Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
129 — O‘ldirmoqchi bo‘lding? — Zelixon ajablandi. — Kimlarni o‘ldirding, demoqchimisan? — Sen qo‘lingdan kelmaydigan o‘yinga aralashibsan. Endi sen pachag‘i chiqqan odamsan, akademik. Yaxshi hamki baxtingga Xongirey bor. — Qani, gapni cho‘zmay, maqsadni ayt-chi, — Zelixon shunday deb yigitning qora ko‘zoynagini olib, unga tikildi. — Sen qopqonga tushibsan. Endi chiqishing qiyin. Sen ishongan marja mentlarga xizmat qilgan. Sen Bo‘rining tomiriga qora dori yubordim, deb o‘ylab laqqa tushibsan. U qora dori emas, darmondori bo‘lgan. Hozir mentlar izingga tushishgan. Seni ushlab sud qilishmaydi. Sen yo‘q bo‘lishing kerak, vassalom. — Nega? — Negaligini o‘zing bilasan. Sen nimanidir bilasan. Bir maxfiy ishdan hid olib qo‘ygansan. Kimki sen bilgan narsani bilsa o‘lishi kerak. — Tushunarli. — Yo‘q, hali tushunmading. Hozir uyingga borasan. Bir cholni ko‘rdik, unga ishonsang bo‘ladimi? — Nimani? — Unga aytasan: sheriklarim bilan oldi-sottida ishkal bor ekan, Maxachqal’aga ketyapman, yelkamga yuz ming ilib turishibdi. Shu ishni hal qilib qaytaman, deysan. Narsalaringni olma. — Keyin-chi? — Keyin sen Sochiga borasan. Kommunistlar ko‘chasidagi o‘ttiz yettinchi uyda seni bir jonon kutyapti. Ismi Valya. O‘sha yerda tuxum bosib o‘tirasan. Bizdan xabar yetmaguncha qimirlamaysan. — Keyin-chi? — Nima keyin? — Ovulda qanaqa gap tarqatasan? — Men gap tarqatmayman. Ertaga qo‘l-oyog‘i, boshi kesilgan murdani qopga solib, tashlab ketishadi. Seni kiyimingdan tanishadi. — Shu shartmi? Ovulga qirq yilda endi kelishim. Meni bu yerdan qidirishmaydi. — Agar Xongireyni ahmoq deb o‘ylasang, bilganingni qil. Zelixon unga e’tiroz bildirmay, aytganlarini bajardi. O‘sha kuni shom qorong‘isi cho‘ka boshlaganda o‘zini Adlerda ko‘rdi. Adlerda avtobusga o‘tirib, Sochiga, so‘ng tayin qilingan Kommunistlar ko‘chasiga qarab ketdi. Valya deganlari chindan ham kuydirmajon edi. U eshikni ochib, Zelixonni ko‘rdi-yu, «sizga kim kerak, o‘zingiz kimsiz?» deb so‘ramadi. Xuddi safardan qaytgan erini kutib olayotganday bir shirin jilmayish hadya etib, «kiraver, yaxshi yetib keldingmi», dedi. Bunday holatga duch kelgan odam dovdirashi, «adashmadimmi, ishqilib?» deb ostona hatlashga shoshilmasligi turgan gap. To‘g‘ri-da, begona shaharga, begona uyga kelsangu bir begona huriliqo chiqib xushnudlik bilan kutib olsa?... Tanimay turib jilmayganicha qarshilayapti, hali uyga kirgach nima bo‘ladi, Xudo biladi. Maosh olishni kutib yashovchi, ba’zan xizmat safariga chiqib qoluvchi, mehmonxona ostonalarida tilanchiday mo‘ltillab tong ottiruvchi odam uchun bu shunday g‘alat tuyuladi. Zelixon mansub olam uchun esa odatiy bir hol. Xongirey bu joyni aniq tayin qilmay, shunchaki «Sochiga borib kutsin», deb amr qilganida ham Zelixon uchun boshpana muammosi bo‘lmas edi. Harholda, akademik xor bo‘ladigan odam emas... Zelixon dahlizga o‘tishi bilan Valya eshikni yopib, qulfladi-da: — O‘ngdagi eshik vannaxona. To‘g‘ridagisi yotoqxona. Kiyimlaring, hujjatlaring o‘sha yerda, — dedi. — Sen-chi? — dedi Zelixon, — Biror yoqqa ketmoqchimisan? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling