Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
132 Bu gap Valyaga malol keldi. Stol ustidagi qutidan bitta sigaret olib, nozik barmoqlariga qistirdi-da, nozli yurish bilan Jamshid tomon yurdi. Zelixon undan ko‘z olmay har bir harakatini kuzatdi. Valya Jamshidga yaqinlashib nimadir dedi. So‘ng sigaretni labiga qistirib engashdi. Jamshid gugurt yoqdi. Valya jilmaydi. Nimadir dedi. Bo‘sh stulga o‘tirdi. Jamshid unga ichimlik quyib uzatdi. Valya oyoqlarini chalishtirib o‘tirdi. Keyin Jamshidning sochini silab qo‘ydi. Jamshid u bilan gaplasha turib atrofga alanglab oldi. Cholg‘uvchilarning tanaffusi tugab, kuy yangradi. Bir yigit kelib, Valyani raqsga taklif qildi. Raqs tusha turib yigit Valyaning qulog‘iga nimadir dedi. Valya sergak tortib, Zelixon tomonga qaradi. Ko‘zlar bir soniyagina uchrashdi. Valya shu soniyadan foydalanib ko‘cha tomonni ishora qildi. Zelixon bu ishoraning ma’nisini tushunib, ofitsiant bilan hisob-kitobni pishitdi-da, tashqariga chiqib, chiroqdan panaroq yerda hamrohini kuta boshladi. Valya uzoq kuttirmadi. Restorandan chiqib, xuddi yolg‘iz ayolday, xuddi birov kutmayotganday hech qayoqqa alanglamasdan katta ko‘cha tomon yurib ketdi. Zelixon orqasidan birov chiqib qolarmikin, deb poyladi. Valya uzoqlashgach, uning izidan ketdi. — Senga nima uchun kerak bo‘lib qoldi u odam? — deb so‘radi Valya, orqasidan yetib kelgan Zelixonni qo‘ltig‘iga kirib. — Oti nima ekan? — dedi Zelixon uning savolidan bo‘yin tovlab. — Jora. — Balki Jamshiddir? — Balki Jamshiddir. Xo‘sh, nima uchun kerak? — Seni raqsga taklif qilgan yigit kim? Xongireyning odamimi? U nima deb pichirladi? — Xongireyning odami emas. Shu yerlik itbaliqlardan. Seni qiziqtirayotgan Jora ularning mehmoni ekan. «Unga tegmalaring», dedi. Xo‘sh, u nimaga kerak? Valya o‘jarlik bilan surishtirmasa ham Zelixon aytardi. Chunki aytganlari Xongireyning bu yerdagi noibiga yetib borishi kerak. Jamshid bilan uchrashuv ularning yordamisiz bo‘lmaydi. Shu sabablarga ko‘ra ham Zelixon Jamshidning tarixini qisqa qilib aytdi. — Ularning ishlariga aralashib nima qilasan? O‘zingni o‘ylasang-chi! Sening ishing unikidan battarroq-ku? — Men undan faqat bir-ikki gapni so‘rab olaman. U yoqda do‘stimning ahvoli chatoq bo‘lib qolishi mumkin. Chechen hech qachon do‘stini yarim yo‘lda qoldirib ketmagan. Ishonmasang, Xongireydan so‘ra. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling