Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
131 qulfning ochilishi uchun kifoya edi. Valya balkondagi yolg‘iz erkakka qarab turib «Akademik»ning aqli joyida shekilli?» deb o‘yladi. Ertasiga peshinga qadar ham uyda o‘tirishdi. Valya kimningdir qo‘ng‘iroq qilishini kutdi. Qo‘ng‘iroq bo‘lgach, Zelixonga «ozodlik e’lon qilindi». Ular ikkovlashib, sevishgan er- xotin singari sayrga chiqdilar. Sayrning to‘rtinchi kuni sohildagi restoranga bordilar. Nimqorong‘i restoran gavjum edi. Ko‘z nimqorong‘ilikka ko‘nika boshlagach, Zelixon odat bo‘yicha atrofga razm sola boshladi. Cholg‘uvchining chap tomonida o‘tirgan yigit uning diqqatini tortdi. Jingalak sochli yigitning yonboshdan ko‘rinishi unga kimnidir eslatdi. «Bo‘lishi mumkin emas», deb o‘ylab nigohini undan oldi. Ammo nigohi o‘ziga bo‘ysunmay o‘sha jingalak sochga qadalaverdi. Bu orada kuy yangrab, bilgan ham, bilmagan ham o‘rnidan turib raqsga tusha boshladi. Jingalak sochli yigitni nazardan qochirmaslik uchun Zelixon Valyani raqsga tortdi. Zelixon unga yaqinlashdi. Ko‘zlariga ishonmadi — Jamshid! O‘lgan odamni, yana murdasi yoqib yuborilgan odamning ovqat yeb o‘tirishini ko‘rib, esi og‘ib qoldi, deb bo‘lmas. Ha, boshqa bir odam hayratdan dong qotishi mumkin, badaniga yengil titroq yugurishi ham mumkindir. Lekin Zelixonda bunday holat yuz bermaydi, yuz berishi mumkin ham emas. Chunki u hayoti davomida bunaqa hodisalarni ko‘p uchratgan. «O‘z qo‘lim bilan o‘ldirdim», degani «Bo‘ri» tirik yurganidan keyin, bu Jamshid nima ekan? O‘zi-chi? Hozir ovuldagilar uni achinish bilan eslashayotgandir. Kimningdir bo‘laklangan gavdasini to‘plab, qabristonga eltishgandir. Ota-onasini, bobosini eslashgandir? «Ota- onasi, bobosining qabri boshqa yurtlarda qoldi, Xudoga shukr, o‘zi ota yurt tuprog‘iga qo‘yildi», deb o‘zlarini ovutishgandir... Hozir shu restoranga Alibek oqsoqol yoki otboqar kirib qolsami... Zelixon raqsdan to‘xtab, Valyani chetga tortdi. — Valyusha, — dedi u, — sen uyga boraver. Men bir tanishimni ko‘rishim kerak. Valya unga sinovchan tikildi-da: — Birga keldikmi, birga ketamiz, — dedi qat’iy ohangda. — Qo‘rqma, qochib ketmayman, — dedi Zelixon hazilomuz tarzda. — Qochib qaerga ham borarding, — dedi Valya qoshlarini chimirib. — Tanishingni birga ko‘ramiz. Zelixon joyiga borib o‘tirdi. U Valyaga so‘zsiz bo‘ysunishi lozimligini bilardi. Valyaning atrofida albatta Xongireyning yigitlaridan borligi ham unga ma’lum. Hozir Valyaning «tanishingni birga ko‘ramiz», deyishi uning o‘jarligi emas, balki Xongirey ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishi edi. Xongirey «bir nafas ham yolg‘iz qoldirma», deganmi, demak, yolg‘iz qo‘ymaydi. Suyukli xotinday bo‘yniga osilib yuraveradi. — Valya, cholg‘uvchilar tomonga qara, jingalak sochli odam o‘tiribdi. Valya Zelixon ko‘rsatgan tomonga diqqat bilan tikildi. — Osiyolikmi? Kavkazlikka o‘xshamaydi. — Ha, osiyolik. O‘sha odam menga kerak. Nima uchun kerakligini senga uyga borgach aytaman. Ungacha sen uni... aylantirib ber. U bilan bu yerda gaplasha olmayman. Sen u bilan tanishib Suxumiga taklif qilsang yaxshi bo‘lardi. — Nima uchun Suxumiga? — Afon g‘origa olib kirish kerak uni. — Keyin-chi? — Keyin... har ehtimolga qarshi ikkita yigit ham kerak. Agar bu reja ma’qul kelmasa uyingga taklif qil. — Mumkin emas. — Unda Suxumi... Qo‘lingdan kelarmikin? — dedi Zelixon qitmirlik bilan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling