Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
Ovoz tindi. Ammo Anvarning ruhiga egalik qilayotgan shaytoniy his uni o‘rnidan 
turishga, choyshabni olib yirtishga undayverdi. Nihoyat, u o‘rnidan turdi-da, choyshabni 
olib yirtdi. Arqon qilib eshdi. So‘ng eshik tomon yurdi. Ostonaga yetganida iziga qaytdi. 
Qog‘oz-qalam olib yozdi. G‘ira-shirada yozayotgan xatlari beo‘xshov chiqayotganligiga 
e’tibor ber- madi. 
Tasodifni qarangki, uning yozganini o‘sha — yonog‘ida tukli xoli bor navbatchi hamshira 
birinchi bo‘lib o‘qidi: 
Boshginamga ag‘anagan, katta tog‘lar, alvido! 
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog‘lar alvido! 
Bu dunyoning sho‘rishiga navnihollar tebraning, 
Esliroq bog‘boni yo‘q, qoldi bog‘lar alvido! 
Asqar Qosim. 
Hamshira buni o‘qib, tushunmay yelka qisdi-da «qiziq, g‘irt jinni ekan-ku», deb qo‘ydi. 
XXIII b o b 
1 
Chuvrindi, Asadbek tayinlamasa ham ertalab, kechqurun Manzura, Kesakpolvon, 
kechqurun esa o‘z uyidagilar bilan telefonda gaplashib turar edi. Krasnoyarga 
kelishganining sakkizinchi tuni kutilmaganda Chuvrindi bilan Jalil qo‘ngan uyning telefoni 
jiringladi. Mehmonlarning xizmatini qilib yurgan yigit Chuvrindini uyg‘otib, bir ayol 
shoshilinch so‘rayotganini aytdi. Chuvrindi Manzuraning ovozida xavotirni sezib, 
sergaklandi. 
— Maskovdan doktor Xudoyor degan bir kishi telefon qildi. Olmondan keldim, deydi. 
O‘g‘illaringizga taalluqli gapim bor, deydi. Bu gapini faqat akangizga aytarmish. Yuragim 
yorilib ketay deyapti. 
Manzura so‘nggi so‘zlarini yig‘lamsirab aytdi. 
— Xavotirlanmang. Bolalar biror zarur gap ayttirib yuborishgandir. O‘g‘il bolaning faqat 
otasiga aytadigan gapi ham bo‘ladi, bilasiz-ku. Bu yoqqa kelishdan avval gaplashdik-ku. 
Bir oyda borarmiz deyishuvdi, shu safar mashmashasidur-da. 
— Kim bilsin, yuragim o‘ynab ketyapti. Akangizga nima deymiz? 
— O‘sha odam telefonini bermadimi? 
— Voy, berdi, yozib olasizmi? — Manzura aytdi, Chuvrindi yozib oldi. Keyin «hozirning 
o‘zida gaplashamiz» deb tinchitgan bo‘ldi. Chindan ham o‘sha zahoti Moskvadagi 
raqamni terdi. Doktor Xudoyor degani xonasida yo‘q edi, javob bo‘lmadi. Chuvrindi yana 
ikki qayta qo‘ng‘iroq qilgach, Manzurani tinchlantirish maqsadida uning raqamini terdi. 
Manzura telefon yonidan jilmagan edi, bir jiringlashdayoq go‘shakni ko‘tardi. Chuvrindi: 
«Doktor Xudoyor bilan gaplashdik. Bolalar sog‘, tijorat maqsadida bir gap ayttirib 
yuborishgan ekan. Shu oy ichi kelishga tayyorlanishayotganmish», deb Manzurani 
tinchitdi. Ammo o‘zi xavotirli savollar to‘riga o‘raldi. Yana Moskva raqamini terdi. Javob 
bo‘lmagach, Kesakpolvonga qo‘ng‘iroq qilib, ogohlantirdi. 
Chuvrindi oltinchi urinishda Moskva bilan bog‘lana oldi. Go‘shakdan salobatli ovozni 
eshitgach, beixtiyor ravishda salom berdi. 
Vaalaykum salom, marhabo afandim,— degan javobni eshitgach, o‘zini tanitib, bu 
zotning tasodifiy qo‘ng‘irog‘idan bir oz xavotirga tushganlarini ham ma’lum qildi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling