Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
— Menda rahm yo‘q, — dedi Chuvrindi. — Rahm nima qilsin. Shaharda daydib 
yurganimda rahm-shafqat degan hislar o‘lib bo‘lgan. Odamga mehr ona suti bilan kiradi? 
Ha! Menda mehr nima qilsin? Men yovvoyi odamman. Faqat odam go‘shti yemayman. 
Lekin odamni qiynab, rohatlanaman. Sen otang bilan birga qamoqda o‘lib, o‘sha yerda 
chiriysan. Qaytaga bolalaringga yaxshi. O‘liklaringni ko‘mishga sarf-xarajat qilib 
o‘tirmaydi. Hukumatning o‘zi chiroyli qilib joylaydi. O‘liklaringni qizib turgan o‘choqqa 
tiqadi. Murdalaring xuddi tirik odamday uch-to‘rt marta sakraydi-yu, keyin birpasda 
kulga aylanadi. Senlarning turgan-bitganlaring ikki hovuchgina kul. 
Chuvrindi aytgan bu gaplarni eshitishning o‘ziyoq dahshat edi. Murdaning yonish oldidan 
sakrashini ko‘z oldiga keltirgan har qanday odamning badanida yengil titroq turishi 
tayin. Chuvrindi tog‘asi bilan bobosini shu dunyoning o‘zidayoq do‘zax otashiga hukm 
qilayotgan edi. U krematoriyni o‘zi ko‘rmagan, ko‘rganlardan eshitgan, eshitib bir 
seskanib tushgan edi. Hozir tog‘asini ham shu holga solmoqchi edi. Tog‘asi seskanish 
nima ekan, birato‘la jon taslim qilay deb qoldi. Yalinish uchun emas, oyoqlarida darmon 
qolmagani uchun tiz cho‘kdi. 
Chuvrindi so‘kinib, yelkasidan ushladi-da, turg‘izdi. 
Avval ham palid ekansanlar, palidliklaringcha qaribsanlar. Aslida sen xunasalarning 
kindiklaringdan bo‘g‘izlaringgacha tilib tashlashim kerak edi. Men milisa bilan ish 
bitiradigan hebbim emasman. Meni shunaqa past ketadi, deb o‘yladilaringmi? Men 
singlingning aytganlarini to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini bilgani keldim. Otangni Xudoning o‘zi 
urib qo‘yibdi-ku, men turtib nima baraka topdim. Borib ayt, tinchgina o‘laversin.
O‘lganidan so‘ng janoza o‘qishadi, olib borib ko‘mishadi. Keyin bittasi turib «qanaqa 
odam edilar?» deb so‘raydi. Hamma «yaxshi edi, Xudo rahmat qilsin», deb tarqaydi. 
Sening ham ko‘ngling joyiga tushadi. Xo‘sh, men-chi? Janozasi o‘qilmagan, molday 
ko‘mib tashlangan odamning o‘g‘li nima qilishim kerak? Jo‘na, turqing qursin... 
Tog‘asi boshini egganicha, bitta-bitta og‘ir qadamlar bosib iziga qaytdi. Chuvrindi uning 
qorasi o‘chgunicha harakatsiz turib qoldi. So‘ng «Polvon tog‘a!» deb chaqirdi. Hovuz 
polvon ayvonda, ularning gaplarini eshitib, hayrat tuzog‘iga bandi bo‘lib o‘tirardi. 
Chuvrindining chaqiruvidan o‘ziga kelib, yoshiga xos bo‘lmagan chaqqonlik bilan o‘rnidan 
turdi-da, ko‘cha tomon yurdi. 
— Polvon tog‘a, ketyapman. 
— Ie, janozaga qolmaysanmi? 
— Yo‘q... qololmayman. Jahl ustida yana bir narsa qilib qo‘ymayin.
— O‘zing bilasan... Esli bolasan, ammo qattiq gapirib yubording. 
— Eng yumshoq gapirganim shu. — Chuvrindi shunday deb xayrlashish uchun qo‘l 
uzatdi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling