Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
— Men uchun buning hech bir ahamiyati yo‘q. Men kasal ko‘rgani kelgan odamman,— u 
shunday deb qutisini kavlashtirib dorilarni tanlagach, Zaynabni emladi-da, ketishga 
hozirlandi.— Tinchlantiradigan dori berdim. Hozir uxlaydi. 
Elchin uni ko‘chaga qadar kuzatib chiqdi. 
Men sizni tanidim,— dedi tabib, xayrlashish uchun qo‘l uzatib.— Menga shuning o‘zi 
kifoya edi. Asadbekni eslatib, o‘zingizni pastga urdingiz. Dard «bu Asadbekning qizimi?» 
deb surishtirmabdi-ku, to‘g‘rimi? Nima uchun shifo surishtirishi kerak ekan? Past 
ketmang, hofiz og‘ayni, sira past ketmang. 
Elchin mulzam bo‘lib qolaverdi. Uyga qaytib kirganida Zaynabning titrog‘i ancha 
kamaygan, nafas olishi ham mo‘’tadillashgan edi. Elchin uning ustidagi choyshabni 
tortib, to‘g‘rilagan bo‘ldi-da, o‘zi divanga yonboshladi. 
Zaynab uyg‘onganida vujudini nimadir bosib turganday his etdi. Tungi bezgak xuruji 
chekingani uchun og‘irlikka parvo qilmaslikka tirishib, o‘rnidan turdi-da, choy qo‘ydi, 
nonushta tayyorladi. Elchin xotinining harakatlariga qarab «ancha tuzuk», deb o‘ylasa-
da, baribir so‘radi: 
— Oyingni chaqiraymi? 
— O‘zim chaqiraman. Yo‘q, uyga borib kelaqolaman. 
— Unda olib borib qo‘yaman. 
— Yo‘q, ketavering, birpasdan keyin boraman. 
— Seni dorilar ham qiynab qo‘ydi chamamda. Ba’zi dardlarni badanning o‘zi ham yengib 
tashlaydi. Hadeb dori ichib qiynash kerakmasdir. 
— To‘g‘ri aytasiz, Mardonaga boshqa kelmang, deganman. 
— Dugona sifatida kelaverishi mumkin. 
— Yo‘q, yo‘q, u menga qanaqasiga dugona bo‘lsin. Shunchaki... hamshira. 
Zaynab ezgin kayfiyatda bo‘lgani sababli Elchin gapini kalta qila qoldi. Ishga otlana 
turib: 
— Bugun rayonda kontsertlarimiz bor. Oyingnikiga borsang, yotib qolaver. Ertalab o‘zim 
xabar olaman,— dedi. 
Zaynab itoatkorlik bilan «xo‘p» dedi. Eri ketgach, uyni yig‘ishtirib, onasinikiga 
otlanayotganida yana bezgak titrog‘i xuruj qildi. Bu safar oyoq-qo‘li akashak bo‘lib qoldi. 
Bu holatidan o‘zi ham qo‘rqib ketdi. «Endi o‘laman shekilli?» deb o‘yladi. Bu o‘y uni holi 
qoldirmay turib, xayoliga Mardona keldi. Azob iskanjasidagi Zaynabga Mardona najot 
farishtasi kabi ko‘rindi. Uning ko‘z oldida shilta qiliqlar qilayotgan juvon emas, jilmayib 
turgan bokira qiz sifatida ko‘rindi. U bezgak titrog‘iga ortiq dosh berolmay, telefon 
raqamini terdi. Mardonaning ovozini eshitib, azroil jonini qaytib berganday suyundi. 
— Tez keling, kelmasangiz o‘laman,— dedi titroq ovozda. 
Sabr qiling, jonim, hoziroq yetib boraman,— dedi Mardona. 
Chindan ham u tez yetib keldi. U kirganida Zaynab uy burchagida g‘ujanak bo‘lib olgan, 
bir nimadan qo‘rqqanday titrardi. Mardona uni qo‘lidan ushlab turg‘azib, so‘ng divanga 
yotqizdi. Zaynab unga mo‘ltillab qaradi. 
— Yonimda dori yo‘q,— dedi Mardona sovuq ohangda. 
— Nimaga? — dedi Zaynab. 
— Dori beradigan odam «o‘zini olib kel», dedi. 
Zaynab avvaliga bu gapning mazmunini anglamadi. Tushungach, ko‘zlarini katta-katta 
ochib: 
— Menga berayotganingiz qoradorimidi? — deb so‘radi. 
— Nima deb o‘ylovdingiz? — dedi Mardona kulib.— Emlagandan keyin mazza qilardingiz-
ku? — Shunday deb Zaynabning ko‘kragiga qo‘l yubordi. 
Zaynab o‘zida qandaydir kuch topib, bu qo‘lni urib yubordi-da, o‘rnidan turdi: 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling