Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
178 ko‘rsatishim mumkin. Xohlaysanmi? — Men bunaqa narsalarga qiziqmayman, — dedi Jamshid. Xizmat qilib yuruvchi yigit billur idishlarda pivo keltirib qo‘ydi. — Dam olgani keldingizmi? — deb so‘radi Jamshid, pivodan xo‘plab. — Shunaqa desak ham bo‘ladi. — Yolg‘iz kelibsiz? — Kim bilan kelishim kerak edi? — Masalan... Hofiz bilan? — Uning o‘ziga yarasha tashvishlari bor. — Yana qanaqa tashvish? O‘chini oldi. Ko‘ngli joyiga tushdi. Yo tushmadimi? Ha... endi meni o‘ldirgisi kelayotgandir. Bilaman, meni yomon ko‘radi. Ammo aytib qo‘ying unga, men Shilimshiq emasman, menga tishi o‘tmaydi. — Seni o‘ldirmaydi, — Zelixon shunday deb zaharli iljaydi. — Bitta odamni ikki marta o‘ldirib bo‘lmaydi. — Bu nima deganingiz? — Elchin seni o‘ldirib bo‘lgan. Buning uchun qaynotasidan tepki ham yegan. — Tushunmadim? — Ovsarmisan, desam, esli-hushli bolaga o‘xshaysan. Bu gapdan Jamshidning g‘ashi kelib qoshlarini chimirdi. — Meni ko‘pchilik kelajakdagi Asadbek, der edi. Eshitmaganmisiz? — Eshitmaganman. Ammo qulog‘imga «Jamshid — O‘qilonning soyasi» degan gaplar chalingan. Xo‘sh, o‘zingni ovsarlikka solmayotgan bo‘lsang ayt-chi, meni restoranda ko‘ribsan, marjaning maqsadini anglabsan, nimani kutding? — Bir shumlikni o‘ylaganingizni sezdim. Otarchi ham shu yerdadir, deb o‘ylabman. — Shumlikni men emas, akalaring qilgan. Sen har holda bu yerga o‘ynagani kelmagandirsan? — Shunaqa desak ham bo‘ladi. — Bu yer vaqtinchalik qo‘nish joyi. Keyin qayoqqa uchasan? — Qayoqqa? Uyga-da. — Uyga ucholmaysan. — Nega? — Seni O‘qilon o‘z o‘g‘liday yaxshi ko‘rarmidi? Unga nima yomonlik qiluvding? Jamshid Zelixonning o‘tkir nigohiga dosh berolmay, ko‘zlarini olib qochdi. — Gaplaringga qaraganda sen asosiy hukmni bilmaysan, shekilli? Bu gapni eshitib, Jamshid Zelixonga yalt etib qaradi: — Asosiy hukm? — Akalaring senga «uch-to‘rt kun Bek akamning ko‘zlaridan nari yura tur», deyishganga o‘xshaydi, a? Seni bu yoqqa uchirib, ertasiga seni ko‘mishgan. Tushunmadingmi? Diqqat bilan eshit: O‘qilon seni qaysi bir gunohing uchun o‘limga hukm qilgan. Senga mehribon bir, yoki ikki, yoki uch odam seni bu yoqqa jo‘natib, o‘rningga boshqa odamni xuddi Shilimshiqqa o‘xshatib o‘ldirib, yoqib yuborib, keyin ko‘mishgan. Sening o‘ligingni Chuvrindining uyidan chiqarishgan. — Yolg‘on! — Senga yolg‘on gapirishdan menga foyda bormi? Nima uchundir O‘qilon qotillikda Elchinni aybladi. Men shunga hayronman. Sening o‘lganingga men ham ishongan edim. Kecha ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim. Seni panaga tortganimning sababi ham shu. Seni deb Elchinning yana jabr tortishiga yo‘l qo‘ya olmayman. Xizmat qilayotgan yigit yoqimli hid taratayotgan kabob keltirib qo‘ydi. Kabob hidi ishtahalarini qitiqlasa ham taomga qaramadilar. Jamshid bir oz sukut saqlab o‘tirgach, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling