Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
bilasan. Faqat shoshilma, arqonni uzunroq tashla. Sharifning ahvoli qanday, qanjig‘ingni 
yo‘qotdingmi? 
Kesakpolvonga so‘nggi gap yoqmadi. Qoshlarini chimirdi. Asadbek buni sezib, yana 
so‘radi: 
— Ha, nimaga chimirilib qolding? Sendan gap so‘radim? 
— Senga yoqmagan o‘sha qanjiq haqiqatparvar o‘sha olimchangni gah desang qo‘lingga 
qo‘nadigan qilib berdi. Olimchangdan xavotir olma, davolanyapti. 
— Sirkang suv ko‘tarmayaptimi? Bir nima desam darrov jirillaysan-a. 
— O‘zing ham ba’zan oshirvorasan. Ayniqsa Mahmudning oldida yer qilib tashlaysan. 
Sen shunaqa qilganing uchun u ham ko‘zlarini lo‘q qilib menga aql o‘rgatadi. Hech 
bo‘lmasa boshqalarning oldida o‘ylabroq gapirgin. 
— Agar Mahmud aql o‘rgatsa xafa bo‘lma. U o‘z jigaringdan a’lo bola. Aqli ham joyida. 
Sen zamonga qaramaysan. Senga qolsa hali ham kesak o‘g‘irlab yuraversang... 
Asadbek gapni hazilga burmoqchi edi, Kesakpolvon battar tutoqdi. 
Dumini gajak qilgan chayon kabi endi zahrini solishga shaylanganida eshik ochilib, 
Chuvrindi kirib keldi. Uning mung shabadasi yalab o‘tgan chehrasini ko‘riboq, ikkovi ham 
«onasi qazo qilibdi shekilli» deb o‘ylashdi. 
Chuvrindi akaxonlari bilan so‘rashgach, odatdagi o‘z o‘rniga o‘tirdi. Asadbek unga savol 
nazari bilan qaradi. Kesakpolvonning esa sabri chidamadi: 
— Ha, onang o‘ldimi? — deb so‘radi u. 
Chuvrindi bosh irg‘ab qo‘ydi. Asadbek esa Kesakpolvonning qo‘pol muomalasidan g‘ashi 
kelib, unga norozi qiyofada boqdi. 
Lutf degan tushunchadan begona Kesakpolvon bu qarashning, Chuvrindining javob 
o‘rniga bosh irg‘ab qo‘yishining ma’nolarini ham anglamadi. 
— O‘lgan bo‘lsa, Xudo rahmat qilsin. Shu yerga ko‘mdirasanmi? 
— Qishloqqa olib ketishadi. 
«Qishloqqa olib ketishadi», deyishi Asadbekni ajblantirdi. 
— O‘zing bormaysanmi? — deb so‘radi u. 
— Borishni ham, bormaslikni ham bilmay turibman. 
— Borma, — dedi Kesakpolvon. — Tug‘ilganingdan beri onang bormi, yo‘qmi, bilmaysan. 
Ko‘mgani bording nima-yu, bormading nima? Yana ham tirikligida qarading. Sening 
o‘rningda men bo‘lganimda... 
— Bo‘ldi, cho‘zilma, — dedi Asadbek. 
— Xo‘p, cho‘zilmadim. Lekin bitta gapimni aytib olay: Mahmud, xafa bo‘lmagin-u, ammo 
men sening o‘rningda bo‘lganimda uning xor bo‘lib yurishlarini, xor bo‘lib o‘lishini, xor 
bo‘lib ko‘milishini videoga olib, televizorda ko‘rsatardim. «Bolasini tashlamoqchi 
bo‘lganlar, ko‘rib qo‘ylaring, erta-indin senlar ham xorlanasanlar», derdim. 
— Haydar aka, — dedi Chuvrindi bosiqlik bilan, — qo‘ying, bu gaplarni. Har bir narsaning 
sababi bor. Harholda meni... boshqalarga o‘xshab... o‘ynashdan orttirib tashlamaganlar. 
— Men misol uchun aytdim, ko‘nglingga olma. 
— Misol uchun ham aytmang. Misolni boshqalardan keltiring. 
— Bo‘pti, men fas! — Kesakpolvon shunday deb qo‘lini ko‘tarib, oyoqlarini chalishtirib 
oldi. 
— Sen bugun yo‘lga chiq. Biz Haydar akang bilan ertaga fotihaga o‘tamiz, — dedi 
Asadbek. 
— Ovora bo‘lib nima qilasiz? — dedi Chuvrindi. 
— Unaqa dema, uka, hurmating bor. Ma’rakani o‘tkazib kelganingdan keyin ikkalamiz 
Krasnoyarga jo‘naymiz. 
Bu gap a’yonlar uchun yangilik edi. Ikkovi ajablanib Asadbekka qarashdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling