Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
o‘chakishardi. O‘tgan qishda bir jinnixonaga tiquvdi. Burniga suv kirmabdi. Yana 
jinnixonaga tiqibdi. Bu ahmoq o‘zini osibdi. Ori kelgandir-da. 
— Qo‘ying, o‘tganlar haqida yomon gapirmang. 
— Xo‘p, endi ayting, uni o‘ldirishga majbur qilishdi, a? Xo‘sh, bularni nima qilish kerak? 
Siz qamay olmaysiz, chunki sirtmoqda ularning barmoq izlari yo‘q, sizga esa faqat 
barmoq izi kerak. Bu Xolidiy degani nechta odamni quritgan, siz bilmaysiz. Da’vo ham 
qilolmaysiz. Men borib Xolidiyni o‘ldirsam, meni otasiz. Mantiqan qaralganda, men uni 
o‘ldirganim uchun mukofotlashingiz kerak. Chunki, uni o‘ldirsam, nechta odamning 
hayotini saqlab qolgan bo‘laman. 
— Siz hech qanday qonunni bilmaydigan odamning gaplarini aytyapsiz. 
Elchin qo‘l siltadi-da, cho‘ntagidan sigareta chiqardi. 
— Jamshidning qotilini topdingizmi? — dedi sigareta tutatib. 
— Yo‘q, qidiryapmiz. 
— Jamshid o‘ldirilganini aniq bilasizmi, o‘zi? 
— U tirik, deb o‘ylaysizmi? 
— O‘ylamayman... shunchaki so‘radim. Menda gapingiz bormidi? 
— Yo‘q, ko‘ngil so‘ramoqchi edim. Habib aka kelmabdilar shekilli? 
— Angliyadan kelib-ketish osonmi. Men xizmatdagi odamman, ichkari kiray. Ha, boyagi 
gapim jiddiy emas, yana Xolidiy ichburug‘dan o‘lib qolsa, mendan ko‘rib yurmang. 
Elchin shunday deb so‘nggi nayzasini sanchdi-yu, nari ketdi. Zohid azaxonadan 
uzoqlasha turib uning gap-larini yana fikr tarozisidan o‘tkazdi. «Jamshid o‘ldirilganini 
aniq bilasizmi, o‘zi?» degan gapi uni o‘ylantirdi. Elchin shu gaplarini aytayotganida 
ko‘zida quvlik uchquni chaqnadi. Zohidning ziyrak nigohi bu uchqunni ilg‘adi: «Bir 
narsani biladi shekilli, bekorga so‘ramadi buni». Zohid ishxonasiga borguniga qadar 
Elchinning ilmoqli savolini o‘yladi. «Harholda bir narsani biladi. Asadbek to‘dasida 
qanday gaplar borligi unga ma’lum. Lekin aytmaydi. Qaynotasidan qo‘rqadimi?..» 
Savollar yangi savollarni uyg‘otaverdi-yu, ammo birontasiga javob topilmadi. Shundan 
ko‘ngli xira bo‘lib, xonasiga kirganida Hamdam qo‘ng‘iroq qildi. 
— Prokuror, ikki soatdan so‘ng menga kerak bo‘lasan, xonangda o‘tirib tur,— dedi u. 
Zohid uning qo‘ng‘irog‘ini kutishga va’da berdi. Biroq, yarim soatdan so‘ng uni 
kavkazliklarning o‘limi bilan shug‘ullanayotgan hamkasbi chaqirib, va’dani buzishga 
majbur bo‘ldi. 
2 
Hamdam ertalabdan Sayfi Turdievni yo‘qlab taksoparkka borgan, uning ishga kechroq 
kelishini bilib, idoradan Zohidga qo‘ng‘iroq qilgan edi. 
Sayfi Turdiev yarim soatlardan so‘ng keldi. Idora oldida turgan Hamdamni ko‘rdi-yu, 
oyog‘i beixtiyor qaltiray boshladi. Oradagi masofa o‘ttiz qadam chiqmasa-da, ming 
chaqirim yo‘l bosib horiganday arang yetib keldi. Hamdam uning sudralib qolganini 
sezib, kuldi: 
— Ha, o‘g‘il bola, meni ko‘rib iching o‘tib ketdimi, nima balo? 
Bu hazil Sayfiga sal darmon berganday zo‘raki jilmaydi: 
— Nega unaqa deysiz, okaxon? 
— Yurishing birdaniga mayda qadam bo‘lib qoldi-da. Xo‘sh, qalaysan? Ukang omonmi? 
— Xudoga shukr. 
— Ochig‘ini aytaymi? Bugun seni tirik ko‘raman, deb o‘ylamovdim. 
— Yomon nafas qilmang-e... 
— Tush ko‘ribman. Ana shu darvozada sening kattagina rasming. Tagida ta’ziya 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling