Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Qoyilman, o‘g‘il bola! — Chuvrindi kalitni uning kaftiga tashlab, kiftiga ohista urib 
qo‘ydi-da, iziga qaytdi. Ostonaga yetganida to‘xtab, o‘girildi: — Bir soatdan keyin 
kasalxonaga boring. Kennoyim kutib turadilar. Zaynabga bugun ruxsat berishdi. 
Elchin bir kaftidagi kalitga, bir Chuvrindining orqasidan qarab joyida qotib turdi. «Savdo 
osonlik bilan pishdi. Bahoim yomon emas». Elchin ko‘cha tomon yurdi. Ko‘chaning narigi 
betida, daraxt soyasida kulrang «Volga»ni ko‘rdi-da: «Bahoim zo‘r-ku!» Durust, arzon-
garov ketmabman», deb qo‘ydi. 
Elchinning mashinani osonlik bilan qabul qilganini ko‘rib Chuvrindi: «Kutgan ekan-da, 
mol-dunyoga ro‘para bo‘lganida har qanday mard ham mo‘m tishlab qoladi. Bek akam 
yetti qavat yer ostida ilon qimirlasa ham biladilar», deb o‘yladi. 
Uning xulosasi xato edi. Elchin bunday sovg‘a kutmagan, hatto orzu ham qilmagan edi. 
Agar istasa, nari borsa yarim yilda o‘zi shunday mashina sotib olishi mumkin. Agar 
Zaynabda ko‘ngli yo‘qligini birovga aytganida ham bu «sovg‘a»ni (yoki «qarz»ni) o‘t 
qo‘yib yoqib yuborsa yoqib yuborardiki, zinhor-bazinhor qabul qilmasdi. 
Dastlab Zaynabga majburiyat orqasidan uylandim, deb o‘ylagan edi. Keyinroq bilsaki, 
Zaynab u o‘ylagan sal narsaga suyuladigan yoki kibrlanadigan qizlardan emas. Unga 
nisbatan asta-sekin mehr, boshqacharoq aytilsa, Noilaga bo‘lgan muhabbati martabasida 
bo‘lmasa-da, shunga yaqin darajada iliqlik uyg‘ona bordi. Shu iliqlik, garchi gumon 
uyg‘otgan bo‘lsa-da, Zaynabning xiyonat haqidagi gapiga ishontirmadi, undan yuz 
o‘girishga undamadi. 
Gumon ba’zan Zaynabning xiyonatiga ishontirmoqchi bo‘lardi, yurakni zabt etgan mehr 
esa bunga yo‘l qo‘ymasdi. Elchin Zaynabdan yuz o‘girgan taqdirda Asadbek tomonidan 
qanday «mukofot» tayin etilajagini ham fahm etardi. Lekin uning shu «mukofot» 
qo‘rquvida yashayapti, deyish haqiqatga mutlaq zid bo‘lur edi. 
Elchin faqat bir narsadan — Zaynab bilan yuzma-yuz qolishdan, xotinining o‘sha 
mash’um gapni yana qaytarishidan, ishontirishga harakat qilishidan cho‘chirdi. Elchin 
yaxshi biladi — Zaynabning unda ko‘ngli yo‘q. Lekin ko‘ngilsizlik hamisha xiyonatga 
boshlayvermaydi. Ko‘p hollarda ko‘ngilsizlik o‘ti sabr suvi bilan o‘chirilib turiladi. Elchin 
Zaynabni shunday deb biladi. Agar Zaynab bir necha kechadan so‘ng suya boshlaganida, 
mehri jo‘sha boshlaganida uning tuyg‘ulariga ishonmagan bo‘lardi... 
Mana hozir mashinaga o‘tiradi. Kasalxonaga boradi. Qaynonasiga duch keladi, so‘ng 
xotini chiqadi. Zaynab mashinani ko‘rgani hamon «sizni sotib olishibdi-da», degan 
ma’noda nafrat bilan qarab qo‘yar... So‘ng uyga kelishar... So‘ng qaynonasi ketar... 
3 
Shunday bo‘ldi: mashinaga o‘tirdi. Bordi. Qaynonasi Zaynabni boshlab chiqdi. Zaynab 
ozib, yuzidan rang qochgan. Elchinning nazarida u xasta emas, balki yanada 
suluvlashganday tuyuldi. 
Uyga qaytishgach, qaynonasi oshxonaga kirib ovqatga unnadi. Zaynab avval xobgohga 
kirib, kiyimini almashtirib chiqdi, so‘ng hammomga kirdi. 
Xuddi Elchin kabi Zaynab ham yolg‘iz qolishdan, eri bilan yuzma-yuz bo‘lishdan 
cho‘chiyotgan edi. Oshxonada esa Manzura noqulay ahvolda: bir ko‘ngli tezroq ketgisi 
keladi, harholda kuyovining ko‘zi oldida ivirsib yurishi ma’qul emas. Bir ko‘ngli qizini 
tashlab ketgisi kelmaydi. Zaynabi eri bilan yolg‘iz qolganda nima deydi? O‘sha gapini 
takrorlamaydimi? Elchin-chi? Nima deydi? O‘sha gapni yuziga solmaydimi? 
Manzuraning qo‘li ishda, xayoli esa ming turli tashvish ko‘chalariga kirib chiqadi. Savollar 
sel oqimiday bostirib keladi. Qani edi, loaqal bittasiga javob topa olsa... 
Sabzi-piyozni qovurib, suv solgunicha Zaynab yuvinib chiqib, oshxonaga, onasining 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling