiqqan. Bu uyda otasi, onasi, bobosining izlari bor. Bu devorlarga ularning ovozlari singib qolgan... Balki ruhlari ham shu uyda uni necha yillardan beri chirqirab kutayotgandir? Nega shu paytgacha kelmadi? Agar Ismoilbey o‘lmaganida, o‘lim oldidagi gaplarini aytmaganida umuman kelmasmidi bu yerlarga... Shu tomonlarga necha marotaba yo‘li tushdi. Bir yili «ovulimni borib ko‘ray», deb qasd ham qildi. Ammo yarim yo‘ldan qaytdi, oyog‘i tortmadi. Oyog‘i tortmaganining sababi bor — hali unda iymon ko‘z ochmagan edi. Ruhi jaholat botqog‘ida biqsib yotardi. U o‘rnidan turib javonga yaqinlashdi. Eshigiga yuzini qo‘yib turdi. Shu eshikni onasi necha marotabalab ochgan. Qo‘llari taftlari hanuz saqlanib qolgandir?.. Oradan ko‘p o‘tmay hovlida jonlanish sezildi. Zelixon tanimagan ovuldoshlari uni ziyorat qilgani yig‘ila boshlagan edilar. Uning hovlisi uch kechayu uch kunduz to‘yxonaga aylandi. Qo‘ylarni olib kelganlar kimlar, so‘yganlar kimlar, dasturxon tuzaganlar kimlar — bilmaydi. Uch kun davomida qishloqning erka farzandi sifatida izzatda bo‘ldi. Necha xonadonda mehmonda bo‘lganini sanayman, deb sanoqdan ham adashdi. To‘rtinchi kuni Alibek oqsoqol kirdi. — Endi nima qilmoqchisan, shu yerda qolasanmi? — deb so‘radi u dabdurustdan. — Shunday niyatim bor, — deb javob berdi Zelixon. — Arslon uyni bo‘shatsinmi? — Men so‘qqabosh bo‘lsam, bitta xona ham yetadi. Ularga malolligim kelmasa bas. — Qo‘lingda hunaring bormi? Zelixon panjalariga qarab, kulimsiradi. Gulday hunari bor-a, ammo cholga po‘lat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling