Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
— Hayvon! Fohisha! Yo‘qol! — deb baqirdi. 
Mardona zaharli jilmaydi. 
— Betahorat benamozni bo‘yniga qo‘ygan ekan. Men o‘z xohishim bilan kelmadim. Siz 
chaqirdingiz, haydasangiz ketaman. Ammo keyin yalinsangiz ham qaytmayman. O‘ylab 
ko‘ring, ko‘chada mashina kutyapti. Bir necha lahzada yetamiz. Og‘riqlardan qutulasiz. 
Rohatlanasiz. Rohat o‘rniga azobni yaxshi ko‘rsangiz, nima derdim, men ketdim... 
Zaynab Mardona darvozaga yetguniga qadar chidadi. So‘ng og‘riqqa ortiq bardosh bera 
olmay baqirdi: 
— To‘xtang! 
Mardona darvoza ostonasida to‘xtadi. Zaynab esa buzuqlik ostonasida o‘zini to‘xtata 
olmadi. Uning ostona hatlashi Asadbekning Krasnoyarda kasalxonaga yotgan kuniga 
to‘g‘ri keldi. 
XXII b o b 
1 
Mashina o‘rnidan jilganida biqiniga ikki musht tushgach, Anvar o‘zini u yoq-bu yoqqa 
urishning foydasi yo‘qligini, haqiqat talab qilsa yana musht yemog‘i mumkinligini 
fahmlab, tinchidi. Uning g‘azabdan yonayotganini tez-tez nafas olishigina oshkor etib 
turardi. 
Mashinadan tushib o‘zini notanish jinnixonada ko‘rdi-yu, hayratlandi. Qabriston yaqinida 
jinnixona mashinasi kutib turganidan u ajablanmagan edi. G‘azab otashida yonayotgan 
bo‘lsa-da, bu ishni Xolidiy ustalik bilan uyushtirganini tushungan edi. «Yana eski tos
eski hammom», degan fikrda o‘zini avvalgi jinnixonada ko‘rarman, devdi. Boshqa 
jinnixona uning uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. 
— Nimaga meni bu jinnixonaga olib keldinglar?— deb so‘radi u, yetaklab kelayotgan 
yigitdan. 
— Senga atab qurilayotgani hali bitmabdi,— dedi yigit do‘ng‘illab. 
— Men to‘g‘rilikcha so‘rayapman. 
— Men qiyshaytiribroq aytyapman. 
— Odam emas ekansan. 
— Haligi musht kamlik qildimi? 
Anvar uning basharasiga bir qarab olib «Turqi sovuq odamdan iliq gap chiqarmidi», deb 
qo‘ydi. 
Tibbiy tekshiruv naridan-beri o‘tkazildi-da, ikki oshyonli imoratning birinchi qavatidagi 
to‘rt kishi yotishiga mo‘ljallangan xonaga boshlab kelishdi. Deraza yonidagi karavotdan 
tik turib olib o‘ng qo‘lini olg‘a cho‘zgan bemor Anvar kirib kelishi bilan unga qarab xitob 
qildi: 
— Yashasin, sovet jinnilari, ura! — Shunday degach, u quvonib chapak chaldi-da, 
indamay turgan Anvarga o‘shqirdi: — Sen nima uchun olqishlamayapsan? Sen sovet 
jinnilariga qarshimisan? Ha, ha, sen jinni dushmanisan! — U shunday deb barmog‘ini 
bigiz qilganicha karavotidan tushayotgan edi, Anvarni kuzatib kelgan yigit unga qarab 
baqirdi: 
— Joyingga qayt, qimirlama! Bu ham o‘zingdan, dushman emas. G‘iring desang, yeysan! 
Xitobchi barvasti mushtni ko‘rgach, nafasi qaytdi. U, garchi esi og‘ib qolgan bo‘lsa-da, 
mushtning qadrini bilar edi. 
Xonadagi yana ikki bemor indamaslar toifasidan ekan. Kuzatuvchi chiqib ketgach


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling