Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
odamlar topiladi. Odam topilmaganda ham, men so‘lagi oqib yurgan noshud bola 
emasman-ku!» 
Fedyaning marhamati bilan Zelixon Valyaning yotog‘iga kirib chiqqach, yo‘lga otlandilar. 
Tuni bilan yo‘l yurib, tongotarda manzilga yaqinlashdilar. Yuqoriga o‘rlagan tog‘ yo‘lida 
Zelixon sergaklandi. U orqa o‘rindiqda, ikki yigit o‘rtasida, Fedya esa haydovchining 
yonida o‘tirardi. Yigitlar ham, Fedya ham mudrashardi. Zelixon haydovchini ham uyqu 
eltayotganini sezdi. Mashina tik jarlik yoqasidan o‘tayotganida Zelixon tavakkal qildi: 
qaddini ko‘tarib rulga yopishdi-da, mashinani jarlik sari burdi. 
U tasodif bilan tirik qolarman, deb fikr qilgan edi. Tasodif yuz bermadi. Ammo Xudoning 
unga rahmi keldi — jasadi kislota bilan kuydirilmay, ota yurti tuprog‘iga qo‘yildi. Faqat 
nasli nasabi noma’lum odam sifatida dafn etildi... 
XXI b o b 
1 
Onasi unga: «Umid bilan yashagin, qizim, Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘lib ketadi», 
deb qayta-qayta uqtirdi. Zaynab onasini ranjitmaslik uchun «xo‘p» deb qo‘ya qoladi. 
«Nimaga umid qilay, nima yaxshi bo‘lib ketadi?» deb o‘ziga o‘zi qayta-qayta savol 
beradi. «Mening umidlarim allaqachon jon bergan, ko‘milgan. Yoki hayotda bir umid 
o‘lgach, boshqasi tug‘ilishi mumkinmi? Yurak shunaqa bevafomi? O‘zi yillab ardoqlab 
kelgan bir umidni bo‘g‘ib, boshqasiga joy beraveradimi? Men endi nimaga umid qilay? 
Yana homilador bo‘lishni, tug‘ishni... bola o‘stirishnimi? Hayot shundangina iboratmi? 
Tug‘ilasan... tug‘asan... o‘lasan...» 
Zaynab yolg‘iz qolgan kezlari ko‘pincha shularni o‘ylardi. 
U to‘lin oy va osmon singari topishmoqni istagan edi. Endi osmoni to‘lin oysiz tund bo‘lib 
qolgan damda nimaga umid qilsin? Bu osmonga yangi oy chiqishigami? Bu osmonga 
yangi oy yarasharmi ekan? 
Zaynab onasigagina achinardi. O‘lmay qolganini ham onasining baxtidan deb bilardi. 
«Xudo onamni avaylab, meni u uchungina saqlab qoldi», deb o‘ylardi. Keyingi 
yuvoshligi, mo‘’minligi ham onasi tufayli edi. Onasi aytgani uchun, oyog‘i tortmasa-da, 
Elchinga qo‘shilib keldi. 
Oradan kunlar o‘tar, Elchin go‘yo Zaynabning o‘sha gapini unutganday, yo‘q, xuddi 
eshitmaganday edi. Na bir harakatida, na bir gapida o‘sha voqeaga ishora qildi. Bu 
Elchin uchun oson emasdi. O‘sha gap uning yuragidan tosh bo‘lib joy olgan, bu toshni 
eritish esa mushkul edi. Zaynabning nima sababdan shunday deganini anglash uchun 
ko‘p o‘ylardi. «Balki xiyonat qilgandir, lekin buni aytishdan maqsadi nima?» degan 
savolga javob topish uchun xayolning ming bir ko‘chasiga kirib chiqardi. 
Elchin hadeb uyda o‘tirmaslik uchun madaniyat uyiga ishga kirdi. Musiqa to‘garagiga 
nomigagina rahbar edi, aslida to‘yma-to‘y yuruvchi guruhi bilan shug‘ullanardi. Shart 
shu ediki, madaniyat uyi biron tadbir o‘tkazsa, ular havaskor ishchilar sifatida ishtirok 
etib berishardi. U Zaynab o‘ziga kelib olsin, degan fikrda bo‘sh kunlari ham «ishga 
ketyapman», deb uydan chiqib ketardi. Uning navbatdagi yanglishishi ham aynan shu 
edi. 
Zaynab uchun yolg‘izlik azob sahrosida sarsari tentirash kabi edi. Garchi Elchin bilan 
bo‘lganida yuragi ezilib tursa-da, uning ko‘chaga chiqishini istamay qolgan, ammo «men 
bilan uyda o‘tiring», deyishga tili bormas edi. Faqatgina Mardona keladigan kunigina 
Elchinning chiqib ketishini xohlardi. Faqat Mardonagina unga lazzat olib kelardi. Mardona 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling