Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVIII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
155 Bu manzara uzoq davom etmadi. Anvarni ajratdilar. Kimdir qo‘lini qayirib oldi. — Sen ilonsan! Sen ichi g‘ovak qamishsan! To‘qayga o‘t qo‘yaman, ildizingni quritaman! Anvar jon achchig‘ida baqirar, qo‘llarini kim qayirayotgani, kim sudrab borayotganini fahm etmas edi. Dafn marosimiga to‘planganlar ham Anvarning qo‘llarini qayirgan bu baquvvat g‘ilayning qayoqdan paydo bo‘lganini bilmas edilar. Xolidiy otashin nutqini tugatayotgan damda Anvarni biqinida qo‘shuv alomati bor, usti berk mashinaga zo‘rlab chiqardilar. Ustiga yengsiz uzun ko‘ylak kiydirdilar. Imom tilovatni boshlaganda mashina jinnixona sari yo‘l olgan edi. XVIII b o b 1 Oddiy hazil yoki kimnidir laqillatish maqsadida aytilgan gap oxir-oqibatda kimningdir joniga qasd qilinmog‘i uchun sabab bo‘lajagini barcha ham vaqtida fahm eta olmaydi. Ba’zida hatto ko‘pni ko‘rganlar ham «nahot shu gap bilan falonchini o‘ldirib ketishibdi?» deb ajablanishadi. Roviylar «aytgan so‘zim — hojam, aytmaganim — qulim» deb ekanlar. Shundanmi, hojaga aylangan gap istasa kuldiradi, istasa yig‘latadi. Xohlasa — jon beradi, xohlasa — jon oladi. Olganda ham inson bolasiga ko‘p azoblar berar, it azobini boshiga solar. O‘limga yetaklovchi boshqa hech bir yo‘lda bu qadarli azoblar yo‘qdur... Zohid yoqimsiz hamkasbining jig‘iga tegish uchun aytgan gapi ikki odamning jonini olib ketishi mumkinligini, oqibatda o‘zi ham og‘ir ahvolga tushib qolajagini o‘ylamagan edi. Kecha oqshomda prokuror uni qabul qilib, barcha gaplarini diqqat bilan tinglab, so‘ng yaxshi so‘zlar bilan ko‘ngliga chiroq yoqqan edi. Zohid avvallari tashvish tikanaklari ustida yotib to‘lg‘onib chiqqan bo‘lsa, bu kech yaxshilik umidi chirog‘ida ko‘zi qamashib uxlay olmadi. Prokurorning gaplari dam-badam qulog‘i ostida jarangladi: «Siz aytgan Asadbeklar kim, homiylari kim — bilamiz. Ular bilan hisob-kitob vaqti keladi. Arqonni uzun tashlang. Bir-ikki odamni qafasga solgan bilan ish bitmaydi. Hammasini birvarakayiga ilintirish harakatini qilamiz. Bu harakatda siz ham borsiz...» Bu albatta yaxshi gap. Ammo... birvarakayiga ilintirish vaqti yetguncha ular jim turarmikin? O‘g‘irlashmasmikin, bokira qizlarning nomuslarini bulg‘ashmasmikin, zo‘rlik qilishmasmikin? Va nihoyat... o‘ldirishmasmikin? Xorij filmlariga ishonilsa, undagi jinoyatchilar, undagi odam o‘ldirishlar oldida Asadbeklar halimdekkina, odobli odamlar, deyish mumkin. Lekin arqon uzun tashlansa, ular ham o‘sha kinolardagidek, balki undan-da battar vahshiylashib ketishmasmikin? Zohid tunda shularni o‘yladi, prokuror bilan xayolan bahslashdi. Unga tasalli bergan narsa — prokurorning hamma narsalardan xabardorligi, jinoyatchilarga xayrixoh emasligi. Eng muhimi shu! Qolganini vaqt hal qiladi. Zohid tergovni davom ettirish, yanada qat’iyroq harakat qilish qasdida ishga kelgan edi. O‘sha yoqimsiz hamkasbi, yoqimsiz xabar bilan qarshiladi: — Eshitdingizmi, kavkazliklaringizni o‘ldirishibdi, — dedi u mamnun bir qiyofada. — O‘ldirishibdi? Kim o‘ldiradi? — deb so‘radi Zohid. — Hammomda urish chiqibdi. Kim o‘ldirgani noma’lum. Zohid uning gapini oxirigacha eshitmadi. Xonasiga kirdi-da, eshikni qulfladi. Joyiga o‘tirib, boshini changalladi. Boshi savollar oqimida shishib, yorilib ketay derdi: nimaga o‘ldirishadi? Kim o‘ldiradi? Kecha prokuror ularni boshqa turmaga ko‘chirishga va’da bergan edi. Bu haqda buyruq chiqarishga ulgurdimi? Va’dasi chinmidi yo qo‘ynini puch |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling