Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
160 — Ayting, o‘sha zo‘r gaplaringizni, — dedi ikkinchi piyoladan keyin. — Oqsoqol kelsinlar, sabr qil. Mayor Soliev ko‘p kuttirmadi. U ham uyida ovqatlanishga ulgurmagan edi. Davraga qo‘shila qoldi. — Barvaqt qaytibsanmi? — deb so‘radi u, likopchadagi go‘shtga qo‘l uzata turib. — U yoqda biz qiladigan ishning o‘zi yo‘q, — dedi Hamdam. — Ish Maskovliklardan ortmayapti. Bizni dastyorlikka yuborishganmi, hayronman. Meni Pyotr Ivanovich deganiga tirkab qo‘yishdi. Qarasam, meni ishga aralashtiradigan emas. «Shunchani qamaysan» degan plan bilan kelganmi, yengil-elpi tergov qilib, ishni sudga oshiradigan. U-bu, desam, aralashma, deydi. He, dedim, onang Stalinga o‘ptirgan bo‘lsa ham, o‘zingni bos. Men ham pastu baland narsaga tushunaman. Senga dastyor bo‘ladigan ahmoq yo‘q, dastyorga muhtoj bo‘lsang, malla bolalardan qo‘shib qo‘yaymi, dedim. Ming‘ir-ming‘ir bo‘lsa ham mardligi bor ekan. Pastu balandga tushunsang, izingga qaytaver, men xo‘jayinlaringga bir nima deb qo‘yaman, dedi. Nazarimda, ular bizning borishimizdan cho‘chishdi. Bizni nazorat qilishga kelishgan, deb o‘ylashdi shekilli. Hamdam shunday deb piyolalarga yana quyda-da, Zohidga qaradi: — U yoqqa men emas, sen borishing kerak ekan. Haqiqat degan narsaning bunchalik bulg‘anib tashlanishini umringda ko‘rmagansan. Anqovlarni bir chekkadan terib olishib, bilgan oshlarini ichib yotishibdi. — Qanaqa anqovlar? — deb so‘radi Zohid ajablanib. — Tomoshaga chiqqan anqovlar-da. Kimlardir yoqqan, o‘ldirganu juftakni rostlab qolgan. Anqovlar esa «nima bo‘lyapti ekan?» deb tomoshaga chiqqan paytda nazarga tushgan. Ijrochilar ketib, tomoshabinlar qarmoqqa ilingan. Men shuncha yurib, bir narsaga tushunmadim. Odamlarni yoqib yuborishibdi. Benzin sepib yoqishibdi. Bunaqasini ko‘z ham ko‘rmagan, quloq ham eshitmagan. O‘zbek, ayniqsa farg‘onaliklar g‘azabga minsa, «he enangdi» deb shartta kalla qo‘yadi, juda jonidan o‘tib ketsa pichoqqa yopishadi. Yigirmanchi yillardagi qirg‘inda ham odam yoqishmagan ekan. Bu qanaqasi bo‘ldi? Mayor bu gapni eshitib, qo‘lidagi piyolani joyiga qo‘yib, stol ustini cherta boshladi. — Qiziq gap, — dedi u o‘ychan tarzda. — Mulohaza qilib ko‘radigan gap. — O‘ylaganda-o‘ylamaganda biz hech nima qila olmaymiz. G‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgan. Biz bir-ikki o‘g‘rini ushlab, qamab, kerilib yuribmiz. Bu yoqda biz bilmagan, ming o‘ylab bir kallaga kelmagan ishlar bor ekan. Nimalargadir aqlim yetib turibdi, lekin o‘sha nimalarnidir isbot qilib bera olmayman. Isbot qila olmaganimdan keyin mening aqlimga no‘l baho! Xo‘sh, bu gaplarning foydasi yo‘q. Qorin to‘ydi, bir g‘am ketdi. Bo‘ladigan gaplardan gaplashaylik. Prokuror, dardingni ayt. Zohid kavkazliklarning o‘limi haqida bilganlarini, gumonlarini bayon qildi. Hamdam diqqat bilan eshitdi. Mayor Soliev stol chertish bilan ovora bo‘ldi. Zohid gapdan to‘xtab, mayorga qaradi. — Eshituvdim, — dedi Soliev xotirjam tarzda. — Gumonlaringda jon bor. Lekin bu o‘lim tasodif bo‘lishi ham mumkin. — Guvohlarni yo‘qotishga kirishishgan bo‘lishsa-chi? — dedi Hamdam. — Bo‘lishi mumkin. Unda endi kimning gali? — Albatta o‘likxonadagi badbasharaniki, — dedi Hamdam. — Badbashara? U kim? — deb so‘radi mayor Soliev. Hamdam bugungi hangomalarni bir boshdan, batafsil aytib berdi. — Agar yanglishmasam, endi ikkita guvoh qoladi. Bittasi o‘sha, yana bittasi — taksi haydovchisi. Ularni qo‘ldan chiqarmaslik kerak. — Nima qilamiz? Qo‘riqlaymizmi? — deb so‘radi Zohid. — Foydasi yo‘q. O‘likxonadagini qamash kerak. Taksichini qochirib yuboramiz. Buni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling