Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
167 bilan Asadbek uni «qadrdon do‘stim», deb tanishtirdi. Kibor esa soxta jilmayish bilan unga qo‘l uzatdi-da: — Kozlov, Aleksey Petrovich, — deb o‘zini tanitdi. — Shu yerlik qadrdonlardan, — deb izoh berdi Asadbek. — Asad, jiddiy gap bor, — dedi Jalil, uning izohiga e’tibor bermay. — Keyinroq gaplashsak bo‘lmaydimi? — dedi Asadbek noxush tarzda. — Yo‘q, eshit, — Jalil shunday deb ko‘rganlarini bayon qildi. — Tashlab ketsak bolalar uvol bo‘ladi. Ahvolini ko‘rsang, yig‘lab yuborasan. Yur, o‘zing borib ko‘r ularni. Asadbek «buyog‘i qandoq bo‘ldi?» deganday iyagini qashidi. So‘ng Chuvrindiga qaradi: — Mahmud, borib kela qol. Pul-mul ber. — Odammisan o‘zing! — dedi Jalil zarda bilan. — O‘zing borsang, moyaging uzilib tushadimi?! — Baqirma. Nima kerak bo‘lsa Mahmud eplashtiradi. Sendan bitta iltimos, bu odam oldida bilib muomala qil, sharmanda bo‘lib ketmaylik. Uyda har qanday zardangni, so‘kishingni ko‘taraman. Bu yer o‘rni emas. Izzatni bilish kerak. Kozlov ularni muhim bir narsa tashvishga solayotganini sezib, gapga aralashdi: — Asad, nima gap, ayt menga? Asadbek Jalildan eshitganlarini qisqa holda bayon qildi. — Mahmudning borishiga hojat yo‘q. O‘sha yigitlarni uchirib yuborish kerakmi? No‘ problem! — Kozlov shunday deb to‘rt-besh qadam narida turgan basavlat yigitlar sari yurdi-da, ularga nimadir deb uqdirdi. Ulardan ikkitasi shu zahoti ichkariga qarab yurdi. Kozlov esa Asadbek yoniga qaytdi: — Shu samolyotda uchirib yuborishadi. U yoqda kutib olishni tashkil qilish kerak. Patrul u yoqda ham bor. — Telefon qilib deputatga tayinlayman, — dedi Mahmud Asadbekka qarab. Asadbekning peshonasi tirishdi: — Kerakmas. Uning g‘alva ko‘tarishga bahona topolmay yuradi. Haydarga ayt. Bolalarni kutib olib, uy-uyiga yetkazsin. — Asadbek Jalilga qaradi. — Ko‘ngling o‘rniga tushdimi? — Men kuzatib kelay. Har holda... ishonchlimi bularing? — Maydalashma. Biz sening hukumatingga o‘xshab ikkita gapirmaymiz. Ular Kozlovning taklifi bilan mashinalarga o‘tirdilar. Jalil taksi haqidagi gapini eslab, «Bularni ham o‘zimga o‘xshagan odam debman-da», deb soddaligidan kulib qo‘ydi. Ularni shahar tashqarisidagi o‘rmon bag‘riga joylashgan xos mehmonxonaga olib bordilar. Daraxtlar panasidagi ikki qavatli yog‘och uy uncha ko‘zga tashlanmas edi. Uyning orqa tomonidagi qizlar bilan gavjum bo‘lguchi hovuz havo salqinligi tufayli bugun bo‘sh. Shodon qiyqiriqlar ham eshitilmaydi. Uy yog‘ochdan bo‘lgani bilan ichkarisi shohona bezatilgan edi. — Yog‘och uyga olib keldi, deb ensang qotdimi, Asad, — deb kuldi Kozlov. — Uy pishiq g‘ishtdan. Ekzotika uchun old tomoniga yog‘och qoplatganman. Rusning uyi ekani bilinib tursin. Mehmonxonada zo‘r ziyofat uchun hozirlik ko‘rib qo‘yilgan edi. Kozlov ko‘rsatgan o‘rinlarga o‘tirishgach, Jalil kolbasa solingan likopchani Asadbek tomonga surib qo‘ydi. Uning bu harakati Kozlovning ziyrak nigohidan chetda qolmadi. — Cho‘chqa yemasliklaringni bilaman. Bu yerdagi hamma narsa mol go‘shtidan, yeyavering, — dedi u kulimsirab. — Baribir cho‘chqa yog‘i solinadi, — dedi Jalil bo‘sh kelmay. — Qiliq qilmay, ana qaynatilgan go‘shtdan yeyavermaysanmi? — dedi Asadbek achchiqlanib. — Go‘sht ham yemayman. Shu kolbasa kesilgan pichoqda kesishgan. Baribir harom. — Kechagina aroqni bo‘kib ichib, do‘ppingga qusib yuruvding. Endi haromni ajratadigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling