Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
170 — Ha, Jalil, uzr, esimdan chiqibdi, —dedi Kozlov kulimsirab, — Asad, shu o‘rtog‘ing menga yoqdi. To‘g‘ri odam ekan. Bunaqa odamni Gorbachga ro‘para qilish kerak. Qani bir qayta qurib ko‘rsin-chi... — Og‘aynimning ko‘nglida kiri yo‘q, gaplaridan xafa bo‘lma, — dedi Asadbek uning hazilidan kulib. — Xafamasman, chin aytyapman. U menga yoqdi. Shunaqa odam bilan razvedkaga bemalol borishim mumkin. — Men esa bormayman, — dedi Jalil. — Nimaga endi? Yashirmay aytaver, nimaga? — Sizlar pulga o‘rgangan odamsizlar. Do‘ppi tor kelsa sheriklaringni ham ikki pulga sotib yuborasizlar. — Yo‘-o‘q, — dedi Kozlov jiddiylashib. — Shu yerda yanglishding. Hammani ham sotavermaymiz. Asadbek boshlanayotgan bahsdan latta isi kelayotganini sezib, suhbatga aralashdi: — Aleksey, sen boshqa narsa demoqchiyding. Gapni burvording? — To‘g‘ri tanbeh beryapsan. Men aytmoqchi edimki, kim bo‘lsa bo‘lsin, musulmonmi, xristianinmi, buddistmi — Xudoga sig‘inadi. Lekin bir-birini tan olmaydi. Shunisiga ajablanaman. Mana, Jalil, bizlarni tan olmaysanlar, a? Nima derdinglar? — Qaysi ma’noda? — Boshqa dindagilarni. — Ha... — Jalil bir oz o‘ylanib, so‘ng javob berdi. — Kofir deymiz. — Esladim. Aynan kofir deysan. Xo‘sh, nimaga? Axir men ham yakka Xudo deyman, sen ham. Qani javob ber. Jalil bu xildagi bahsni, bunaqa qiyin savolni kutmagan edi. Islom ilmining alifbosini ham bilmaydigan odam uchun boshqa din vakili bilan bahslashish oson emas. Asadbek kecha hazil bilan bo‘lsa-da, to‘g‘ri aytib edi. Tag‘in ham Asadbek uni ayadi «chala mulla» desa yanada aniqroq baho bergan bo‘lardi. Jalil shu topda javobga qiynalsa ham, chala mullaligini oshkor qilgisi kelmadi. Chunki bahsga chorlayotgan odamning diniy ilmi battarroq chala ekanini bilib turardi. Jalil «shu chalaga gapimni berayinmi endi», degan fikrda mullalardan eshitganlarini eslab, javob berdi: — Kofir deganmizning boisi shuki, Xudo degan bilan ish bitmaydi. Xudo deb turib haromdan qaytmaysizlar. Aroq ichasizlar, to‘ng‘iz go‘shti yeysizlar, zino qilasizlar... — Shuning o‘zimi? — dedi Kozlov. — Bu kammi? — dedi Jalil. — Yaxshi. Bu narsalar sizlarning kitobingizda harom qilingan. Biznikida harom qilinmagan. Xo‘sh, bunga nima deysan? — Qur’oni karim oxirgi kitob. Olloh bandalarini haromdan qaytarish uchun bu muqaddas kitobni tushirgan. Butun inson bolalarining shu oxirgi kitobga bo‘ysunishi shart. — Itoat etmasa-chi? — Itoat etmasa kofir bo‘ladi, qiyomatda do‘zaxda yonadi. — Demak, men do‘zaxda kuyaman, sen esa jannatda mazza qilasan, shundaymi? — Buni Olloh biladi. — Yo‘q, bu gap bilan mendan qutula olmaysan. Sen o‘z gapingni ayt. — Mening bilganim... — Jalil qarasaki, masala chigallashib ketyapti. Qaysi bir yig‘indagi Sobitxonning «bahsda chuqurlashmanglar» degan gapini eslab, suhbatga yakun yasamoqchi bo‘ldi: — Men o‘rischada yaxshi tushuntirib berolmayman. Biz tomonlarga borsangiz, o‘rischani qotirib tashlaydigan mullalarimiz bor. O‘shalar tushuntirib berishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling