Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
141 Onasi bu kalimani eshitib, ko‘zlarini javdiratdi. Kimdandir najot kutdi, qiynaldi. — La ilaha illolloh, deng. Yengillashasiz, — dedi ayol. Onasi ko‘zlarini javdiratib, to‘lg‘ondi. Necha kundan beri harakatsiz yotgan vujudning qimirlashi ajablanarli hol edi. Ayol gapini uchinchi marta takrorlagach, onasi ko‘zlaridan yosh chiqdi. Titroq ovozda dedi: — Ay-tolmayapman... Ayol pichirlab duo o‘qib, yana dam soldi. — Hech bo‘lmasa «Olloh!» deng. Onasi yana to‘lg‘ondi. Ko‘zlari ola-kula bo‘ldi. — Ay-tol-mayman... Shunday dedi-yu, ko‘zlarini chirt yumib, bo‘shashdi-qoldi. Ayol uning jag‘ini ushladi: — Bo‘ldi, — deb Chuvrindiga bir qarab oldi. Uy bekasi yostiq tagidan oq ro‘mol olib ayolga uzatdi. U marhumaning jag‘ini bog‘ladi. Keyin ro‘molcha bilan oyoqlarning bosh barmoqlarini bog‘lashdi... 3 Chuvrindi murdani qishloqqa jo‘natish xususida yigitlariga topshiriq berib, Asadbek huzuriga yo‘l olganida dafn marosimiga borish yo bormasligini o‘zi ham aniq bilmas edi. Ko‘ngli borishga undardi, yuragida uyg‘ongan boshqa bir ovoz esa «o‘likning orqasidan nima deb borasan? Qo‘lingga hassa olib, tobutning oldiga tushib «Voy, onajonim!» deb faryod solasanmi? Hammaga kulgi bo‘lasanmi, tashlandiq bola!» deb yo‘lini to‘sardi. Bu ovozni o‘chirishga o‘zida kuch topa olmadi. Bu ovozni Asadbekning amri bo‘g‘di. Uch qavatli bino yerto‘lasidan chiqqach, onasining joni uzilgan uyga bordi. Yigitlari «Tez yordam» mashinasida kelib, murdani olib ketishgan ekan. Uy bekasi odamgarchilik qilib, ularga hamroh bo‘libdi. Qishloqqa kechki salqinda yo‘lga chiqishni mo‘ljallab, uyiga ketdi. Barvaqt kelganidan xotini ajablandi. Chuvrindi unga bo‘lgan voqeani qisqa tarzda aytdi. Xotini qaynonasi borligini, uning bir necha soat burun jon berganini bugun eshitdi. — Nega avval aytmagan edingiz? — dedi xotini hayratlanib. — Bu sen aralashadigan ish emas. Xotini ortiqcha gap aytib yuborganini fahmlab, labini tishladi. Chuvrindi esa xotiniga qo‘pol gapirishga gapirib qo‘yib, afsuslandi. Ko‘pincha shunday bo‘ladi: nimadandir ko‘ngli g‘ashlanganida uyga qaytgisi, oila davrasida o‘tirgisi, xotinidan, bolalaridan shirin gaplar eshitgisi keladi. Ba’zan ishni o‘zi buzadi: bugungiday qo‘pollik qiladi-yu, xotini-bolalarining yuragini oladi, bechoralar gapirishga ham qo‘rqib qolishadi. Ba’zan esa qandaydir arzimagan ish katta bir tashvish ko‘rinishida unga arz qilinadi-yu, xufton ko‘ngli battar zulumot qa’riga cho‘kadi. Hozir uyiga kelishidan maqsad — bir oz dam olish bahona, aslida xotiniga dardini yorib malham bo‘lguchi so‘z eshitish edi. «Bu sen aralashadigan ish emas», deganidan so‘ng malham bo‘lguchi so‘zdan umid qilmasa ham bo‘lar. Xotini unga bir qarab oldi-da, aybdor odamning ovozi bilan so‘zlashga o‘zida jur’at topdi: — Adasi, men ham borayinmi? Chuvrindi buni o‘ylab ko‘rmagan edi. Darvoqe, borsinmi? Borganida nima qiladi? Kelinlik vazifasini ado etib «voy, onam»lab dodlaydimi? — Yo‘q, — dedi Chuvrindi, shularni o‘ylab. Bir oz sukut qildi-da, so‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Bormaysan. Sen boradigan joy emas. So‘nggi gapni aytishi bejiz emas. Onasi-ku, o‘ldi-ketdi. Ammo bu xonadonda hali «bobo» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling