Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
yong‘oqqa to‘ldirdimi? 
Savollar behisob, javob esa yo‘q. 
Gumondagi odamlar soni ortib boradi. Hatto prokuror ham shu safda. Ammo aniq bir 
odamni aybdor deb ayta olmaydi. 
Zohid gumonlar, savollar po‘rtanasiga bandi bo‘lib uzoq o‘tirdi. Po‘rtana domiga tortgani 
sayin u o‘zini ojiz, notavon his etardi. Nazarida, miyasi o‘z faoliyatini to‘xtatgan, 
quvvatdan qolgan, fikrlashdan mahrum bo‘lgan edi. U go‘yo qorong‘u g‘orga kirib 
adashganday — na iziga qaytar yo‘lni biladi, na ro‘para-sida yilt etgan chiroqni ko‘radi. 
«Maqsadim nima edi-yu, nimaga erishdim? — deb o‘yladi u. — Shamol tegirmoniga ot 
solgan befahm Don Kixotdan nima farqim bor? Arqonni uzun tashlaganning foydasi 
shumi? Uzun tashlangan arqon battar chuvalashib ketmaydimi? Ko‘zi ojiz odamlarning 
oyoqlari bu arqonga ilashib, yiqilmaydilarmi?...» 
Zohid tortmadan ikki kavkazlikning suratini olib, tikildi. Ko‘zlarida vahshiylik uchqunlari 
chaqnab turgan bu odamsifat maxluqlarning o‘ldirilgani bir jihatdan yaxshi. Zohid 
ularning qismatiga achinmaydi. Ularning o‘limi boshqa jonlarning omon qolishini 
ta’minlar balki? Zohidni qiynagan narsa boshqa — ularning sirli o‘limi ko‘p sirlar ustiga 
parda tortdi. Endi bu pardani ko‘tarish mumkinmi? Agar ular atayin o‘ldirilgan bo‘lsalar, 
endi navbat kimniki? 
Zohid «ular atayin o‘ldirilgan» degan fikrdan uzoqlasha olmas edi. Avvalo devday bu ikki 
odamni uncha-buncha kuch yengolmas. «Petrashvili sherigi chet elga chiqarib yuborishni 
talab qilyapti» degan gap kimlargadir yoqmagan, shartnomada yo‘q talab ularni 
sergaklantirib, rejalarini o‘zgartirgan bo‘lishlari mumkinmi? Mumkin! 
Zohid uzil-kesil shu javobda to‘xtab, mayor Solievni topish ilinjida telefon go‘shagini 
ko‘tardi. 
2 
Zohid uchun kun zulmat pardasi ostida o‘tdi. Qaysi bir ishni ixtiyor etsa boshi omadsizlik 
devoriga borib urilaverdi. Mayor Solievni topa olmadi. Har kuni hech bo‘lmasa bir 
qo‘ng‘iroq qilib ahvol so‘rovchi mayor bugun atayin berkinib olganday — qaerdaligini na 
uyidagilari biladi, na hamkasblari. Hamdam Tolipovni yo‘qlashni xayoliga ham
keltirmadi — hali Farg‘onadan qaytmagan deb o‘yladi. Hamdamning erta saharda qaytib, 
ishga kirishib ketganini, chigalning bir uchini o‘likxonalardan qidirayotganini Zohid 
bilmas edi. 
Qamoqxonaga borib ham Zohid tayin bir ma’lumot ololmadi: murdalar tekshirish uchun 
olib ketilgan. Ularni kim o‘ldirgani noaniq. Faqat mushtlashuvni boshlagan yigit ma’lum. 
Uni ham o‘sha zahoti boshqa qamoqxonaga ko‘chirganlar. Bu ish shaxsan prokuror 
nazoratida emish! Shunday bo‘lishi Zohid uchun durust edi. Chunki prokuror shaxsan 
nazorat qildimi — demak, bu anov-manov ishlardan emas, aro yo‘lda ham qoldirilmaydi. 
Lekin... ana shu «lekin»i bor-da. Prokuror ishni chuvalamay tezroq yopish tarafdori 
bo‘lsa-chi? Ana shu gumon Zohidni sarosimaga soldi. 
Zohid shomga yaqin qamoqxonadagi janjalni boshlagan yigitni tergov qilayotgan 
hamkasbi bilan uchrashdi. Tilla halli ko‘zoynak taqqan bu yigit tabiatan kamgap edimi 
yo Zohid bilan suhbatlashishni istamadimi, har nechuk savollarga qisqa-qisqa javob 
qaytardi. Vaqti ziq ekanini aytdi. 
— Men u yigit bilan gaplashishim mumkinmi? — dedi Zohid, uning qilig‘idan ranjib. 
— Hozircha mumkin emas. 
— Qachon mumkin bo‘ladi? 
— Bu prokuratura tergovchisining savoli emas. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling