Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
172 olgisi keldi. Yugurishni istadi, biroq oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmadi. Joyidan qimirlay olmadi. Qariya ular tomon bir-bir bosib kelib: — Assalomu alaykum, mehmonlar, kelinglar, — deb barchalarini hayratda qoldirdi. — Siz, bo‘tam, Asadjonsiz, to‘g‘ri fahmladimmi? — U shunday deb toshdek qotgan Asadbekni bag‘riga bosib, yuzini yuziga qo‘ydi, yelkalarini siladi. — Barakalla, bo‘tam, xush kelibsiz. Kelishingizga dadangiz rahmatli ishongan edilar. Siz dadangiz rahmatliga o‘xshabsiz, umringiz o‘xshamasin. Bu yigit... Samandarmi? — dedi u ikkilangan holda. — Bu yigit tutingan ukam — Mahmud. Bu devor-darmiyon qo‘shnim, oshnam Jalil, — dedi Asadbek. — Samandar qani? — deb so‘radi qariya. — Samandar... o‘lgan. Ellik uchinchi yilda. — Ellik uchda? Astag‘firulloh!.. Qaysi paytda? — Stalin o‘lgan kuni. — Astag‘firulloh... Astag‘firulloh... Yo Rabbim, o‘zing qudratlisan! Bo‘tam, otangizning xastaliklari xuddi shu kuni boshlangan edi. Aniq esimda. Bir hafta deganda jonlari uzildi. Olloh rahmat etsin, — qariya shunday deb picha sukut qildi. — Qani, lutf qilingiz, kulbamizni obod etingiz. Otasi haqidagi o‘ylar bilan band bo‘lgan Asadbek qariyaning uyga taklif etayotganini darrov tushunib yetmadi. Buni fahmlagan Chuvrindi uning o‘rniga javob berdi: — Avval mozorboshiga borsakmikin? — Ixtiyoringiz... — Qariya shunday deb do‘mpayib turgan qabrlar sari yurib pichirlab duo o‘qidi, so‘ng ovozini chiqarib dedi: — Assalomu alaykum, ey mo‘’minlar, sizlar bizlardan avval keldingiz bu yerga, biz ham bir kun kelarmiz... Bu gap Asadbekka ta’sir etib, etlari jimirlashib ketdi. Qariya bilan izma-iz borayotgan Jalil undan asta so‘radi: — Bu yerdagilarning barchasi musulmonmi? — Yo‘q, — dedi Qariya, — aralash qo‘yilgan. Raqamlarga qarab ko‘plarini eslab qolganman. Birodarlarimni kunda bir ziyorat qilib turaman. O‘t bosgan qabrlar orasidagi lozimini qiynalmay topib borishdi. O‘tlar toptalib, yolg‘izoyoq so‘qmoqlar hosil bo‘lganidan qariyaning rost so‘zlayotganini sezish mumkin edi. — Rahmatli dadangiz shunda madfundurlar, — dedi qariya, so‘ng ko‘rsatgan qabri yoniga o‘tirdi. Asadbek uning o‘ng tomoniga, Chuvrindi bilan Jalil chap tomoniga o‘tirdilar. Orqaroqda kelayotgan Kozlov, gul ko‘tarib olgan yigit bir necha qadam narida to‘xtashdi. Qariya «tilovat qilasizmi, bo‘tam?» degan ma’noda Asadbekka qaradi. Buni sezgan Jalil bilgan suralarini ovozini baralla qo‘yib o‘qiy boshladi... Duodan so‘ng Jalil o‘rnidan turdi-da, «Saloti janoza» deb qo‘ydi. Qariya unga ajablanganicha qarab: — Bo‘tam, janoza vaqtida o‘qilgan, — dedi. — Shu yerda-ya? — dedi Jalil taajjubini yashirmay. — Kim o‘qigan? — Men... Qani, o‘tirsinlar... Tarix shuki, kamina ham shu qamoqxona tuzini totganlardan. Mo‘’minlar bandalikni ado etganda janozalarini o‘qir edim. — Kafan-chi? — Bu yog‘iga ojiz edik. Nasoriylar ham tobutsiz ko‘milardi. Mo‘’minlarning yuzlarini qiblaga moyil qilib, so‘ng betlarini tuproq tegmaydigan qilib yopib, so‘ng ko‘mardik. Boshqa ilojimiz yo‘q edi. Bu gapni eshitib, Chuvrindi o‘z otasini esladi. «Bular-ku, ilojsiz ekanlar, ular-chi? Kafanladilarmi? Yuzni qiblaga qaratdilarmi? Lahad qazidilarmi ekan?..» Chuvrindi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling