Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
201 XXIV b o b 1 Zohid ishga borayotib yo‘lda saboqdosh do‘sti Solmonovni uchratib qoldi. Qachonlardir ilm toliblari orasida Habib Sattorovning bir qanoti Zohid bo‘lsa, bu do‘sti ikkinchi qanot edi. Ikkovlon ilmda to‘ntarish yasash qasdida sho‘ng‘ishdi-yu, yarim yo‘lda Zohid fanga xiyonat qilib, adolat qasrini tiklashga yeng shimardi. — Sening faqat basharang odamga o‘xshaydi. Mehr-oqibat tariqcha yo‘q senda,— deb gina qildi Solmonov.— Dissertatsiya yoqladim, kelmading. Loaqal telefonda tabriklasang ham mayli edi. — Himoyang tushimga kiribdimi? Aytsang boraman-da,— Zohid shunday dedi-yu, Habib Sattorov bilan so‘nggi uchrashuvida domlasining «Solmonov o‘n sakkizinchida yoqlayapti» degan gapini esladi. Eslab o‘zidan o‘zi ranjidiyu, ammo do‘stiga sir boy bermadi. — Melisaxonangga telefonda aytganman. Navbatchi milisa yozib olgan, eshitgansanu borging kelmagan. — U yerdan ketganimga yaqinda bir yil bo‘ladi. Tabrikning erta-kechi yo‘q, hozir ham tabriklasam maylimi? — Endi tabrigingni qizig‘i yo‘q. Uyga kelasan, yuzta-yuzta qilib keyin o‘ylab ko‘ramiz. Men sendan xafa emasman. Habib akanikiga nima uchun kelmading, yo buni ham eshitmadingmi? — To‘y qildilarmi? Bundan ham bexabarman, rost. Qachonligi aniq esimda yo‘q, lekin ukalarini ko‘ruvdim. Indagani yo‘q. Habib aka Angliyadan keldilarmi? — Yo‘q, hali. Domlaning oshig‘i olchi. Angliyadagi ilmiy ma’ruzalari tugaganidan keyin Amerikaga taklif etilganlar. Sen, ahmoq, rostdan ham bexabarga o‘xshaysan: domla to‘y qilganlari yo‘q, ukalari olamdan o‘tdi. — Ukalari? Qaysinisi? — Bilishimcha, ukalari bittagina bo‘lsa kerak, tarixchi olim. — Shu ukalarini ko‘ruvdim-da yaqinda. Nima bo‘libdi? — Jinnixonada ekan, o‘zini osibdi. Ertaga ma’rakasi ekan. Balki Habib akam ham kelib qolarlar. Ana shu noxush xabarning soyasi ostida xayrlashdilar. Solmonov bu noxush xabarni odatiy hol kabi aytdi. U Anvarning jinni bo‘lganu o‘zini osganiga ishona qolgan. Zohidda esa bu xabar taajjub uyg‘otdi. Ertasiga barvaqt turib Habib Sattorovning ota mahallasiga bordi. Oshni yeb chiqib hassakashlar orasidan Habib Sattorov bilan Elchinni qidirdi. Domlasi ko‘rinmadi. Elchin esa uch-to‘rt og‘aynisi bilan suhbatlashib turardi. To‘g‘ri bostirib borgisi kelmay, qator turgan odamlar safiga qo‘shilib, nigohini Elchindan uzmadi. Bir necha daqiqadan so‘ng, Elchin shu tomonga beixtiyor qaragach, nigohlari to‘qnashdi. Elchin ikkilanib o‘tirmay, davradan ajraldi-da, Zohidga yaqinlashib, salomlashdi. — Bandalik ekan, oshnangizni ham berib qo‘yibsiz. Zohid barcha uchun an’anaga aylanib qolgan ta’ziya so‘zlarini aytdi. Bunday hollarda qarshi tomon «Ollohning irodasi» deb qo‘yguchi edi. Ammo Elchin bu an’anaga zid ravishda qoshlarini chimirdi-da: — Bandalikmi yo ahmoqlikmi? — dedi. Atrofdagilar bu gapdan ajablanib ularga qarashgan edi, Zohid odamdan xoliroq tomonga qarab yurdi. Elchin unga ergashdi. — Gapingizga tushunmadim? — dedi Zohid chetga chiqishgach. — Qanday o‘lganini eshitmadingizmi? Xolidiy degan xo‘jayini bor. O‘sha bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling