Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
185 — Ha, o‘rtoqjon, nima bo‘ldi? — dedi u o‘pkalanib. Zaynab uning ovozini eshitdi-yu, yuragi hapriqib, yuzlari qizarib ketdi. — Sal mazam qochdi,— dedi u sovuqroq gapirishga harakat qilib. U kechagi voqeadan so‘ng Mardonani ko‘rishni istamay qolgan edi. Mardona uning muomalasidagi sovuqlikni sezsa-da, quvnoq ohangda davom etdi: — Shunday zo‘r maishatdan quruq qoldingiz. Mayizdek bo‘lib borardik. Otasi o‘pmagan yigitlarni ko‘rardingiz. Siz uchun bugun boshqatdan tashkil qilamiz. — Yo‘q, yo‘q,— dedi Zaynab.— Kerakmas. Meni bunaqa ishlarga... boshlamang. Umuman... endi biznikiga kelmang. — Kassetamni olgani borsam-chi? — Kasseta?.. Men uni majaqlab, axlatga tashlab yubordim. — Shunday jonon narsani-ya! — Mardona kuldi. Zaynab go‘shakni qulog‘idan uzdi. Ammo joyiga qo‘ymadi. — O‘rtoqjon, eshityapsizmi? Mayli, kelma, desangiz bormayman. Lekin uch kundan keyin mensiz turolmay qolasiz. Meni o‘zingiz chaqirasiz. Bu gapni eshitib Zaynab ajablandi-da, go‘shakni qulog‘iga olib bordi: — Uch kundan keyin? Nimaga? — Uch kundan keyin dorini qo‘msaysiz. — Qanaqa dorini? — O‘shanda bilasiz. Men ginachi emasman. Telefon qilsangiz, yetib boraman. Tortinmay chaqiravering. Bu gapdan keyin Mardonaning nima demoqchi ekanini anglaganday bo‘lib, Zaynab qo‘rqqanidan titrab ketdi. Bilagidagi igna izlariga qaradi. «Yo‘q, yo‘q, bo‘lishi mumkin emas», deb o‘ziga o‘zi tasalli berdi. Lekin uning bu tasallisi o‘lib o‘layolmay, tuzalib tuzalayolmayotgan bemor kabi edi. U endi ana shu o‘lim to‘shagidagi tasalli bilan kuch yig‘ayotgan navqiron gumonga asira bo‘ldi. «Hali hammomdan chiqqach, yana bir sharmandalikka boshlab borar ekan-da?! Maqsadi nima uning? Nahot meni shunday sharmandalik ko‘chasidan qaytmas juvon deb o‘ylasa? Nahot meni buzuq deb o‘ylasa?! O‘zi-chi? O‘zi shu qadar buzuqmi? Men shu buzuq bilan apoq-chapoq bo‘ldimmi? Hatto opa-singil tutinishni fikrladimmi? U mening kimligimni biladi-ku? Nahot bu shaharda Asadbekdan cho‘chimaydigan bir buzuq topilsa?» Zaynab shularni o‘ylab, otasiga aytmoqni ham fikr qildi. Biroq, otasining qahridan qo‘rqdi. Yana arqonni picha uzun tashlamoqni, Mardona bilan yakka o‘zi olishib ko‘rmoqni lozim topdi. «Shunday bir shilta bilan olishib yenga olmasam, men Asadbekning qizi emasman!» deb qo‘ydi. Shunday deb katta ketgan bo‘lsa-da, Mardona aytgan uch kunning o‘tishini xavotir bilan kutdi. Tasalli bilan gumonning hayot-mamot jangi shu uch kun badalida hal bo‘lishi kerak... Uchinchi kunga o‘tar kechasi uyqusining tayini bo‘lmadi. Endi ko‘zi ilinganida bosinqirab uyg‘onib ketaverdi. Bir mahal qattiqroq baqirib yuborib, Elchinni ham uyg‘otdi. «Nima gap, tinchlikmi?» degan savolga «bosinqirabman», deb qisqa javob bera qoldi. Elchin charchab kelgani sababli xotinining holatiga e’tibor bermay yana uyquga ketdi. Asad oyining o‘n beshi. Kunduzi quyosh taftidan horigan osmonga to‘lin oy hukm o‘tkazadi. Zaynab bosinqirab uyg‘onganida Oy deraza ro‘parasiga kelib, hobgohni nurga belay boshlagan edi. Zaynab chalqancha yotib, Oyga tikildi. «Oy qachondir bir gunoh qilib yuzi sharmandalikdan dog‘ bo‘lgan ekan. Necha ming, balki million yildan beri bu dog‘ni ketkiza olmaydi. Balki Oy odamlardan uyalgani uchun ham faqat kechasi chiqar? Men-chi? Bir qadam qolgan ekan-a... Meni Kumushbibining ruhi saqlab qoldimi? Shundaydir. Balki derazadan tushayotgan nur Oyniki emas, Kumushbibi ruhining nuridir? Qani edi shunday bo‘lsa. Qani edi, Kumushbibining ruhi o‘zimni, uyimni sadoqat, poklik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling