Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
o‘zim eplashtiraman. 
— Ertalabgacha o‘ylaylik, — dedi mayor Soliev. 
— Bu ham yaxshi taklif. Prokuror, endi cho‘ntakni kavla. Oshxona xo‘jayiniga salom 
berib qo‘y. Olmayman, deb noz qiladi-yu, ammo cho‘ntagiga besh- o‘n tanga solib 
qo‘yaver. Yana qornimiz og‘rib yurmasin. 
XIX b o b 
1 
Chuvrindi Anvarni bo‘lajak safardan ogoh etgach, Elchinnikiga bordi. Kechagi 
ahdlashuvga muvofiq Elchin Halimjonni topib, uyida kutishi lozim edi. Har ishda 
aniqlikni, puxtalikni yaxshi ko‘radigan Chuvrindi bu safar ham odatiga xiyonat qilmay
aytilgan vaqtda keldi. 
Darvoza eshigi ochiq bo‘lgani uchun Elchin uning kelganini bilib, o‘rnidan turdi. Halimjon 
ham turib unga ergashdi. Chuvrindi o‘rnidan qo‘zg‘olmadi, o‘tirgan yerida so‘rashdi-da, 
Halimjonga qarab «o‘tir» degan ma’noda orqa o‘rindiqqa qarab qo‘ydi. Elchin «men ham 
borayinmi?» demadi. Chuvrindi unga «siz ham yuring» deb lutf qilmadi. 
Mashina o‘rnidan qo‘zg‘olgach, Chuvrindi Halimjonga ko‘zgu orqali qaradi: «Gavdasi 
chayir, yaxshi. Ko‘zida ma’no bor. Qaeridir Jamshidga o‘xshaydi. Shu o‘xshashlikni 
sezsalar, Bek akamga ma’qul bo‘lar...» 
— Mening kimligimni bilasanmi? — deb so‘radi Chuvrindi, unga bir qarab olib. 
— Elchin akam aytdilar. 
Unda qayoqqa borayotganimizni, kimligimizni ham bilarsan? 
— Ha. 
— Asadbekni eshitgansan-a? Odamlar har xil gaplar to‘qib yurishadi. O‘sha gaplarga 
ishonasanmi? 
— Gaplar ko‘p-ku, qaysi birini aytasiz? 
— Masalan... — Chuvrindi bir oz o‘ylandi. — Masalan... odam o‘ldirishga. 
— Ishonsam ham bo‘ladi, ishonmasam ham. 
— Bu nima deganing? 
— Ishonsa bo‘ladi, deganimki, odamlar o‘lib turibdi, yo‘qolib turibdi. Kimlardir qilyapti bu 
ishlarni. Asadbek qachondir... 
— U senga Asadbek emas, o‘rtog‘ingmi Asadbek, deysan?! Bek aka, deb ayt! 
— Xo‘p... Bek aka qachondir odam o‘ldirtirgan bo‘lsalar, bas, bo‘rining og‘zi baribir qon-
da. Agar meni o‘shanda o‘ldirib yuborishganda, balki buni ham odamlar Asadbek akadan 
ko‘rarmidilar. 
— Endi ishonmasligingni ayt. 
— Ishonmasligimki, o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaganman. Men hammaning gapiga 
ishonaveradigan laqma emasman. 
«Durustsan, bola», deb qo‘ydi Chuvrindi. 
— Agar senga odam o‘ldirishni topshirsak-chi, bajarasanmi? 
— Yo‘q. 
— Javob berishga shoshilma. Avval o‘ylab ko‘r. 
— O‘ylasam-o‘ylamasam javobim bitta. 
— Biz bilan birga bo‘lgan kishi buyruqni bajarmasa o‘yindan chiqqan hisoblanadi. 
O‘yindan chiqdimi, demak, u xoin. Xoinning jazosi esa... 
— O‘limmi? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling