Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
168 bo‘lib qoldingmi? — Sen o‘zingni bil, — Jalil shunday deb bir burda non sindirib og‘ziga soldi. — Men senga o‘xshab ziyofat yeb o‘rganmaganman. Non ham bo‘laveradi. — Nonni ham shu pichoqda kesishgan. Bu gapni eshitib Jalil chaynagan nonini yutishni ham, tashlashni ham bilmay qoldi. — Yut, yutaver, sendaqa mulladan o‘rgildim. Asadbek shunday degach, ajablanib qarab turgan Kozlovga izoh berdi: — Oshnam mullalardan. Tandirdan kechagina uzilgan xilidan. Kozlov buni hazil deb tushunib kuldi. Davrada Kozlovning yigitlaridan hech biri ishtirok etmadi. Ovqatlanib bo‘lishgach, yumshoq o‘rindiqlarga o‘tib o‘tirishdi. — Sen, Asad, anarxist ekansan. Gorbach hammaga demokratiya berdi-yu, qayta qurish senga yetib bormabdi. Yigitlaring hech bir narsani o‘zicha hal etolmaydi. Vinoni tsisternada yuborishni tashkil qilinglar, desam, avval Bek akamdan so‘raylik, deydi. Zo‘r pushkalar bor, desam... Gap shu yerga kelganda Asadbek yo‘talib qo‘ydi-da, Chuvrindiga qaradi. Bu qarashning ma’nosini tushungan Chuvrindi Jalilga gap aytmoqchi bo‘lib og‘iz juftladi, ammo ulgurmadi. Jalil o‘rnidan turdi-da: — Yo‘talni ham ezvording. Yo‘talishni bilmasang, o‘zingni qiynab nima qilasan, chiqib hovuzda cho‘milib kel, degin, yomg‘irda cho‘milishning mazasi boshqacha bo‘ladi, — deb eshik sari yurdi. Chuvrindi yolg‘iz o‘zining chiqishi noqulay bo‘lmasin, deb ergashgan edi, Jalil orqasiga o‘girilib, to‘ng‘illadi: — Menga dumning keragi yo‘q. Gaplaringni gaplashib olaverlaring. — Jalil mening eng qadrdon do‘stim. Lekin bizning ishlarimizdan nihoyatda uzoq. Uning hayoti boshqa, — dedi Asadbek. Asadbekning «eng yaqin do‘stim bo‘lsa ham uning oldida sir aytma», demoqchi ekanini Kozlov tushundi. — U qaerda ishlaydi? — deb so‘radi Kozlov. — Aniq bilmayman, qaerdadir ishchi. — Yoningga olmagan ekansan-da? — Bunaqa o‘jar dunyoda bitta. U bu dunyoda halol mehnat bilan kun ko‘rish mumkinligini isbot qilmoqchi. — Oshnang bitta emas, bunaqalar hammayoqda to‘lib-toshib yotibdi. Gorbach aytyapti- ku, hamma narsani o‘z nomi bilan aytish kerak. Bularning nomi — AHMOQ! — Kozlov shunday deb kuldi. — Xullas, yigitlaring keldi-yu, ketdi. Hech nima hal bo‘lmadi. Men sizlardan xafa emasman. Oramizdagi ish puxta, halol bo‘lyapti. Lekin bir yigiting bizni go‘l qilib ketdi. Esingdami, sen uni o‘n yilcha oldin yuborgan eding. Qarab turdik, xor qilmadik. Lekin ketishda hammamizga tupurib, ancha narsani o‘marib ketibdi. Orqasidan odam yuboray dedimu, senga malol kelmasin, dedim. Chuvrindi gap Shilimshiq haqida ketayotganini bilib, suhbatga qo‘shildi: — Aleksey Petrovich, odam yubormaganingiz yaxshi bo‘libdi. U tinchidi. Xizmatiga yarashasini oldi. — Yigitlarga tayinlab qo‘yish kerak: bunaqa qiliq jazosiz qolmaydi. Men bu yerda yashaganim bilan qo‘limni uzatsam O‘zbekistonga, kerak bo‘lsa undan nariga yetadi, shunday emasmi, Asad? Kozlovning keyingi gapi Asadbekka sal malol keldi. Shu bois gapni boshqa yoqqa burdi: — Yaxshi. Takliflaringni ayt. Sisternani o‘ylab ko‘ramiz. — Pushkadan olinglar. Ortiqchasi zarar qilmaydi. — Hozircha yetarli, bor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling