Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
175 sababli menga ham ishonmadilar. Hali u turmada, hali bu qamoqxonada yurib, oxirgi makonim shu yer bo‘ldi. — Oqlanganingizdan so‘ng uyingizga qaytavermadingizmi? — deb so‘radi Chuvrindi. — Marg‘ilonga qaytib bordim. Picha yashadim. Uy-joylarimiz musodara bo‘lib ketgan. Qarindosh-urug‘lar tanimaydi. Tanigani bordi-keldi qilgani qo‘rqadi. Endi qonim qo‘shilmasligini sezdim. Yana deng, tushlarimga shu yerda yotgan birodarlarim kiraverishadi. «Bizni yolg‘iz qoldirdingmi?» deb chirqirashadi. Shu sabab bo‘lib bu yoqqa qaytvordim-da. Avval qishloqda yashadim. Keyin shu uychani qurdim. — Tirikchilik nima bo‘lyapti, tirikchilik? — deb so‘radi Jalil. — Tirikchilikmi? Yerga egilsangiz, bo‘tam, yer boqadi. Bu tomonlarda yerning hisobi yo‘q. Istagancha dehqonchilik qilish mumkin. Bog‘im bor, dehqonchilik qilaman. Olloh nasibamni berib turibdi, alhamdulillah. Qariya shunday deb soatiga qarab oldi. — Men guruchni solaveray. Keyin shomni o‘qiymiz, — dedi Jalilga qarab, so‘ng Chuvrindiga qaradi: — Siz bo‘tam, Asadjonni chaqiring. Qariya bilan Chuvrindi chiqib ketishgach, Jalil xonaga ko‘z yugurtirdi. Karavotning oyoq tomoniga joynamoz taxlab qo‘yilibdi. Bosh tomondagi tokchada kitoblar. Jalil o‘rnidan turib ulardan birini oldi-da, varaqladi. Arab harflariga tishi o‘tmagani uchun hech nimaga tushunmadi. O‘zicha «Qur’on bo‘lsa kerak» deb taxmin qildi. «Bu odam katta mullaga o‘xshaydi, men ahmoq, uning oldida janoza o‘qimoqchi bo‘ldim», deb o‘zini o‘zi koyidi. Bir oz fursat o‘tgach, qariya kirib undan so‘radi: — Tahoratingiz bormi, bo‘tam? — Yo‘q, — dedi Jalil. — Tayammum qilib qo‘ya qolaman. — Nimaga? — deb ajablandi qariya. — Suv bor-ku? Suv bo‘lsa, sihatingiz ko‘tarsa, tayammumga yo‘l yo‘q, bo‘tam.. Shomni o‘qib bo‘lishganda ham Asadbek qaytmadi. Jalil bundan foydalanib yo‘ldagi bahsni aytib berdi. — Bahslashmaganingiz durust bo‘libdi, bo‘tam, — dedi qariya. — Buning uchun odamga ilm kerak. Buning uchun Injil bilan Qur’oni Karimni puxta bilish shart. Ulamolar ham bu masalada ehtiyot bo‘lib bahsga kirishadilar. Ilm sayoz bo‘lsa, islomning afzalligini ko‘rsataman, deb aks ish qilib qo‘yish mumkin. — Siz bilsangiz kerak, — dedi Jalil kitoblarga ishora qilib. — Menda ilm yo‘q, bo‘tam. O‘qiganlarim yetarli emas. Bu sohada mening bilganlarim shuki, nasroniylar Iso alayhissalomdan so‘ng adash yo‘lga kirib ketdilar. Injilga o‘zlaricha o‘zgartishlar kiritdilar. Iso Masixni Xudoning o‘g‘li deb atadilar. Ammo, bilingki, bo‘tam, shu gaplarni aytish bilan bahsni yengib bo‘lmaydi. Ayniqsa ilmdan uzoq bir odamga gap uqtirish mushkul. Asadbek kirib ularning gaplari uzildi. Qariya shamchiroqni yoqdi. Kozlov kelgach, osh suzildi. Asadbekning tomog‘idan ovqat o‘tmadi. Kozlovning qishloqqa borib yotish haqidagi taklifini Asadbek rad etdi. — Men shu kech otam yonida qolay. Jalil bilan Mahmud sen bilan birga qaytishadi, — dedi u. Asadbekning ahvolini tushunib turishgani uchun bahslashib o‘tirishmadi. Kozlov qariyani bir chetga tortdi-da: — Asad betob, — dedi. — Muyulishdagi mashinada bir yigit o‘tiradi. Agar Asad behalovat bo‘lsa, darrov xabar qiling. Asadbek qariya bilan otamlasharman, deb o‘ylagan edi. Yolg‘iz qolishgach, gaplashgisi kelmadi. Ko‘ngil yolg‘izlikni istadi. Tashqariga chiqib yog‘ochdan yasalgan o‘rindiqqa o‘tirib, qabriston tomonga tikildi. Vujudidagi og‘riqni ham, isitmasi ko‘tarilganini ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling