Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
142 deb atalishi lozim bo‘lgan odam, «tog‘a» deb ataluvchi kishi, yana o‘zi ham bilmaydigan bir to‘da qarindosh-urug‘lari bor. Ular ko‘p, ularni ko‘rishga esa unda ko‘z yo‘q. O‘zi ularni ko‘rishga toqat qilolmaydimi, bas, xotinining ko‘rishiga ham hojat yo‘q. Chuvrindining ma’yusligini ko‘rib, akaxonlari, ayniqsa Haydar akasi, endi esa xotini «onasining o‘limidan qayg‘uryapti», deb o‘ylashdi. Qayg‘urgani uchun Haydar akasining hatto g‘ashi ham keldi. To‘g‘ri, o‘lim tufayli ham uzoriga qayg‘u ko‘lanka soldi. Ammo ko‘nglini kemirayotgan bu ko‘lanka emas, balki onasidan eshitgan yangilik — otasining taqdiri edi. Aslida uni qishloqqa borishga undayotgan ham dafn marosimi emas, balki otasining necha yildan beri yashirin yotgan yerini ko‘rish, ziyorat qilish edi. Salqin xonaga kirib yotdi. Xotiniga «uxlab qolsam bir soatdan so‘ng uyg‘ot», dedi. Shu ahvolda uyqu kelar ekanmi? Yarim soatcha u yoqdan-bu yoqqa ag‘darilib yotgach, o‘rnidan turib hovliga chiqdi. Yengil-elpi ovqatlangan bo‘lib, yo‘lga tushdi. Qishloqqa kirib borganida xufton namoziga azon chaqirilmoqda edi. Onasi yashagan uy oldida uch-to‘rt odam gaplashib turardi. Chuvrindi mashinasini ulardan o‘n-o‘n besh odim narida to‘xtatdi. Mashinadan tushishi bilan turganlardan biri uni tanib, shoshganicha ichkariga kirib ketdi. «Xabar qilgani shoshilyapti. Menga kim peshvoz chiqarkin. Bobommi, tog‘ammi?» shu fikr xayoliga kelib, ijirg‘andi. Chunki hozir ikkovini ham ko‘rishga ko‘zi yo‘q edi. Chuvrindi turganlar bilan so‘rashgach, eshik og‘zida bir oz to‘xtadi. Bu yerda turish noqulayligini bilib, yo‘lak sari ikki-uch qadam qo‘ydi. Hovliga chiroqlar yoqilgan. Ana, tut daraxti ko‘rinib turibdi. Sal narida temir karavotning bir cheti ko‘zga tashlanadi. Yo‘lakning oxirigacha borilsa karavot baralla ko‘rinadi. Tut daraxti... temir karavot... odamlar o‘tirishgandir... uning ostida esa... otasi... Hovlining chiroq nuri yetmayotgan tomonidan bir sharpa ko‘rinib, u tomon yura boshladi. Yorug‘ tomonga o‘tgach, bel bog‘lagan baqaloq odamni tanidi: «Tog‘am-ku?» U ichkari kirishni xohlamagan edi. Hozir bu uyga kelganidan, yo‘lakda turganidan afsuslandi. «Ertalab kelib ketsam ham bo‘lardi», deb o‘yladi. Endi vaqt kech, orqaga qaytishning iloji yo‘q. Tog‘asi: —Voy jigarim, onangdan ayrilib qoldik, — deb quchoq ochdi. Chuvrindi tisarildi. Uni urib yuborgisi keldi. Lekin o‘nlab ko‘zlar tikilib turganini fahmlab o‘zini bosdi. Quchoq ochib kelayotgan tog‘asiga qo‘lini uzatdi. Tog‘asi yig‘lamsirab bir nima demoqchi edi, gapini shart uzdi: — Temir karavot ustida odam o‘tirmasin! Dag‘allik bilan aytilgan so‘z tog‘ani gangitdi. So‘ng Chuvrindining nima uchun bunday deganini tushunib qo‘rqib ketdi-da: — Xo‘p, xo‘p, jiyan, — dedi. — Jiyan ham dema, tilingni sug‘urib olaman. Mahmudning kelganini eshitib ajablangan tog‘a, endi bu gaplardan so‘ng tamom dovdirab qoldi. — Ertalab kelaman, — Chuvrindi shunday deb shart burildi-da, mashinasiga qarab yurdi. Bu uydan uzoqlashgach, qayoqqa borishini o‘yladi. Bolaligi o‘tgan uyda hozir bobosining jiyanlari turishadi. Kirib borsa, harholda, boshlari osmonga yetmasa ham, izzatini joyiga qo‘yadilar. Lekin yarim tungacha o‘ziga yoqmagan suhbat bilan band bo‘lishi, keraksiz yuzlab savollarga javob berishi lozimligini o‘ylab borgisi kelmadi. Bolalikda orttirgan do‘stlarinikiga borishga ham nechukdir oyog‘i tortmadi. Xayoliga Hovuz polvon kelib, mashinani o‘sha yoqqa burdi. Hovuz polvonnikida tunashni o‘ylamagan bo‘lsa-da, birrov yo‘qlashni shahardayoq ko‘ngliga tukkan edi. Hozir unikiga borayotganidan o‘zicha quvondi. Avvalo o‘g‘lining taqdirini biladi, keyin polvonning suhbatini oladi, uzoq yillik gunohdan forig‘ bo‘lish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling