Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
yotganicha o‘y o‘yladi: «Uyimga xabar bergani kim borgan ekan? Har holda «eng kichik 
ilmiy xodim»ni yugurtirishadi. U bechoragina bo‘ynini qisib turib ming‘irlaydi. Nima 
deydi? «Ishda birdan kasallari tutib qoldi», dermikin yo... ha, «ustozlarining o‘limidan 
qattiq qayg‘urdilar» der. Shunday degani durust, shunisi sal obro‘liroq. «Bir oz dam 
olsin, davolansin, deb kasalxonaga («jinnixonaga» demaydi) joylashtirishdi» deydi. 
Deydi-yu, zipillab iziga qaytadi...» 
— Ha, aynan shunday bo‘ldi. 
Anvar tanish ovozni eshitib, sergaklandi. 
— Kim bu? — dedi pichirlab. 
— Tanimadingmi? Asqar akangman. 
— Siz?.. 
— Men seni ko‘rgani keldim. Meni ham shu yerda sen kabi «davolashgan». 
— Navbatchi xotinni taniysizmi? 
— Tanimay-chi? Agar uni mol desang, dunyodagi barcha mollar haqoratga chiday olmay 
«meni kelib-kelib shunga o‘xshatdingmi», deb o‘zini osadi. 
— Sizning she’ringizdan o‘qigan edim, tushunmadi. 
— She’rni xor qilma, uka. 
— Odamlar nima uchun bunday tuyg‘usiz bo‘lib ketishyapti? 
— Buni anglashing uchun yonimga kelishing kerak. Men bilan sening olaming boshqa. 
Haqsizlikni ko‘rsam qalbim bozillar, 
Vo darig‘, mum tishlab turar fozillar. 
Esingdami bu satrlar? Fozillar nechun mum tishlaydilar, anglab yetmadingmi? Sen aqlli 
yigitsan. Do‘stlar uchun ming bir fazilating ham kam, dushman uchun bir fazilating ham 
ko‘p ekanini bilasan. Odam bu dunyoga yalang‘och keladi. Ketishida o‘zi bilan hech nima 
olmaydi. Ololmaydi. Unga ikki quloch surp, ikki quloch yer kifoya. Hech narsasiz kelib, 
hech narsasiz ketishini bilsa ham bir chimdimgina umrida boylik talashadi, amal 
talashadi, obro‘ talashadi. Sen Xudoga shukr qil. Biz bunday bachkana narsalardan 
ustun turdik. 
— Men bir ko‘hna kitobda o‘qiganman: kimiki o‘z nafsini xor tutsa, Xudo uning qadrini 
oshirarkan. Kimki o‘z nafsini izzat qilsa, Xudo bandalari oldida uni xor qilarkan. 
— Ayni haqiqat bu. Eshit: 
Ko‘kdagi qush pastdan luqma izlaydi, 
Pastda sayyod ov qilmoqni istaydi. 
G‘alati bu manzara. 
Samodagi tuzoq nima ham bilmagay
U hech kimga itoat ham qilmagay 
Bir qara-ya, bir qara. 
Angladingmi? Endi yo‘lga otlan. Sen bilan mening joyim samolarda. 
— Samolarda? Yerda-chi? Bunda kim kurashadi? Kim adolat uchun boshini tikadi? Siz 
aytgan edingizki «Nafsi yomon katta baliq og‘zin ochib, yutdi kichik baliqlarni daryoda 
hey...» Shunday bo‘lib qolaveradimi? Ayting? 
Nechundir javob bo‘lmadi. Anvar ajablanganicha qaddini ko‘tarib atrofga alangladi. 
Asqar Qosimning ovozi o‘rniga hamxonalarining xurragi eshitilib, entikdi. «Men chindan 
shoir bilan suhbatlashdimmi yo alahsirab o‘zim bilan o‘zim gaplashdimmi? Asqar aka 
nimaga da’vat etdi? Yo nurdan elchi bo‘lib keldimi?» 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling