Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
bo‘ladi, pinhoniy yurtchalarning bu ishlari ham pinhoniy kechadi. Katta mamlakat 
rahbari boshqa mamlakatga borishdan avval o‘nlab, balki yuzlab mutaxassislar o‘zaro 
uchrashib, ko‘riladigan masalani tayyorlaydilar. Xuddi shu kabi Chuvrindining yigitlari 
ham bu yerga uch kun avval kelishgan, Bek akalarini lozim darajada kutib olish 
tadorigini ko‘rishgan. Shubhasizki, Jalil bundan bexabar, shu bois ham taksiga tushish 
istagini bildirgan edi. 
Yo‘lovchilarning aksari jomadonlarini olmoq uchun yukxonaga qarab yurdilar. Ular esa 
tayyoragohning keng zaliga burilib, yo‘lni tashqari maydon sari oldilar. Chuvrindi bu 
yerga avval ham bir-ikki kelgani uchun qayoqqa yurishni yaxshi bilardi. Zalni kesib o‘tib, 
ko‘chaga chiqay deyishganda ust-boshi uringan, ko‘zlari hadik bilan olazarak boquvchi 
askar yigit Jalilga yaqinlashib, o‘zbekchalab salom berdi. 
— Ha, ukam, xizmatlar qalay? — dedi Jalil, salomga alik olgach. 
— Juda zarur gapim bor, — dedi yigit, atrofiga alanglab olib. 
Jalil to‘xtadi-da, «nima gap?» deganday orqasiga o‘girilgan Chuvrindiga: 
— Hozir orqalaringdan yetib olaman, — dedi. 
— Ko‘chada turamiz, hayallamang, — dedi Chuvrindi. 
— Ha, ukam, pul-muling tugab qoldimi? — deb so‘radi Jalil yigitdan. 
— Juda zarur gap bor, yuring, yo‘q demang, iltimos. Do‘ppingizni ko‘rib, Hizir buvani 
ko‘rganday quvonib keldim oldingizga, — yigit shunday deb yo‘l boshladi. 
Jalil: «Bu yog‘i qiziq bo‘ldi-ku, bola paqirning ishi chatoqqa o‘xshaydi», deb unga 
ergashdi. Askar yigit yo‘l osti yo‘lagi orqali yurib yuk saqlanadigan xona ortiga o‘tdi. 
Nimqorong‘i burchakda yana ikki askar yigit o‘tirardi. Ular o‘rinlaridan turib salom 
berishdi. Ularning zaif, titroq ovozlari ahvollari nochor ekanidan dalolat berardi. 
— Senlarga nima bo‘ldi, nimaga bu yerda biqinib o‘tiribsanlar? — dedi Jalil ajablanib. 
— Ikki kundan beri shu yerdamiz. Ochmiz. Uyga ketolmayapmiz. 
— Nima balo, qochdilaringmi? 
— Qochdik... Boshqa iloj qolmadi. Qochmasak o‘lardik. 
— Nega? 
— Farg‘onada o‘zbeklar turklarni qirgan ekan. Shundan beri «uzbek basmach» deb bizga 
kun berishmaydi. Turtkilashadi, urishadi, «vahshiy itsanlar» deb haqorat qilishadi. 
— Komandirlaringga aytmaysanlarmi? 
— Aytdik. «Qo‘limizdan hech nima kelmaydi» deyishdi. Qo‘shni qismda bir bolani urib 
o‘ldirishdi. Uch kun oldin bizni yomon urishdi. Anavi og‘aynimning ko‘kragiga tepishibdi. 
Qovurg‘asi singanga o‘xshaydi. Og‘rig‘iga chiday olmayapti. 
Yigit shu so‘zlarni aytib, umidvor ko‘zlari bilan tikildi. 
— Bizni tashlab ketmang, amaki, yordam bering, — dedi ko‘kragini ushlab o‘tirgan askar 
zaif ovozda. 
— Gapingni qara, ukam, senlarni tashlab qayoqqa ketaman. To‘xta, nima qilishni o‘ylab 
olay. 
O‘ylagani bilan tayinli fikrga kelolmadi. 
— Patrulning qo‘liga tushsak, hammamiz ketamiz, — dedi boyagi zorli ovoz. 
— Yig‘lama, ukam, har qanday sharoitda ham yig‘lama, sen erkaksan, erkakka o‘xshab 
gapir. Endi gap shu: qimirlamay turlaring. Sheriklarim bilan maslahatlashib kelaman. 
— Kechadan beri ikki kishi shunday deb ketdi, — dedi boshlab kelgan yigit. 
— Menga qara, ukam, men unaqalardan emasman. Do‘ppimni ko‘rib ishonib keldingmi, 
endi shu ishonchingda tur. 
Jalil shunday deb tez-tez yurganicha iziga qaytdi. 
Ko‘chada Asadbek bilan Chuvrindi kulrang kostyum kiygan, qizil galstuk taqqan, 
ko‘rinishi kibor, qirq yoshlardagi bir odam bilan gaplashib turardilar. Jalil yaqinlashishi 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling