Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
— Siyosiy masala?! — Anvar hamxonasining yoqasiga chang solganini o‘zi ham sezmay 
qoldi. — O‘lib ham qutulmasinmi?! 
«Anvar aka, o‘zingizni bosing», degan ogohlantirishdan so‘ng uning yoqasini bo‘shatdi. 
— O‘zi qani, direktorchang? — deb so‘radi titroq ovozda. So‘ng javob kutmay ichkariga 
qarab yurdi. 
Chindan ham ertalabgacha bu yerda ancha ish qilingan edi: eshik og‘zidagi qorovulning 
stoli olingan, qo‘yilganidan beri ishlatilmagan kiyim ilgichlar ham yo‘qotilgan, o‘rtaga 
gilam to‘shalgan, zinaning yonidagi ustunga Hikmat O‘rolovning surati osilgan, surat 
ostida esa qora rangli harflarda yozilgan «Berahm ajal atoqli olim, buyuk insonni 
bag‘rimizdan yulib oldi», deb boshlanib, «o‘lim uni davramizdan olib ketdi, to tirik 
ekanmiz nomini qalbimizdan hech qanday kuch yulib ololmaydi» deb yakunlanuvchi 
ta’ziyanoma yopishtirilgan edi. Anvar bu satrlarni atayin to‘xtab o‘qimadi. Bir ko‘z 
tashlashda boshlanishiyu xotimasiga nigohi tushib eslab qoldi. 
«Eng kichik ilmiy xodim» zinadan chiqishiga yo‘l qo‘ymadi: 
— Anvar aka, foydasi yo‘q. 
Dastlab Anvar uni siltab tashlagisi keldi. Biroq, uning ma’yus boqib turgan toliqqan 
ko‘zlariga ko‘zi tushgach, shashtidan qaytdi. G‘azab iskanjasi uni bir oz holi qo‘ydi-yu, 
orqasiga o‘girildi... 
Hikmat O‘rolov yashagan ikki qavatli uy oldida odamlar to‘planib turishgan edi. Yo‘l 
chetida nasroniylarning qizil mato qoplangan tobuti, daraxtga esa gulchambar tirab 
qo‘yilgan, Marhumning uyiga kiraverishda esa ikki yigit yog‘och otni minishga 
hozirlardi— tobut atrofini oq mato bilan o‘rardi. Anvar buni ko‘rib, yig‘lab yubordi-da, 
yurishdan to‘xtadi. Cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqarib, ko‘z yoshlarini artgach, asta 
yurib, to‘planib turgan odamlar qatoriga qo‘shildi. «Eng kichik ilmiy xodim» ham uning 
yonidan joy oldi. Rahbariyatning topshirig‘ini eslatmadi. 
Yarim soatlardan so‘ng bel bog‘lagan bir yigit Anvarni imlab chaqirib ichkariga boshladi. 
Dahlizda uni Hikmat O‘rolovning bevasi qarshiladi. 
... kechagina «malikam» deb erkalangan bu ayol bugun beva edi... 
Anvar uni ko‘rishi bilan yana yig‘lab yubordi. Musibatni chekintira oluvchi, dardga 
malham bo‘lishga qodir biron so‘z tiliga kelmadi. 
— Yaratganning irodasi shu ekan, ilojimiz qancha... Sizni chaqirganim ...rahbarlaringizga 
ayting, xafa bo‘lishmasin, ularning topshiriqlarini bajara olmayman. El-yurt nima desa 
shu... 
Beva shunday deb yig‘i ovozi chiqib turgan xona sari yurdi. Anvar bo‘g‘zini bo‘g‘ayotgan 
yig‘ini qaytarishga urinib, joyida picha turdi. U xonadan bu xonaga, uydan ko‘chaga... 
kirib-chiqib yurgan, musibatga bandi bo‘lgan odamlar uning qotib turganiga e’tibor 
berishmadi. 
Anvar beixtiyor zina sari yurdi. Ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Kitobxona eshigi lang ochiq. 
Ichkari bo‘m-bo‘sh... Yetim qolgan yozuv stoli, kitoblar... unsiz bo‘zlashadi. Bu xonadagi 
faryodlar pastdagi yig‘idan baravjroq, ammo uni hech kim eshitmaydi. Dam o‘tmay 
pastda g‘assol murdani yuvadi. Badandagi kir suvga qo‘shilib to‘kiladi. Bu xonaga esa 
tilga chiqarilmagan dardu hasratlar to‘kilib qolgan. Yurakni tirnagan, oxir-oqibat 
tomirlarni uzib tashlagan alamlar ham shu xonada qoladi. Endi bu xonaga ozod ruh 
egalik qiladi... 
Anvar ichkariga oyoq qo‘yishga botinmadi. Nazarida yumshoq o‘rindiqda Hikmat O‘rolov 
o‘tirganday, unga qarab jilmayib qo‘yganday bo‘ldi. Keyin uning ovozini eshitdi. Aniq 
eshitdi: 
«...Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf eta olmassan. «Qanday zahar, qora 
qurtnikimi?» debdilar Luqmoni hakim. — «E, yo‘q, — debdi ilon. — Dunyoda eng kuchli 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling