Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
158 hayallagach, takror taqillatdi. Bir ozdan so‘ng ichkarida sharpa sezilib, zanjir tushirildi. Eshikni ochgan soch-soqoli uzun, og‘zi-burni arang ko‘rinib turgan, ko‘zlari balchiqda yotgan munchoqni eslatuvchi malla odam Hamdamga qarab kerishib, baralla esnadi-da: — Bugun kech qolding, bratan. Bugun endi o‘lik berilmaydi, xo‘jayinlar yo‘q, — dedi. Hamdamdagi ichki bir sezgi «shuni qo‘ldan chiqarma» dedi. Hamdam bu g‘oyibona sasga quloq berib, o‘likxona egasiga salom berib, qo‘l qovushtirdi. — Bugun o‘lik berilmaydi, gapimga tushunmadingmi? — dedi badbashara. Hamdam unga qarab turib: «Buncha badbashara bo‘lmasa, undan hatto o‘liklar ham qo‘rqsa kerak», deb o‘yladi. Hamdamda hushlamaydigan odamini ochiq mensimaslik odati bor edi. Ammo ishning bitishi shaytonga bog‘liq bo‘lsa, aravasi loydan o‘tgunicha unga-da ta’zim qilib turishdan toymasdi. Hozir shunday bo‘ldi: badbasharani tepib yuborishga tayyor bo‘lgani holda, mo‘minlik bilan dedi: — Bir qarindoshimizni qidirib yuribmiz. Xudo ko‘rsatmasinu, ammo ruxsat bersangiz, bir qarab chiqsam. Yaxshiligingiz yerda qolmaydi, xursand qila-man. — Yo‘-o‘q, — dedi badbashara, — xo‘jayin bilib qolsa, pattamni qo‘limga tutqizadi. — Xo‘jayin qolibdimi, shu paytda. Hamshiralari bilan maishatini qilib yotibdi. Ular jonining huzurini bilishadi. Hamdam shunday dedi-da, cho‘ntagidan nasha aralashtirib o‘ralgan papiros olib tutatdi. U badbasharaning narxni oshirish uchun yana bir oz tarang qilishini bilardi. Shu bois uni to‘la holda qo‘lga olish maqsadida papirosni baralla tutatdi. Nasha hidi dimog‘iga urilgan badbasharaning ko‘zlari chaqnadi. Hamdam bu ko‘zlardagi o‘zgarishni sezib, quvondi. «Gah desam qo‘limga qo‘nasanu tarang qilganing nimasi?» Chindan ham badbasharaning chidami uzoqqa bormadi. — Bratan, menga ham bir torttirsang-chi, — dedi yutinib. — Ma, tort, — dedi Hamdam, unga papirosni uzatib. Badbashara bosib-bosib chilim tortganday huzurlandi. Ko‘zlari suzildi. Hamdam oxirigacha tortib tugatishiga qo‘ymay, qo‘lidagi papirosni oldi. Badbashara joni sug‘urilganday entikdi. — Qarindoshing qiz bola emasmi? — dedi u yumshoq ohangda. — Nima edi? — dedi Hamdam tutunni u tomon puflab. — Bugun bitta qizni olib kelishdi. Ishini olib, o‘zini o‘ldirib ketishibdi. Ko‘rasanmi? — Ko‘raman. Ichkariga kirishdi. Qator yotqizib qo‘yilgan murdalarning oyoq tomonida, eski stol ustida yarmi ichilgan vino, kolbasa, non burdalari turardi. «Maishatini buzibman-da», deb o‘yladi o‘zicha Hamdam. Badbashara stolga yaqin yotgan murda tepasidagi choyshabni tortdi. O‘n olti-o‘n yetti yoshlardagi go‘zal xuddi uyquda yotganday edi. — Shunday ketvorgan narsani uvol qilishibdi, — dedi Badbashara xo‘rsinib. — Ishini olibsan, o‘ldirib nima qilasan? Qara, o‘ligi ham zo‘r-a! Shu holda o‘psang ham maza qilasan. — Badbashara engashib qizning labidan o‘pdi. Hamdamning ko‘ngli aynidi. Uning gardaniga musht tushirgisi keldi. Badbashara esa qaddini ko‘tarib unga qarab tirjaydi: — O‘pib ko‘rsang-chi? Hamdam uning bilagidan ushlab, tashqariga sudradi. — Hoy, nimaga sudraysan meni? — dedi Badbashara. — Gap bor, yur, — dedi Hamdam zarda bilan. Tashqariga chiqqach, sal o‘zini bosdi. Pastak zinaga o‘tirib, yana nasha aralashtirilgan papiros tutatdi. Badbashara uning yoniga o‘tirib, najot ko‘zi bilan tikildi. — Egasi yo‘qmi bu jononning? — dedi Hamdam unga tutun puflab. — Hozircha yo‘q, — dedi Badbashara entikib. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling