Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
159 — Menga sot uni. — Qachon? — Hozir. — Yo‘-o‘q, hozir bo‘lmaydi. Egasi chiqib qolishi mumkin. Besh-olti kundan keyin hech kim kelmasa «ko‘mvor», deyishadi. Ana o‘shanda kelsang, boshqa gap. — Menga bugun kerak. Bir og‘aynimga zarur bo‘lganda sendan olgan ekan, menga tarang qilma. — Qachon olibdi? — O‘n-o‘n besh kun oldin. Mashina urgan odamni sotibsan. — E, umi, u eski o‘lik edi. Ko‘mishga erinib turuvdim. — Menga beradiganing yo‘qmi? — Hozir yo‘q, bratan. Xafa bo‘lma. Hamdam papirosni uning qo‘liga tutqazib, yelkasiga urib qo‘ydi: — Ertaga kelaman, tayyorlab qo‘y. Shunday degach, o‘rnidan turib, tez-tez yurib, uzoqlashdi. 4 Zohidga yeyayotgan lag‘moni sho‘r tuyulib, kosani nari surib qo‘ydi. Fe’li aynib turganini sezgani uchun ham xotini indamadi. Zohidga xotinining indamayotgani ham yoqmadi. U kun bo‘yi to‘plagan zahrini kimgadir sochishi kerak edi. Zahar sochish uchun esa birgina so‘z talab etilardi. Ana shu so‘z kosa surilganda «Ha, ovqatning nimasi yoqmadi?» yoki «men pishirgan ovqat keyingi paytda yoqmay qoldi o‘zi» tarzida aytilmog‘i darkor edi. Aytilmadi. Endi bunday so‘zni o‘zi sug‘urib olishi kerakmi? Kerak! — Odam yeydigan ovqat qilsang, bir nima bo‘lib qolasanmi? — Bu — Zohidning degani. — Odam yeydigan ovqat bo‘lmay, nima bu? — Buni xotini aytishi lozim edi. Aytmadi. Nigohini olib qochish bilan cheklandi. — Tuz tekinmi? Chelaklab soldingmi? — Bu — Zohidning aytgan gapi. — Tuz solganim yo‘q, peshonamning sho‘ri oqib tushdi. — Bu — xotini aytmagan gap. Yo‘q, zahar sochishning ham imkoni bo‘lmadi. Bu kunga qarg‘ish tekkanmi, o‘z xotiniga baqirishning ham ilojini qilmadi. Zohid zahar sochishning yangi yo‘llarini izlab o‘tirganida telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlab, xotini ustiga to‘planayotgan bulutlar tarqaldi. Zohid Hamdamning ovozini eshitishi bilan yengil tortdi. — Qachon keldingiz? Tez ko‘rishishimiz kerak, — dedi Zohid shoshilib. — Bo‘pti, anhor bo‘yiga kel. Yaxshi gaplar bor. Erisang, aytaman, — dedi Hamdam quvnoq ohangda. — Maqsud akamni kun bo‘yi topolmadim. — Men hozir gaplashdim. Chaqiraymi? — Yaxshi bo‘lardi... Anhor sohilidagi oshxonaning ish vaqti tugagan, faqat bir-ikkita stolda erka mijozlar maishatlarini davom ettirar edilar. Hamdam barvaqtroq kelgani uchun joy hozirladi. Uning kimligini yaxshi bilgan oshxona xo‘jayini xizmatda bo‘ldi. «Prokuraturadan nozikroq odamlar» kelishini bilgach, yanada ildamroq xizmat qildi. Zohid kelishi bilan Hamdam: — Ishdan gapirmay tur, o‘larday ochman, — deb ogohlantirdi-da, ikkita piyolaga aroq quydi. — Qani, oldik. Olaylik, oldirmaylik, yigit o‘lmaylik, balo ko‘rmaylik. Hamdan piyolani bir ko‘tarishdayoq bo‘shatib, o‘ylanib turgan Zohidni asta turtdi: — Ol, tortinma, sening hisobingdan bo‘lyapti. Zo‘r gap bor. Zohid ham deyarli och edi. Aroq darrov ta’sir etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling