Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
shularni o‘ylab, xayoliga bir gap keldi-yu, so‘radi: 
— Taqsir, endi qabrni ochib, kafanlab, lahad kavlab qayta ko‘milsa bo‘lmasmikin? 
— Bunga hojat yo‘q, bo‘tam. Birlamchi, marhumlarni bezovta qilmagan ma’qul. Bunda 
jasad yotadir. Ruhlari esa vallohi a’lam erkinlikdadir. Ikkilamchi shuki, bunda madfun 
etilganlar, vallohi a’lam, shahidlik martabasidadirlar. Aksarlari kofirlar bilan olishib 
o‘ldilar, inshollohkim, Yaratganning o‘zi ularga shahidlik martabasi berar. Shahidlarga 
esa kafan lozim emas. Qabristonni ziyorat qilmoqning odobi shuki, bilgan odam 
«Yosin»ni o‘qimog‘i darkor. Orangizda bilganlar bormi? — Qariya shunday deb Jalilga 
qaradi. Jalil yelka qisib, bosh chayqagach, tilovatni o‘zi boshladi. Uning qiroati shu qadar 
yoqimli ediki, uchchovlari bir onda sehrlandilar. Kozlov qaqqayib turishni o‘ziga noqulay 
deb bilib, yigitning qo‘lidan gulni oldi-da, qabr ustiga qo‘yib, asta iziga qaytdi. 
— Rahmatli dadangiz bilan uch yildan ortiq birga bo‘ldik, — dedi qariya duodan so‘ng. — 
Cho‘rtkesar, haqiqatparvar edilar. Xudo kuchdan ham bergan edi. Dadangiz 
kelgunlaricha bizga kun yo‘q edi. Aristonlar orasida bir devday maxluq bor edi. To‘ng‘iz 
deb laqab qo‘ygandik. U bor joyda hazrati Azroilga hojat yo‘q edi. Dadangiz kelganlarida 
uch-to‘rt karra xiralik qildi. Bir kuni qarasak, tunda kimdir to‘ng‘izning boshini boltada 
chopib tashlabdi. Bu ishni kim qilganini hamma fahmladi. Xo‘jayinlar ham sezishdi-yu, 
guvoh bo‘lmagani uchun bo‘yniga qo‘ya olishmadi. Rahmatli dadangiz tufayli o‘shandan 
keyin bag‘rimizga shamol tegib qoldi. Katta nachaynik itfe’l edi. Dadangizning payiga 
tushdi. Shaxtaga haydadi. Uch marta ovga olib chiqdi. Ov deganimiz Xudoning bir balosi 
edi. Itfe’l o‘ziga yoqmagan aristonlarning besh-oltitasini o‘rmon ichkarisiga haydab 
borib, so‘ng qo‘yib yuborar edi. Kim evini qilib, uning o‘qlariga chap berib, lagerga qaytib 
kelsa keldi, bo‘lmasa «qochishga uringanda otib tashlandi» deb xatga tirkashardi. 
Uchinchi marta dadangizning yolg‘iz o‘zlarini olib chiqishdi. Evlasholmadi. Xudo o‘z 
panohida asraganidan keyin, o‘q do‘li yog‘dirilsa ham bir tuki uzilmaydi-da. Dadangizga 
boshqacha o‘lim nasib etgan ekan. Stalin o‘lgani haqidagi xabar bizga sakkizinchi martda 
yetdi. O‘shanda dadangizning xastaliklariga uch kun bo‘lgan edi. Bu yerning do‘xtiri ham 
aristonlardan edi. Yo qo‘li kaltamidi yo ilmimi, harholda chora topmadi. Yana uch kundan 
so‘ng isitma aralash alahsirab turib, uzildilar. Samandarni ko‘rishga ilhaq edilar. Shu 
armon bilan ketdilar. Yana bir armonlari — sizlardan hech xat-xabar bo‘lmadi. Ko‘zlari 
to‘rt bo‘lib kutdilar. 
Bu gapni eshitib, Asadbek yalt etib qariyaga qaradi: 
— Qaerga yozishni bilmas edik. U yoqdagi idoralar ma’lumot berishmadi. O‘zlaridan xat 
olmadik. 
— Ko‘p yozdilar. O‘zim guvohman. Bilmasam, nechukdirki, sizlarga yetmagan ekan. 
Xastalanmaslaridan burun ham yozganlari yodimda. Balki xat bu qamoqxonadan 
chiqarilmagandir. Balki turadigan yeringizda g‘alamislar bo‘lgandir. Shunaqasini ham 
eshitganmiz. 
Bu gapdan keyin Asadbek Chuvrindiga qaradi. Chuvrindi bu qarashning ma’nosini 
tushunib, «ma’qul» deganday bosh irg‘adi. 
Barchalari uchun kutilmaganda Jalil qariyaga savol berdi: 
— O‘zingiz nima uchun o‘tirgansiz? 
Asadbek achchiqlanib, Jalilga qovoq uyub qaradi. Chuvrindi xijolatlik bilan boshini egdi. 
Qariyaga esa bu savol malol kelmadi: 
Har narsa mavridi bilan, bo‘tam. Bu yerda hasrat daftari o‘qish joiz emas. 
Qariya shunday deb o‘rnidan turdi. Jalil bilan Chuvrindi unga ergashdi. Asadbek o‘rnidan 
jilmadi. Uning qolganiga e’tibor bermaganday, uchovlon uy sari yurdilar. 
Asadbek bu onning qanday kechishini ko‘p xayol qilgan edi. Dam qabrni quchoqlab 
yig‘lagan bo‘lardi. Dam otasining ruhi bilan suhbatlashardi. Onasining taqdiri, 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling