Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
Puliga chidasangiz, ertalabgacha ham turaveraman,— dedi haydovchi. 
— Qoyilman, o‘g‘il bola! — dedi Mardona. 
— Zakalat tashlab keting,— dedi haydovchi. 
Mardona sumkasidan pul olib unga uzatdi: 
— Sizdaqa o‘g‘il bola kerak menga, keyin gaplashib olamiz. — Mardona shunday deb bir 
ko‘zini qisib qo‘ydi. 
Ular hammomning hovuzli bo‘lmasiga kirdilar. Mardona patta ham olmadi. Birovdan 
«kirsak bo‘ladimi, bo‘shmi?» deb so‘rab ham o‘tirmadi. O‘z uyida yurganday to‘g‘ri kirib 
bordi. Zaynab «qanaqa joy bu o‘zi?» deganday atrofga bir alangladi. Odamlarning 
e’tiborsiz turganini ko‘rib, indamay dugonasiga ergashdi. 
Ichkari kirib, eshik zulfini solgach, Mardona stol ustida yopig‘liq oq dasturxonni yig‘di. 
Zaynab tayyorlab qo‘yilgan yemak-ichmakni ko‘rib ajablandi. Mardona esa pivoni shartta 
ochib ikki piyolaga quydi-da, manzirat qilib o‘tirmay, ichib yubordi. So‘ng: 
— Bu yerda pivo yaxshi ketadi,— deb labini yaladi. 
Yechinib, issiqxonada o‘tirdilar. Bu yerda ham Mardona uydagi qilig‘ini qildi. Bu safar 
uning harakatlari avvalgiday xush yoqayotgan bo‘lmasa-da, Zaynab qarshilik 
ko‘rsatmadi. So‘ng hovuz labiga borishdi. Bu yerda ham Mardona uning oq badanini 
ehtiros bilan silab, kutilmaganda suvga itarib yubordi. Keyin qiyqirib kulganicha o‘zini 
hovuzga otdi. Ikki dugona ancha vaqtgacha qiyqirib, bir-birlariga suv sepib o‘yin qildilar. 
Suvdan chiqishgach, Mardona Zaynabning yelkalarini silab: 
— Buni qara, kumushdek tovlanib ketding. Bunday badan katta otarchiga xayf...— dedi. 
Issiqxonadan so‘ng salqinroq suvga tushib, ruhidagi loyqa tina boshlagan Zaynab bu 
gapni eshitib, yengil seskandi. 
«Kumushdek... tovlanib ketding...» 
Mardona bu gapni aytganda Kumushbibini nazarda tutmagan bo‘lsa-da, Zaynabning ko‘z 
oldida o‘zi sevgan, yillar bo‘yi qalbining to‘rida ardoqlab-asragan mo‘’mina ayol 
gavdalandi. Shu asnoda aqlini bandi etib turgan qulf buzilib, nimalar qilganini idrok eta 
boshladi. Idrok etgani sayin o‘zidan o‘zi nafratlanaverdi. Mardona undagi o‘zgarishni 
sezib: 
— Hm, o‘rtoqjon, nima bo‘ldi? — deb so‘radi. 
— Issiq yoqmadi shekilli,— dedi Zaynab bir oz dovdiragan holda.— Men chiqib tura 
qolay. 
— Mayli, men yana bir sho‘ng‘ib chiqaman,— Mardona shunday deb yana pivodan 
simirib, o‘zini suvga otdi. 
Zaynab tez-tez kiyinib, tashqariga chiqdi. Nima qilarini bilmay dovdirab turganida 
mashina signali chalinib, haydovchining: 
— Men bu yerdaman,— degan ovozini eshitdi. 
Zaynab avvaliga «sen kimsan?» deganday unga ajablanib qaradi. So‘ng bu yerga shu 
mashinada kelganini eslab, tez-tez yurib borib, o‘tirdi-da, «ketdik», dedi. 
— Opoxonimiz-chi? — dedi haydovchi. 
Uni qaytib kelib, olib ketasiz. 
— Puliga chidasalar bo‘ldi. Qaytib kel, desalar qaytib kelaveraman. Qayoqqa qarab 
hayday? 
Zaynab uyiga qaytsa, Mardona izma-iz yetib kelishidan xavotirlanib, ota hovlisiga 
bormoqni ixtiyor etdi. 
3 
Mardona ertasiga qo‘ng‘iroq qildi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling