Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
— Yarmini nima qilmoqchisan? 
— Yarminimi?.. Bir do‘stim bor, o‘shanga olib borib berasan. 
— Aldayotgan bo‘lsang-chi? 
Seni aldashdan foyda bormi, menga? Kechgacha o‘yla, bilib qo‘y, sen buncha pulni 
umringda ko‘rmagansan. Yana bir gap: kechgacha bu o‘tirishda siqilib o‘lmaylik. Agar 
mendan cho‘chisang, oyoqlarimni bog‘lab qo‘y. Ammo yo‘lga chiqquncha bir maishat 
qilaylik. Agar taklifimga ko‘nsang, kechqurun yo‘lga chiqsak, ertalab yetib olamiz. Agar 
insof qilsang, marjaning to‘shagiga kirib chiqishga ruxsat berarsan. 
Fedya yigitlarni chaqirib Zelixonni stulga o‘tqazdi-da, oyoqlarini bog‘latib qo‘ydi. Valya 
stol ustiga aroq, kolbasa, non, piyoz, tuz keltirib qo‘yib, yotog‘iga kirdi-da, eshikni 
zanjirlab oldi. 
Fedyaning o‘zini erkin tutishi, Valyaning bulardan qo‘rqmayotganidan Zelixon bildiki, bu 
ishlarga Xongireyning ijozati bor. «Xongireyning nozik bir joyidan ushlashganga 
o‘xshaydi. Bo‘lmasa u meni osonlikcha bermas edi, — deb o‘yladi Zelixon. Keyin birdan 
fikri charaqlab yorishdi: — E, ha, Xongirey, azizim, menga yaxshilik qilaman, deb 
yomonlikni ravo ko‘ribsan-ku? Qishlog‘ida o‘lib ketmasin, besh-o‘n kun Sochida yayrab 
olsin, deding-mi? Buning uchun o‘z o‘ynashingni qo‘shdingmi, menga? Eh, Xongirey, shu 
masalada chechenga o‘xshamading. Qishlog‘imda o‘lganim, odamga o‘xshab 
ko‘milganim yaxshi emasmidi?..» 
Zelixonning muqobilida o‘lim to‘rlari tashlangan qorong‘i yo‘lakdan o‘zga yo‘l yo‘q. 
Istasa-istamasa hademay o‘limning shirin suvini ichmog‘i joiz. O‘lim uni bag‘riga 
olmoqqa shay. Faqat yana qancha soat yoki daqiqadan so‘ng, qaerda oladi — faqatgina 
shu masala hal etilsa bas. Zelixon Farg‘onada ekanida o‘lim bilan yuzma-yuz kelmoq 
dahshatini his etgan. To‘g‘ri, o‘zi aytganiday, o‘limi hech kimni larzaga solmaydi. Agar 
Fedyaning gapi rost bo‘lsa, kislota bilan kuydirilsa, bu dunyoda jasadi ham, nomi ham 
qolmaydi. Chechenning bir avlodi tomiri bilan uzilib, yo‘q bo‘ladi. Xudo bu oilaga 
bittadan o‘g‘il berayotuvdi. Zelixonga buni ham ravo ko‘rmadi. Endi bu urug‘ quridi 
hisob... Zelixon buni avval ham ko‘p o‘ylagan, oila qurishni reja qilgan, ammo o‘y 
o‘yligicha, reja rejaligicha qolib ketavergan. Agar shu kelishida qishlog‘ida tinch-omon 
yashab qolsa, oila qurarmidi, Xudo unga ham o‘g‘il berarmidi... 
Zelixon maishat qilish istagini bildirgan bo‘lsa-da, tomog‘idan hech narsa o‘tmadi. 
«Nasibamni yeb-ichib bo‘lganman, shekilli?» deb o‘yladi u. Shu asnoda so‘nggi luqmani 
yuta olmay jon berayotgan bobosi ko‘z oldiga keldi. 
Fedya katta qadahni to‘ldirib ikki-uch ko‘tarishda bo‘shatdi. U topshiriqni qaerda
qachon, qay holda bajarish xususida aniq ko‘rsatmaga ega bo‘lsa-da, Zelixonning taklifi 
uni ikki yo‘l qarshisiga keltirib qo‘ygan edi. Har qanday odamning fikrini o‘g‘irlash 
jozibasiga ega bo‘lgan pul Fedyaning nozik qitiq patlarini o‘ynay boshlagan edi. Umri 
faqat pul o‘marish dardi bilan o‘tayotgan odam katta boylik haqidagi xabarga e’tiborsiz 
qarashi mumkinmi? Pul, boylik — go‘zal bir sanamki, uning to‘shagida orom olmaguncha 
ko‘ngil tinchlik bermaydi. Pul, boylik — o‘rgimchak to‘ri kabiki, kishi ko‘zi ochiq holatda 
bu to‘rni ko‘radi, oqibatda bu to‘r azobga giriftor qilajagini biladi, bilsa-da, yo‘ldan 
qaytmaydi, to‘r ortidagi go‘zal sanamdan hech bo‘lmasa bittagina o‘pich olish ilinjida 
tinchimaydi. 
Fedya hozir tinchini yo‘qotdi. «Aldayotgan bo‘lsa-chi?» degan savolga «aldasa ham 
o‘ladi, aldamasa ham o‘ladi. Sochida otdim nima-yu, qishlog‘ida otdim nima?» deb o‘ziga 
tasalli berdi. 
Fedya qistayverganidan keyin Zelixon ham ichdi. Vujudi qizib, o‘lim vasvasasidan 
uzoqlasha boshlaganday bo‘ldi. Shunda ro‘parasidagi zulumot yo‘lagida bir chiroq yilt 
etganday bo‘ldi. «Panoh bor,— dedi u o‘ziga o‘zi.— Xongirey saqlay olmasa, saqlaydigan 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling