Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
farqlamaydi. Har narsaga, hatto aytayotgan so‘zlariga ham iqtisod nuqtai nazaridan 
yondoshadi. 
— Men bu oqshom sizlar bilan uzoq o‘tira olmasman, afandilar,— dedi u.— Har kuni ikki 
soat kitob ila yolg‘iz qolmakni har narsadan afzal bilurman. Yigirma daqiqadan so‘ng 
sizlarni tark etajakman. 
— Majlisdan so‘ng dam olmaysizmi? — deb so‘radi Asadbek. 
— Dam? Bunga hojat nadir? Siz menga ayting, janob Asadbek, Gorbachev qayta 
qurishni olam aro e’lon qildi. Boltiya davlatlari sovetlardan ajralib, mustaqil bo‘lish 
arafasidadir. O‘zbekistonda bunday harakat mavjudmi yoki yo‘qmi? 
Asadbek «bu haqda sen gaplasha qol», deganday Chuvrindiga qaradi. Chuvrindi bu 
qarash ma’nosini anglab: 
— Ha, bor,— deb javob berdi. 
— U holda nechukkim, bizlar bexabarmiz? 
Chuvrindi Orzubek haqida so‘z boshlaganda Asadbek «shuni gapirmasang bo‘lardi» 
degan ma’noda qoshini chimirdi. Chuvrindi bu ishorani ham payqab gapini muxtasar 
qildi. 
— Vatanga faqat muhabbat kerak. Vatanni yurakdagi muhabbat ila sevmas ekanmiz, u 
sahrodagi suvsiz nihol singari qurishga mahkum o‘lajak. Vatanga sizning muhabbatingiz 
bo‘lak, biznikida bo‘lak, azizlarim. Siz Vatan ichida yashab Vatandan ayrilgansiz. Bizning 
qalbimiz Vatan sog‘inchi ila tepar. Umrimiz xalos bo‘lgach, ustimizga Vatan hajri kafanini 
yopajaklar,— u shunday deb soatiga qarab olgach, o‘rnidan turdi-da, boshini kiborlarcha 
egib ta’zim qildi.— Cho‘x tashakkur azizlarim. Oqshomingiz xayrli o‘lsun. 
Asadbek kuzatmoqchi edi, u unamadi. Odati yevropacha, gaplari o‘zbekcha-turkcha 
aralash bo‘lgan bu odam Asadbekda yaxshi taassurot qoldirdi. 
Ertasiga ertalab Asadbek shaharga chiqishga istak bildirmadi. Shuning uchun Chuvrindi 
Kozlovning yigiti aytgan vrachni yo‘qlab bordi. Vrach u keltirgan tibbiy xulosalar bilan 
tanishgach, o‘ylanib qoldi: 
— Xulosalar to‘g‘ri — rakdan boshqa narsa emas bu. Oldi olinmabdi. Kechikdingiz, deb 
qo‘rqaman. 
— Kechikdingiz? Qanaqasiga?! — Chuvrindi unga hayrat bilan tikildi. — O‘n kun bo‘lmadi 
boshlanganiga. 
— Yo‘q, azizim. Kamida yarim yil avval boshlangan. Balki o‘tib ketadigan og‘riq deb 
e’tibor bermagandir. Qiziq, o‘zingizda yaxshi mutaxassislar bor, Krasnoyarskka olib borib 
nima qilardingiz? 
— Krasnoyarga ish bilan borgan edik. Og‘riq zo‘rayib ketdi. 
— Agar istasangiz, uni yotqizib yana bir qayta tekshiruvdan o‘tkazishim mumkin. Lekin 
bunaqa hollarda men achchiq bo‘lsa ham haqiqatni aytishni lozim ko‘raman. 
Chuvrindi uning huzuridan ruhi ezilgan holda chiqdi. Krasnoyarda ekanida Kozlov 
xastalikning nomini aytganida bir cho‘chib tushgan, ularning xulosasi xatodir, deb 
o‘ylagan edi. Umid chinnisini shu vrachga ikki qo‘llab, ehtiyotlab ko‘tarib kelgan edi. Endi 
bu chinni ham sindi. 
Sindi?! Yo‘q!! Bittasi taxmin qildi, ikkinchisi tasdiqladi. Endi ellikka kirgan odam bir 
necha oyda qurib bo‘lar ekanmi? «Yo‘q! O‘ntasi aytsin, mingtasi aytsin, baribir 
ishonmayman!» Chuvrindi shu xayolga kelib, qo‘lidagi qog‘ozlarni burdalab tashladi. 
Yo‘lda bora turib Asadbekning tayyorada aytgan gaplarini esladi. «Nahot tushida ayon 
bo‘ldi?» deb o‘yladi. Bu o‘yni «tushga nimalar kirmaydi», deb shu zahoti bo‘g‘ib 
o‘ldirishga intildi. 
Mehmonxonaga qaytgach, notanish odamlarni ko‘rib taajjublandi. To‘rdagi o‘rindiqda 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling